O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining “Maktabgacha ta’lim vazirligi xodimlarining ma’naviyati, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularni jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanish ishlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘iga asosan navbatdagi ma’naviyat va huquqiy savodxonlik soati o‘tkazildi.
Unda,
-Yurtimizda 15-16-sentyabr kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi tadbirlarining o‘tkazilayotganligi;
-2022-yil 7-sentyabr kunidan “Reklama to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirganligi;
-“Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilinganligi;
-“Strategik islohotlarni jadallashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmonining qabul qilinganligi;
-“Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorining qabul qilinganligi;
-“Ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risida”gi Prezident farmonining qabul qilinganligi va qabul qilingan farmon hamda qarorlarning mazmun-mohiyati haqida Yuridik boshqarma boshlig‘i X.Buriyev tomonidan vazirlik xodimlari tanishtirildi.
Shuningdek, Siyosiy-ma’rifat soatida bog‘chalarda sodir bo‘layotgan noxush holatlarning oldini olish borasida xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida, Maktabgacha ta’lim vazirining joriy yil 12 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish to‘g‘risida”gi buyrug‘ida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar xavfsizligini ta’minlash uchun belgilangan bir qator tartiblar bilan tanishtirildi.
Jumladan,
-maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning rivojlanishi, ta’lim va tarbiya olishi uchun xavfsiz shart-sharoitlar yaratish nazoratini kuchaytirish;
-tarbiyalanuvchilarning hayotini muhofaza qilish maqsadida yong‘in xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar, tez tibbiy yordam xizmatlari hamda ichki ishlar organlarining qisqa raqamli telefon raqamlari ko‘rsatilgan ma’lumotlarni osib qo‘yilishi, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlar uchun qulay bo‘lgan joyda telefon apparatlari o‘rnatilishi, ushbu telefon apparatlarini doimiy tarzda ishlashga yaroqliligi kuzatib borilishi;
-maktabgacha ta’lim tashkilotlarning barcha xodimlariga ish vaqtida mobil telefonlar va smartfonlardan ishga taalluqli bo‘lmagan holatlarda foydalanish taqiqlanishi;
-maktabgacha ta’lim tashkilotida xodim va tarbiyalanuvchilarni biometrik identifikasiya qilish orqali elektron davomatini yuritish vazifasi tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisiga yuklash man etilishi;
-maktabgacha ta’lim tashkilotlari hududiga, ushbu tashkilot tarbiyalanuvchilari va xodimlaridan tashqari boshqa shaxslarni kirib chiqishlarini (tarbiyalanuvchilarning salomatligi, xavfsizligi nuqtai nazari inobatga olingan holda) taqiqlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlari kirish eshiklariga qo‘ng‘iroq o‘rnatilishi ta’minlanishi;
-tarbiyalanuvchilarni qarovsiz qoldirilishi taqiqlanishi, jumladan sanitariya xonalarida bo‘lganda, hojatxonadan foydalanishda, yozgi maydonlarda (besedka/ayvonlar), basseynda cho‘milishda, uyqu vaqtida qarovsiz qolmasligi ustidan nazoratni kuchaytirish;
-sanitariya xonalari, hojatxonalar va guruh xonalarining eshiklarida qulflash moslamalari mavjudligini ta’minlanishi, shuningdek ularni joylashtirishda tarbiyalanuvchilar tomonidan mustaqil foydalanishi imkoniyati bo‘lmasligining hisobga olinishi;
-maktabgacha ta’lim tashkilotlarida direktorlar va hamshiralar tomonidan xodimlarga shoshilinch holatlarda birinchi yordamni ko‘rsatish bo‘yicha tushuntirish ishlarini tashkil etib borilishini ta’minlash kabilar kiritilganligi ta’kidlandi.
Albatta, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchilarning salomatligi va xavfsizligini ta’minlash tizimda faoliyat yuritayotgan har bir xodimning vazifasi ekanligi yana bir bor eslatma sifatida aytib o‘tildi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati