Barchaga ma’lum, 2022-yilning 14-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida YUNESKOning Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasining bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Shu maqsadda, kuni-kecha O‘zbekistonga Roxaya Diavara boshchiligida YUNESKO bosh qarorgohi vakillari tashrif buyurishib, joriy yilning 19-23-sentyabr kunlariga qadar II Butunjahon konferensiyasiga tayyorgarlik doirasida texnik masalalar ko‘rib chiqilishi va yechimi borasida tavsiyalar berish yuzasidan Tashkiliy shtabda ya’ni, Maktabgacha ta’lim vazirligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bu kabi uchrashuvlar Konferensiya doirasida mas’ul etib belgilangan davlat tashkilotlari doirasida ham, joriy yilning 23-sentyabr kuniga qadar davom etib, uchrashuvlar davomida barcha tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning 14-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan YUNESKOning Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu tadbirda 193 ta davlatlarning ta’lim vazirlari ishtiroki hamda xorijiy davlatlardan nufuzli mehmonlarning kelishi kutilmoqda, shuningdek, 2030-yilgacha amal qilinadigan kichik yoshdagi bolalar tarbiyasi va ta’limi bo‘yicha butunjahon “Toshkent deklorasiyasi”ning qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati