Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Gulistonda Janubiy Koreya tajribasi asosidagi bog’cha quriladi

“Koreya-O‘zbekiston” biznes assotsiatsiyasining (KUBA) koreyalik ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya direktorlar kengashi raisi Kim Chang Keon boshchiligida Sirdaryo viloyatida bo‘lishdi. Xabarga ko‘ra, hamkorlik viloyatda shahar infratuzilmasini rivojlantirish hamda maktabgacha taʼlim sohasida boshlangan muzokaralarni davom ettirish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Samimiy va ishchanlik ruhida kechgan muloqot davomida aniq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan. Xususan, tez orada Guliston shahrida qator afzalliklarga ega, qiymati 50 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan “Aqlli shahar” barpo etish boshlanadi.Hamkorlik shartlarida “EduLink Global” kompaniyasi tomonidan “Guliston New City” loyihasi doirasida Janubiy Koreya tajribasi asosidagi maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilishi ham nazarda tutilgan.Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalarning hudud infratuzilmasi bilan tanishgan.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy savodxonlik darajasi oshirib borilmoqda

Qo‘qon Universitetida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining tashabbusi bilan "Korrupsiyaga qarshi kurashishning xalqaro va milliy huquqiy asoslari" mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiya ishida Farg‘ona, Andijon hamda Namangan viloyatidan tashrif buyurgan maktabgacha taʼlim boshqarmasi masʼul xodimlari, bo‘lim boshliqlari va MTTlari direktorlari ishtirok etishdi. Ilmiy-amaliy konferensiyada Maktabgacha taʼlim vazirligi Yuridik boshqarma boshlig‘i Xurshid Buriyevning "Huquqbuzarliklarni oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish va javobgarlik masalalari" mavzusidagi, Maktabgacha taʼlim vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazoratini amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i Oybek Turdiyevning "Maktabgacha taʼlim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, huquqbuzarliklarni oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish va javobgarlik masalalari" mavzusidagi, Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti kafedra mudiri Shuhrat Otaqulovning "Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob axloq qoidalari" mavzusidagi maʼruzalarini tinglandi. Konferensiya yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, faoliyatida duch kelayotgan ayrim masalalar yuzasidan masʼul xodimlardan huquqiy tushunchalar oldi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
YANGI BOG'CHALAR OCHILISHDA DAVOM ETADI

Jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasining Mo'ynoq hamda Shumanay tumanlarida yangi bog'chalar ochildi. Ma'lumot uchun, davlatimiz rahbarining topshirig'i bilan Orolboʼyi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish maqsadida Qoraqalpogʼistonning shimoliy tumanlari bittadan viloyatga biriktirilishi belgilangan. Shunga binoan, Mo'ynoq tumani Toshkent viloyatiga, Shumanay tumani esa Xorazm viloyatiga biriktirilgan edi. Viloyat boshqarmalari faolligi bilan Qoraqalpog'iston Respublikasining chekka tumanlarida ham bog'cha qamrovi oshib bormoqda.  Shuningdek, Sirdaryo, Toshkent, Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida ham yangi oilaviy nodavlat hamda davlat MTTlari faoliyati yo'lga qo'yildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Standartlashtirish to‘g‘risida yangi qonun qabul qilindi

“Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–800, 03.11.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi Qonunga ko‘ra, O‘zbekistonning milliy standartlashtirish tizimini quyidagilar tashkil etadi: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi; Standartlashtirish bo‘yicha milliy organ; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari; standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar. Standartlashtirishning asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning hayotini, sog‘lig‘ini va mol-mulkini hamda atrof-muhitni muhofaza qilishdan iborat. Standartlashtirish rejasi quyidagi muddatli istiqbol uchun qabul qilinishi mumkin: qisqa (1 yilgacha); o‘rta (1 yildan 5 yilgacha); uzoq (5 yildan 10 yilgacha). Standartlarning yagona axborot bazasi Standartlashtirish bo‘yicha milliy organ tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi. Standartlarning toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi: milliy standartlar; xalqaro (mintaqaviy) standartlar; xorijiy mamlakatlarning standartlari. standartlashtirish (2).pptQonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 12 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Navbatdagi “Maʼrifat soati”da ortda qolgan haftadagi muhim yangiliklar haqida so‘z bordi

Navbatdagi juma tongida Vazirlik xodimlariga ortda qolgan haftada imzolangan hujjatlar sharhlab berildi. Jumladan, 18.11.2022 y. da qabul qilingan PQ–427-sonli Prezident Qarori haqida tahlil berilar ekan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida Bolalarni sog‘lomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga ko‘maklashish jamg‘armasi hamda Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti tuzilishi eslatildi. Shuningdek, mazkur hujjatning 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan bandlari ham taʼkidlab o‘tildi. Bular Mahalliy byudjetlar daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismining 10 foizi har chorakda Jamg‘armaga yo‘naltiriladi; Davlat organlari va tashkilotlari o‘z xodimlarining farzandlari uchun sotib olingan oromgohlar yo‘llanmalari narxining 50 foizigacha, ammo har bir yo‘llanma uchun BHMning 1 baravaridan (300 ming so‘mdan) oshmagan qismiish beruvchilar tomonidan kompensatsiya qilib berilishi mumkin. Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etishva sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etiladi. Bundan tashqari, 17.11.2022 y. da qabul qilingan PQ–425-sonli Prezident Qaroridagi baʼzi bandlar ham Vazirlik xodimlariga yana bir qayta eslatib o‘tildi. Xususan, hujjatga binoan, 2023-yil 1-yanvardan tegishli davlat dasturlari va loyihalari doirasida obyektlarningbosh loyiha-qidiruv va bosh qurilish-pudrat tashkilotlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida elektron tender (tanlov) savdolari orqali aniqlanishi aytib o‘tildi. Yig‘in so‘nida Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 18-noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligini tashkil etish to‘g‘risida”gi 260-sonli buyrug‘i ham tanishtirib o‘tildi. Mazkur buyruq, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil16-maydagi “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 259-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan.Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
O‘zbekiston tajribasi endi Hindistonda ham tatbiq etilishi mumkin

Hindistonlik Ritu xonim “Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berishga bag‘ishlangan II Butunjahon konferensiyasi” kunlarida Mirobod tumanidagi 482-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga tashrif buyurib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Mutaxassis O‘zbekistonda bog‘cha yoshidagi bolalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida so‘zlash jarayonida tumandagi 482-sonli bog‘chada kichkintoylarga qo‘shimcha mashg‘ulotlar sifatida kulolchilik, zardo‘zlik sir-asrorlari o‘rgatib borilishini ko‘rib, nihoyatda hayratlanganini yashirmagan. “Juda xushmanzara bog‘cha ekan, taʼlim ham yuqori standartlarda tashkil etilganiga guvoh bo‘ldim. O‘zbekistonda ko‘rganlarimni Hindistonga borganimda rahbariyatimga aytib, O‘zbekiston tajribasini Hindistonda ham tatbiq qilishni o‘z oldimga maqsad qildim”, – degan xorijlik mehmon.

Maktabgacha ta'lim agentligi
18-noyabr - Davlatimiz bayrog‘i qabil qilingan kun

Vazirlik idoralarida xodimlari uchun har juma tongida “Maʼrifat soati” o‘tkazilishidan xabaringiz bor. Mazkur yig‘inda vazirlik xodimlari, idora mutasaddilariga o‘tgan muddat davomida imzolangan qonunlar yana bir qayta eslatib, sharhlab beriladi. Bugungi juma kungi “Huquqiy savodxonlik” soati mavzusi davlatimiz suverenitetligining ramzlaridan biri O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun, 18-noyabr sanasi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i O‘zbekiston gerbi va O‘zbekiston madhiyasi kabi O‘zbekiston Respublikasining rasmiy davlat ramzi sanaladi. Maʼlumot uchun, 1991 yil 31 avgustda O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini eʼlon qilganidan so‘ng, 1991 yilning 18 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi matoda aks etgan bo‘lib, uchta asosiy gorizontal rangdor bo‘laklarga bo‘lingan. Ular: yorqin moviy, oq, yorqin yashil. Bu bo‘laklar orasini ikkita qizil rangdagi gorizontal chiziqlar ajratib turadi. Respublika davlat bayrog‘i mamlakat hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo‘lib, Respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqning milliy va madaniy o‘zligini aks ettiradi. Shuningdek, “Huquqiy savodxonlik” soatida o‘tgan haftada davlatimiz hayotida bo‘lib o‘tgan muhim voqealarning qisqacha sharhlari ham namoyish etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
UNESCOning Toshkent deklaratsiyasida 2030-yilgacha maktabgacha ta’limining global kun tartibi belgilandi

2022-yil 16 noyabr, Toshkent. 14–16-noyabr kunlari O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tgan Kichik yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta’lim berish bo‘yicha butunjahon konferensiyaning so‘nggi kunida 150 ga yaqin davlat vakillari UNESCOning Toshkent deklaratsiyasini qabul qilishdi.  Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev konferensiya delegatlariga aytgan qutlov nutqida shunday degan edi: “Bugungi konferensiya qizg‘in muhokama va fikr almashish ruhida o‘tib, yangi g‘oya va tashabbuslar, aniq takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilishiga ishonchim komil. Konferensiya yakunida qabul qilinadigan Toshkent deklaratsiyasi bu boradagi birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz uchun asos bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz”.  Toshkent deklaratsiyasi 2030-yilgacha bo‘lgan davrda maktabgacha ta’limining xalqaro kun tartibini belgilashga qaratilgan. Ushbu hujjat konferensiya doirasidagi maslahatlashuv jarayoni orqali tayyorlangan va imzolangandan so‘ng BMTning oltita rasmiy tiliga tarjima qilinadi va UNESCOga a‘zo davlatlarga tarqatiladi.  “O‘zbekistonda UNESCOning 2022-yilni ta’limga safarbarlik yiliga aylantirish haqidagi qat’iy qaroridan kelib chiqib, dunyoga kuchli xabar yuborish imkoniyati mavjud. Toshkentda istiqomat qiluvchi jamiyatni – o‘z farzandlari haqida qayg‘uruvchi, ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi va ularga munosib e’tibor qaratuvchi jamiyat modelini belgilashimiz kerak”, — dedi voqeani sharhlar ekan UNESCOning Bosh direktori Odri Azule.  Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish tizimini global oʻzgartirish strategiyasining bir qismi sifatida Toshkent deklaratsiyasida bir qator yetakchi tamoyillar belgilandi: oʻquv dasturlari va pedagogikaning sifati va dolzarbligini oshirish; barcha bolalar uchun teng va inklyuziv ta’lim xizmatlarini ta’minlash va favqulodda vaziyatlarda kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berishga kirish huquqlarini himoya qilish va kafolatlash. Bu va boshqa qator vazifalar zamirida pedagog kadrlarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, innovatsiyalarni keng joriy etish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kabi fundamental omillar mujassam.  UNESCOning Toshkent deklaratsiyasining 2030-yilgacha boʻlgan Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berishni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari – BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning muhim bosqichini belgilab bergan qoidalari imzolangan paytdan boshlab xalqaro tashkilotlar va ishtirokchi davlatlarning tegishli vazirliklari uchun qoʻllanmaga aylandi. Jahon hamjamiyatining 4.2-bandini amalga oshirishda shunday deyilgan: “2030 yilgacha barcha qizlar va o‘g‘il bolalar boshlang‘ich ta’limga tayyor bo‘lishlari uchun sifatli maktabgacha ta’limni rivojlantirish, parvarish qilish va kichik yoshdagi bolalar sifatli ta’lim tizimidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishlari joizdir”.   

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
II Butunjahon konferensiyasining uchinchi kuni 4-sessiya: dasturiy innovatsiyalar

Ma’ruzachi: Shahnoza Mirziyoyeva, O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirining strategik rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi: – Bugun anjumanning barcha ishtirokchilarini qutlashdan xursandman. Dunyodagi har bir bola o'rganish huquqiga ega, dunyodagi har bir bola o'rganishi kerak, dunyodagi har bir bola ta'lim olish imkoniyatiga muhtoj. UNICEFning 2019-yildagi maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻylab 175 milliondan ortiq yosh bola taʼlim tizimidan tashqarida qolmoqda, yaʼni rivojlanayotgan mamlakatlarda kichik yoshdagi har besh bolaning toʻrttasi maktabgacha taʼlim olish imkoniga ega emas. O‘ylab ko‘ring. Bular millionlab yo‘qotilgan imkoniyatlardir: maktabgacha ta'lim olmasdan, bola muhim fundamental yordamni yo'qotadi. O‘zbekistonda 2017-yilda bor-yo‘g‘i 700 ming bola bog‘chaga borsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich ikki millionga yetdi, biroq borish qiyin bo‘lgan joylar yoki bolalar soni to‘laqonli bolalar bog‘chasi qurishga imkon bermayotgan hududlar bor. Bu hududlarda bolalar hech qachon maktabgacha ta'lim olishmagan va olish imkoniga ega bo'lmagan. Biz bu muammoni kattalar hal qilishlari kerakligini tushunamiz. O‘zbekiston bolalari hayotida “Aqlvoy” mana shunday paydo bo‘ldi: 2019-yilda biz “soyabon” ostida bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalishlarni birlashtirgan katta loyiha bilan chiqdik: bular interaktiv darslar bo‘lib, ularda personajlar, multfilmlar orqali bolalar raqamlarni, harflarni, shaharlarning nomlarini o'rganadilar. Bu bosh qahramon Aqlvoy ishtirokidagi o‘quv multfilmlari turkumi, shuningdek, Aqlvoy oshpaz bolalar uchun taomlar kitobi hamda eng yirigi va eng muhimi mamlakat bo‘ylab bolalar uchun haftasiga uch marta uch soatdan tashrif buyurib, o'yin orqali ularga sifatli maktabgacha ta'lim beradigan Aqlvoy Avtobus mobil bog‘chalaridir. Aqlvoy - sevimli qahramon bo'lib, intiqlik bilan kutiladi; telekanal tahririyatiga muntazam ravishda bolalar tomonidan ular chin dildan ishonadigan va uchrashishni intiqlik bilan kutadigan super qahramonga atalgan ajoyib xatlar keladi. Mobil bog‘chalar chekka hududlardagi bolalarga sifatli ta’lim olish imkoniyatini beruvchi innovatsion yechimdir. Ushbu yechim an'anaviy bog'chaga qaraganda ancha tezroq va 80% arzonroq yangi joylarni yaratishga imkon beradi. Biz metodika ishlab chiqib, yangi avtobus jihozladik va sinov rejimida birinchi mobil bog‘chamizni ishga tushirdik. Ota-onalarning yuzlab mulohazalari va istaklari biz uchun ushbu qaror dolzarbligining isboti bo'ldi. Bugungi kunga qadar O‘zbekistondagi 142 mahallaga 65 ta mobil bog‘cha kelib, bolalarga ta’lim-tarbiya bermoqda. Ularning har biriga turli yosh guruhlarida ishlash uchun maxsus tayyorgarlikdan o'tadigan alohida o'qituvchi tayinlanadi. Bolalar bog'chasi dasturi zamonaviy tendensiyalarga moslashtirilgan: o'yin orqali o'rganish, ijtimoiy va hissiy rivojlanish, ko'p tarmoqli yondashuv. Har bir hududning til xususiyatlari hisobga olinadi va bularning barchasi ota-onalar uchun mutlaqo bepul. Muammoning yechimini biz kattalar shunday ko‘ramiz! Sizlarni Aqlvoyimiz haqida, mahalliy Mikki Maus va bolalarimiz bunga qanday qarashlari haqida qisqacha hujjatli filmni tomosha qilishga taklif qilaman. (film) O'qish qiyin bo'lgan hududlardagi bolalarga ta'limni "olib kelish" uchun ular o'qishni boshlashlarini kutishlari shart emas, biz Aqlvoy bolalar bog'chasiga qatnaydigan minglab bolalarning ota-onalari ishonchini qozonishga muvaffaq bo'ldik. Biz hamfikrlarimiz borligidan xursandmiz, biz ushbu loyihani amalga oshirishning har bir bosqichida o'z tajribamizni baham ko'rishga tayyormiz va bu bilan to'xtab qolmaymiz: axir, dunyodagi har bir bola o'rganishga haqli! E'tiboringiz uchun tashakkur.

Maktabgacha ta'lim agentligi
BIRINCHI XONIMLAR GURUHINI TASHKIL ETISH TAKLIFI O‘RTAGA TASHLANDI

Kunning ikkinchi yarmidagi bugungi kun tartibidan joy olgan oliy darajadagi sessiyalar qizg‘in davom etdi. Sessiya davomida Gabon birinchi xonimi, bolalar va ayollar huquqlarini himoyalash borasida jamg‘arma raisi Silviya Valentin Bong o‘z nutqida quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi: “Men bolalarni eng yoshligidan qo‘llab-quvvatlash uchun onalarni himoya qilishni tanladim. Onalar salomatligini muhofaza qilish, gender tengsizligiga asoslangan zo‘ravonlikka qarshi kurash faoliyatimning asosiy qismidir. Vaholangki, 6 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarning maktabga borishi 93 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bu ko‘rsatkich 69 foizni tashkil etadi. Yoshidan qat’iy nazar, barcha bolalar uchun maqbul ta’lim sharoitlarini ta’minlash bizning maqsadlarimizdan biridir. Jamg‘armamiz tomonidan har yili bu sohaga millionlab mablag‘lar ajratiladi. Biz o‘qituvchilar uchun sifatli treninglar olib boramiz va innovasion amaliyotlarni joriy qilamiz. Ijtimoiy tengsizlikning oldini olish borasidagi ishlarimiz ham muhim. Aytmoqchimanki, Afrikaga sarmoya kiritish butun qit’ani rivojlanishi uchun juda muhim. Farzandlarimiz kelajakda duch keladigan qiyinchiliklarni yengishga tayyor bo‘lishlari uchun biz dunyoda mamlakatlarining qo‘llashlaridan umidvormiz” O‘z o‘rnida ta’kidlab o‘tish kerakki, Silviya xonim va u rahbarlik qilayotgan jamg‘arma tomonidan olib borilayotgan ishlar konferensiya ishtirokchilarining qiziqishi va rag‘batiga sazovor bo‘ldi. Hattoki, bolalar huquqlarini himoya qilish faoli, Nobel mukofoti sovrindori janob Kailash Satyarti (Kailash Satyarthi) Silviya xonimning bu shijoatidan ruhlanib, dunyoda birinchi xonimlar guruhini tashkil qilib, maktabgacha ta’lim sohasiga e’tiborni yanada kuchaytirish, qolaversa, bu harakatga yoshlar tashkilotlari va talabalarni ham jalb etish foydadan holi bo‘lmasligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, so‘zga chiqqan notiqlar tomonidan o‘z davlatlari misolida e’tiborga molik tajribalarni ham o‘rtoqlashdilar. Ko‘radigan bo‘lsak, Malayziya qirolligi oilasi vakili Malayziyada ustuvor loyiha ustida ish olib borilayotgani, ya’ni boshlang‘ich ta’limda autizmga chalingan bolalarni ta’limga jalb etishda katta ishlar qilinayotganini ta’kidlab o‘tdi. “Afsuski,  pandemiya tufayli bu kabi ishlarimiz to‘xtab qolgandi. Biroq bugungi kunda bu harakat  yangi kuch va yangi bosqichga chiqmoqda. Bu loyiha orqali sog‘ligida muammosi bo‘lgan bolalarning ta’limini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga yanada keng o‘rin bermoqchimiz”, deya ta’kidlab o‘tadi vakil. “IQTISOD”, “MUHABBAT”, “MEHR”... bu so‘zlar Toshkent deklarasiyasidan joy oladi. Oliy darajadagi sessiyaning muhokamalar qismida ham yangidan yangi g‘oyalar o‘rtaga tashlandi. Xususan, bugungi sessiyalar ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tgan Agrippina Shin xonim o‘z so‘zida mutafakkir Konfusiydan iqtibos keltirib “Agarda bir yil hosil olishni istasangi bug‘doy eking, agarda 10 yil hosil olishni istasangiz daraxt eking, agarda 100 yil, asrlar davomida hosil istasangiz kelajak avlodni munosib tarbiyalang” deya ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, Stefani Gianni xonim ham bugungi sessiyalar ishini yuqori baholab, Salvador va Gabonda amalga oshirilayotgan salmoqli ishlardan yanada quvonganini bildirdi.  Shundan so‘ng taniqli insonlar fikrlari ham eshitildi. Jumladan, FIFA bosh kotibi Fatma Samura xonimning 2 yil oldin YUNESKO bilan memorandum imzolangani, bu memorandumda futbolni maktablarga qaytarish masalasi ko‘tarilgani va salmoqli ishlar qilinayotgan haqidagi ma’lumotlarini keltirib o‘tish mumkin. Fransiyalik dzyudo bo‘yicha jahon chempioni tomonidan ham iliq fikrlar bildirilib, “Meni shu darajaga yetishishimga onam sababchi. Uning g‘amxo‘rligi va yaratib bergan imkoniyatlari tufayli bugun shu mavqedaman. Va men ham yaqindagina dunyo yuzini ko‘rgan farzandimga xuddi shunday munosabatda bo‘laman. Uni hayotda ulkan muvaffaqiyatlarga erishishiga yetarli sharoit va mehrimni ayamayman” dedi. Paralalimpiya chempioni, motivator janob Aleks Talaining hikoyasi esa barchada yanada ko‘tarinki kayfiyat va yetarlicha motivasiya berdi deyish mumkin. “Birgina qaltis harakat tufayli men butkul boshqa odamga aylandim. Menga ko‘p savol berishadi, siz nimani hisobidan yana hayotga qaytingiz deb. Xudo menga shunday insonlarni uchrashdiki, ular meni sportga olib kirishdi. Mana shu maqsadim meni olimpiya chempioniga aylantirdi. Uchrashuvlar davomida ota-onalar kelib meni quchoqlashib, mehr ulashishadi. Demak, men xato yo‘lda emasman va bularning barchasi bekorga emas” deydi o‘z nutqida chempion. Sessiya doirasida moderator sahnadagi e’tiborli insonlarga “Siz shunday so‘z aytingki, u Toshkent konferensiyasidan joy olsin” deya murojaat qildi. Zalda esa “iqtisod”, “muhabbat”, “mehr” kabi so‘zlar yangradi. Sessiya yakunida FIFA bosh kotibi tomonidan Gabon birinchi xonimi, Shin xonim va Shaxnoza Mirziyoyevaga dastxat tushirilgan futbol to‘plari topshirildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
TIZIM XODIMLARI VA TARBIYACHILAR EKSPERTLAR NIGOHIDA

Forumning ikkinchi kuni.  Asosiy tadbirdan so‘ng, sessiyalar ish boshladi. Ularda mahalliy va xorijiy ekspertlar maktabgacha ta’limning turli muammoli va yangi rivojlanish bosqichlariga doir mavzularni qamrab oldi. Xususan, ishtirokchi davlatlar vakillari erta ta’lim va bu borada olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldilar. Dastlab, Mavritaniyaning Bolalar va Oilalar bo‘yicha ijtimoiy harakatlar vaziri Savin Talah xonim so‘z oldi. U o‘z davlatida 2006 yili ta’limga doir to‘rt qisimdan iborat qonun qabul qilinganligi va unda erta yoshdagi bolalar ta’limi va huquqlari alhohida o‘rin olganligini ta’kidladi. Savin Talah bayon etgan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 2024 yilgacha 100 ming nafar bolani erta yoshdan ta’limga qamrab olish, ya’ni hozirdagi 10 foizli ko‘rsatkichni 40 foizga yetkazish ustida ish olib bormoqda. Bunda eng asosiy e’tibor kam ta’minlangan oila farzandlariga qaratilishi ko‘zda tutilmoqda. – Bu 2025 yilgacha qilinadigan ishlarimiz, – dedi Savin Talah xonim. –Albatta, bu bo‘yicha bizda shart-sharoitlar mavjud. Jumladan, 50 ming nafar kambag‘al bolani ta’limga jalb etish ustuvor vazifamizdir va tabiiyki, mazkur jarayonlarda mamlakatimizning milliy ta’lim vazirligi, shuningdek, boshqa dahldor vazirliklar hamkorlikda ishlamoqda. Maqsad yagona – Mavritaniyadagi ijtimoiy ishlarni bir nuqtaga jamlash, pirovardida bolalarga sifatli ta’lim berish, ayniqsa,  shu yo‘nalishda ota-onalarning bolalar ta’limiga yondashuvini sifatli bosqichga olib chiqishga erishishdir. Shundan so‘ng, Madagaskar Ta’lim vaziri Michelle Sahondrarimalala xonimga so‘z berildi.  – Bizda ham maktabgacha ta’lim yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, – dedi Michelle Sahondrarimalala xonim. – Mamlakat bo‘ylab, erta yoshdagi bolalar ta’limi uchun ishlovchi 16 ming ta bog‘cha mavjud. Ular uch yo‘nalishda faoliyat olib boradi. Ya’ni, davlat hamda xususiy kompaniyalar ixtiyoridagi bog‘chalar va 1 yillik majburiy maktabga tayyorlash kurslaridir. Vazir xonim Madagaskar istiqbolini ta’minlash harakatidagi bu tizim haqida so‘z yuritar ekan, ularda ishlovchi tarbiyachi-pedagoglar malakasini oshirishga alohida ahamiyat qaratilayotganligi xususida mamnuniyat bildirdi. Mazkur sessiya ishida Aga-Xan jamg‘armasining  Ta’lim va erta bolalikni rivojlantirish bo‘yicha global yetakchisi Nafisa Shexova ham ishtirok etdi. U Aga-Xan fondi faoliyatining ta’limga doir qirralari haqida to‘xtalar ekan, jumladan shunday dedi: – Fondning 40 yillik faoliyati davomidagi moliyaviy ko‘magi Sharqiy Afrikaning qariyb 15 ta davlatida yashovchi o‘g‘il-qizlar uchun ta’lim sharoiti yaratishga qaratilgan. Shunga ko‘ra, 2 yillik dastur ishlab chiqilgan va bu dastur doirasida hudud  bog‘chalari uchun ishchi kuchi tayyorlanadi.  Shu tariqa yosh yigit-qizlarga to‘liq ta’lim beriladi va ular yaxshi pedagoglarga aylanadi. Fond bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirib, dunyodagi eng chekka qishloqlardagi yoshlarni qamrab olishni maqsad qilgan. Bunda tajribali pedagog yoshlar tajribasidan foydalanish alohida o‘rin tutadi.  Jahondagi ko‘plab davlatlar bu borada endigina ish boshlashdi.  Jumladan, Ugandada dastur ishga tushdi-yu, o‘qituvchilarni yetarli malakasi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Madagaskarda esa, bolalarninng 30 foizdan 80 foizga yetkazish ustida ish olib borilmoqda. Sessiya davomida bir qator spikerlar “Ta’lim va tarbiya berish asoslari”,  “Yosh bolalarning uzluksiz ta’lim-tarbiyasi”, “Davlatlaring ta’lim darajalari”  singari mavzularda ham chiqishlar qilishdi. Xususan, Janubiy Koreya, Germaniya, Yuminiya, Shri-Lanka, Tojikiston davlatlarining vakillari o‘z yurtlaridagi maktabgacha ta’lim tizimidagi yutuqlar bilan bir qatorda qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida fikr-mulohazalar bildirishdi. Ular pedagoglarning oylik maoshlarini oshirish, inklyuziv ta’limni rivojlantirish, ba’zi davlatlarda sodir bo‘layotgan notinchliklarga barham berish vaqti kelganini ham alohida  ta’kidlashdi.  Ishtirokchilar mamlakatimizda maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholashdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Vazirlar yosh bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi qator muammolarni muhokama qilishdi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin moderatorligida o‘tkazilgan muhim sessiyalardan birida maktabgacha ta’lim tizimidagi asosiy muammolar va yechimlar haqida so‘z yuritildi. Sessiyada bir qancha davlatlar ta’lim vazirlari ishtirok etib, o‘z hududlaridagi tizimdagi kamchiliklar, ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritdi. Xususan, Islandiya taʼlim vaziri bolalarga berilayotgan taʼlim jarayoni kelajakda yetarli darajada foyda keltirishi kerakligini taʼkidladi. Shu bilan birga, bolalarni erta tarbiyalashga qaratilgan dasturlar kelajakda maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha ta’limni uyda olish imkonini berishi ta’kidlandi. Shuningdek, chekka hududlar va kam ta’minlangan oilalar farzandlariga e’tiborni yanada kuchaytirish masalasi ko‘tarildi. Sloveniya vakili o‘z mamlakatida amaldagi chora-tadbirlar to‘g‘risida jamoatchilikka ma’lumot berdi. Taʼlim vazirligi vakilining soʻzlariga koʻra, Sloveniyada ona farzandini 11 oylik boʻlganda ishga kirishi mumkin. Shuni hisobga olib, Sloveniyada bir yoshgacha bo‘lgan bolalarni bog‘chaga qabul qilish amaliyoti mavjud. Shu bilan birga, Sloveniyada bolalarning ta'lim olishi bepul va butun dunyo bo'ylab joriy etilishi kerakligi ta'kidlandi. O‘z navbatida, Tailanddan kelgan ta’lim vaziri maktabgacha yoshdagi bolalar ruhiyatida erkinlik ruhini oshirish masalasini kun tartibiga qo‘ydi. Ya’ni, “har bir bola dini, millati, teri rangidan qat’i nazar, hamma teng huquqli ekanligini yoshligidan anglashi kerak”, deydi Tailand vakili. Germaniya ta'lim vazirining nutqi bolaning asosiy huquqlariga bag'ishlandi. Uning so'zlariga ko'ra, bola nafaqat etarli ta'lim olishi, balki kelajakda uning hayoti to'liq va u o'qishni davom ettirishi kerak. Ularning barchasi bunga haqli va biz ham buning uchun birdek javobgarmiz. Shuningdek, bahs davomida o‘quv jarayonida natijaga e’tibor qaratish lozimligi aytilib, pedagoglarning malakasi ham eng muhim jihat ekanligi ta’kidlandi. Xususan, professional kadrlarni qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, ekspertlar maqsad bolalarga o'quv jarayonida biror narsa o'rgatish bo'lgan standartlashtirilgan tizimdan qochishni tavsiya qildilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
O‘zbekiston Prezidenti maktabgacha ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi

Toshkent shahrida kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalari bo‘yicha jahon konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. 15 noyabr kuni bu anjumanga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurdi.  Konferensiya dunyoda 2030-yilga qadar maktabgacha ta’lim sohasiga oid siyosatni belgilab olish va bu boradagi xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan. Unda YUNЕSKO Bosh direktori Odri Azule, 150 ga yaqin mamlakatdan vazirlar va vakillar, xalqaro tashkilotlar mutasaddilari qatnashmoqda. Davlatimiz rahbari nutqining avvalida soha bo‘yicha dunyodagi vaziyatga to‘xtalib, millionlab bolalarning boshlang‘ich bilim olish imkoniyati cheklangani, mutaxassislar birgalashib, maktabgacha ta’lim qamrovini oshirishi muhimligini aytdi. O‘zbekistonda “inson qadri, uning huquq va manfaatlari – oliy qadriyat” degan tamoyil asosida aholi uchun munosib turmush sharoitlari yaratilayotgani ta’kidlandi. – Bu borada, avvalambor, yoshlar va bolalarga e’tibor va amaliy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni jismoniy va ma’naviy barkamol etib tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratmoqdamiz. Bolalarni kichik yoshdan boshlab rivojlantirish orqali kelajakda ularning o‘zligini to‘la namoyon etishiga mustahkam zamin yaratayapmiz. Zero, bu ezgu maqsadimiz yo‘lida sarflangan investitsiyalar ertaga bir necha barobar ortig‘i bilan qaytishiga shubha yo‘q, – dedi Shavkat Mirziyoyev. Ilgari yurtimizda maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘rsatkichi 27 foizga tushib qolgan edi. Bolalar bog‘chalarida zamonaviy qo‘llanmalar yo‘q, binolari ta’mirtalab edi. Shu bois davlatimiz rahbari bu bo‘g‘inga alohida e’tibor qaratib, barkamol avlodni aynan kichik yoshdan tarbiyalash siyosatini belgilab berdi. O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi farmoniga muvofiq, Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Bog‘chalar qurish va ta’mirlash, ilg‘or tarbiya uslublari va metodikalarini joriy etish bo‘yicha ko‘p ishlar boshlandi. Sohani rivojlantirish uchun xususiy sektor kirib kelishiga ham imkoniyat yaratildi. Har bir tarbiyalanuvchi bola uchun davlat budjeti hisobidan subsidiyalar berish yo‘lga qo‘yildi. Olis va chekka hududlarda minglab oilaviy bog‘chalar tashkil qilindi. Natijada so‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalari soni 6 barobarga ko‘paydi. Tarbiyachi va pedagoglar soni ham 3 barobarga o‘sib, 160 mingga yetdi. Shu tariqa, bog‘cha yoshidagi 2 million 800 ming nafar boladan 2 million nafari maktabgacha ta’lim bilan qamrab olindi. Davlatimiz rahbari ta’lim tizimidagi uzviylik masalasiga ham to‘xtaldi. Yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar ikki bor uyg‘onish davriga asos solgani, bugungi va kelajak avlodlar ham ilmga intilishi kerakligi ta’kidlandi. – Biz yurtimizda Uchinchi Renessansni barpo etish masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qo‘yib, uni milliy g‘oya darajasiga ko‘tarmoqdamiz. Biz maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi, oliy ta’lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bo‘lg‘usi Renessansning to‘rt uzviy halqasi, deb bilamiz. Bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o‘qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz, – dedi Prezident. Bu borada milliy tajriba va jahondagi ilg‘or yutuqlarni uyg‘unlashtirgan holda ish yuritilmoqda. Buni izchil davom ettirib, 2025-yilda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini 80 foizga yetkazish rejalashtirilgan. O‘zbekiston Prezidenti sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Jumladan, kichik yoshdagi bolalar uchun sifatli ta’lim muammolarini global darajada samarali hal qilish, birgalikda tezkor yechimlar va tizimli yondashuvlar ishlab chiqish maqsadida mazkur xalqaro konferensiyani muntazam ravishda o‘tkazib borish taklifi bildirildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlariga uyg‘un bo‘lgan barcha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish uchun Toshkentda YUNЕSKOning mintaqaviy markazini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi. Kichik yoshdagi bolalar ta’limi bo‘yicha jahon tashkiloti bilan qo‘shma loyiha va tadqiqotlar olib borish, tarbiyaning yangicha uslublari va metodik qo‘llanmalarni tayyorlash uchun keng qamrovli dastur ishlab chiqish zarurligi qayd etildi. Sohadagi ilg‘or tajribalar, zamonaviy interaktiv o‘qitish uslublari, amaliy bilim va ko‘nikmalar bilan o‘zaro almashish maqsadida tarbiyachilar xalqaro hamjamiyatini tashkil etish tashabbusini bayon etdi. 2024-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan kelajak sammitining asosiy mavzularidan biri sifatida, kichik yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish masalasini kiritish muhimligi ta’kidlandi. Konferensiya turli mavzulardagi sho‘’ba yig‘ilishlari bilan davom etdi. Anjuman yakunlari bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bugun Toshkentda kichik yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta’lim berish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu kunlarda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan UNESCOning Kichik yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta’lim berish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi delegatlarini qutlab nutq so‘zladi.  O‘zbekiston Prezidenti konferensiya va uning yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi, shuningdek, kichik yoshdagi bolalar tarbiyasi va ta’limini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha majburiyatlarning alohida ahamiyatini ta’kidladi. Shularni hisobga olgan holda, davlatimiz rahbari respublika rahbariyatidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni va’da qilib, ta’lim sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish uchun Toshkent shahrida UNESCOning ikkinchi toifali institutini tashkil etishni taklif qildi.   Shuningdek, UNESCO Bosh direktori Odri Azule delegatlarni qutladi:   “O‘zbekiston geografiyasi va tarixi bizga Samarqand, Buxoro, Xiva kabi dunyoga mashhur shaharlarni bergan mamlakatdir. Qadim zamonlardan beri u ilmiy bilimlarga bo'lgan ishtiyoq bilan ajralib turardi, uning ramzlari Ibn Sino va algebra uchun biz minnatdor bo‘lgan Al-Xorazmiydir. Shunday qilib, yetakchilik an’analari ta’limga sodiqlik bilan birlashtirilgan. Muhtaram Prezident Mirziyoyev, maktabgacha taʼlim va bolalarga gʻamxoʻrlik qilishni ustuvor vazifa qilib qoʻyib, bir necha yil ichida maktabgacha taʼlim muassasalarini qamrab olish koʻrsatkichini 2017-yildagi 27 foizdan 2021-yilda 67 foizga koʻtardi”, – deya ta’kifladi Azule xonim.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha ikkinchi Butunjahon konferensiyasi ochilish marosimidagi nutqi

Hurmatli konferensiya qatnashchilari! Xonimlar va janoblar! Siz, azizlarni Toshkent shahrida Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berishga bag‘ishlangan Butunjahon konferensiyasining ochilishi bilan chin qalbimdan tabriklayman. Xalqaro anjumanda ishtirok etayotgan yuqori martabali mehmonlarimizga, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy davlatlar vazirlari va mas’ul vakillariga o‘zimning samimiy hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman. O‘zbekiston zaminiga xush kelibsiz, qadrli mehmonlar!   Hurmatli do‘stlar! Xalqaro konferensiyaning ochilish marosimida YUNЕSKO Bosh direktori Odri Azule xonimning shaxsan ishtirok etayotgani bizga alohida mamnuniyat bag‘ishlaydi. So‘nggi yillarda YUNЕSKO bilan ta’lim, fan, madaniy meros, axborot va kommunikatsiya sohalarida hamkorligimiz jadal rivojlanib bormoqda. Jumladan, mazkur tashkilot ko‘magida yurtimizdagi butunjahon madaniy meros ob’ektlarini asrab-avaylash, qadimiy Buyuk Ipak yo‘lida mavjud bo‘lgan madaniy aloqalarni qayta tiklash, ta’lim tizimi sifatini oshirish va barkamol avlodni tarbiyalash, O‘zbekistonda yoshlarning mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha qator muhim dastur va loyihalar samarali amalga oshirib kelinmoqda. Fursatdan foydalanib, Azule xonimga va barcha chet ellik hamkorlarimizga bu muhim va sharafli ishga qo‘shayotgan hissalari uchun tashakkur izhor etaman.   Hurmatli konferensiya ishtirokchilari! Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida kichik yoshdagi bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim bilan ta’minlash borasida qator muammolar mavjudligini inkor etib bo‘lmaydi. Ko‘plab mamlakatlarda qariyb 200 million bola maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagani natijasida ularning boshlang‘ich bilim olish imkoniyatlari cheklanmoqda. O‘z navbatida, keyingi bir necha yil davomida koronavirus pandemiyasi ta’lim sohasiga ham katta salbiy ta’sir ko‘rsatgani sir emas. Mana shunday sinovlar davrida barcha davlatlarning yaqin hamkorlikni yanada chuqurlashtirishi, xalqlarimiz o‘zaro birlashib, muammolarni birgalikda hal etishi naqadar muhimligini yaqqol ko‘rsatmoqda. Shu ma’noda, bugungi anjumanimiz ham Barqaror rivojlanish maqsadlarining muhim yo‘nalishi hisoblangan bolalar ta’limi masalasida barchamiz bir bo‘lib, yangi yondashuvlar va yechimlar ishlab chiqishimizga xizmat qiladi, deb ishonaman.   Aziz do‘stlar! Biz “inson qadri, uning huquq va manfaatlari – oliy qadriyat”, degan tamoyildan kelib chiqqan holda, mamlakatimiz aholisi uchun munosib turmush sharoitini yaratishni Yangi O‘zbekiston siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilaganmiz. Bu borada, avvalambor, yoshlar va bolalarga e’tibor va amaliy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni jismoniy va ma’naviy barkamol etib tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratmoqdamiz. Bolalarni kichik yoshdan boshlab rivojlantirish, ularning o‘qishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish orqali kelajakda yoshlarning o‘zligini to‘la namoyon etishiga mustahkam zamin yaratayapmiz. Zero, bu kabi ezgu maqsadimiz yo‘lida sarflangan investitsiyalar ertaga bir necha barobar ortig‘i bilan qaytishiga shubha yo‘q. Shu bilan birga, bola shaxsiyatining asosi aynan maktabgacha ta’lim yoshida shakllanishi, bu davrda uning intellektual va jismoniy kamoloti uchun poydevor yaratilishi hammamizga yaxshi ma’lum. Hozirgi paytda yurtimizda 3 millionga yaqin maktabgacha yoshdagi bolalar bor. Hech shubhasiz, ular bizning eng bebaho boyligimiz, erkin va farovon hayotimiz, yorug‘ kelajagimiz bunyodkorlaridir. Shuni ham aytish joizki, yurtimizda yaqin o‘tmishda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘rsatkichi 27 foizga tushib qolgan edi. Deyarli barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarda zamonaviy texnologiyalar va qo‘llanmalar yo‘q, binolari ta’mirtalab edi. Bu esa bolalarimizni to‘laqonli sifatli ta’lim va tarbiya olishini cheklagan. Holbuki, farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining ijtimoiy hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini hech narsa bilan o‘lchab, baholab bo‘lmaydi. Biz islohotlarning birinchi kunlaridanoq mavjud ta’lim sohasini, xususan, maktabgacha ta’limni tubdan modernizatsiya qilishga qaror qildik. Shu maqsadda, yurtimiz tarixida ilk bor alohida Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etdik. Bog‘chalarni zamon talablariga mos ravishda yangi bosqichga ko‘tarish, ilg‘or tarbiya uslublari va metodikalarini keng qo‘llash, o‘quv-moddiy bazasini kuchaytirishga katta e’tibor qaratmoqdamiz. Sohani keng rivojlantirish uchun xususiy sektor kirib kelishiga ham qulay shart-sharoitlar yaratib berdik. Bog‘chalarda har bir tarbiyalanuvchi bola uchun Davlat budjeti hisobidan subsidiyalar berila boshlandi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda bog‘chalar soni 6 barobarga ko‘paydi. Olis va chekka hududlarda minglab oilaviy bog‘chalar tashkil qilindi. Tarbiyachi va pedagoglar soni ham 3 barobarga o‘sib, 160 mingga yetdi. Shuningdek, pedagog kadrlarning malakasini tizimli oshirib borish ishlari ham yo‘lga qo‘yildi. Ushbu choralar natijasida bog‘chalarda ta’lim va tarbiya oladigan bolalar sonini 600 mingdan 2 millionga yetkazilib, qamrov ko‘lami 70 foizga chiqdi.   Hurmatli anjuman qatnashchilari! “Ta’lim va tarbiyada tanaffus bo‘lmaydi”, degan hikmatli ibora sizlarga yaxshi tanish. Shu sababli biz O‘zbekistonda olib borayotgan demokratik islohotlarimiz jarayonida ta’lim tizimini zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarishga ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz. Jumladan, hozirgi vaqtda mamlakatimizda 10 mingdan ortiq o‘rta ta’lim maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda. So‘nggi yillarda oliy o‘quv muassasalari soni qariyb 2,5 barobar ko‘payib, 186 taga yetdi. Ularning 31 tasi dunyodagi yetakchi universitet va institutlarning filiallaridir. Oliygohlarga qabul kvotasi 3,5 barobarga ortganini, oliy ta’lim qamrovi esa 9 foizdan 38 foizgacha oshganini qayd etish lozim. Sizlarga yaxshi ma’lumki, Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan mamlakatimiz qadimdan jahon sivilizatsiyasi va madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shib keladi. Diyorimizdan yetishib chiqqan atoqli allomalar, algebra fani va algoritm tushunchasiga asos solgan Al-Xorazmiy, mineralogiya fanining tamal toshini qo‘ygan Al-Beruniy, dunyoda Avitsenna nomi bilan tanilgan mashhur tibbiyot olimi Ibn Sino, bir ming o‘n sakkizta yulduzning koordinatlarini va harakatini aniq belgilab bergan buyuk astronom Mirzo Ulug‘bek, Nil daryosining sathini o‘lchovchi noyob uskuna yaratgan alloma Ahmad Farg‘oniy kabi ulug‘ ajdodlarimiz o‘zlarining bebaho asarlari, ilmiy va ijodiy kashfiyotlari bilan o‘rta asrlardagi birinchi va ikkinchi sharq renessansi rivojiga ulkan hissa qo‘shganlar. Bu haqda so‘z borar ekan, o‘tmishda Buxoroda 300 dan ortiq, Samarqandda esa 120 ga yaqin o‘z davrining universitetlari bo‘lgan madrasalar faoliyat ko‘rsatganini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Azal-azaldan bizning yurtimizda ta’lim bilan birga tarbiya masalasiga beqiyos ahamiyat berib kelinadi. Buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy har tomonlama uyg‘un rivojlangan, yuksak bilim va ma’naviyat sohibi bo‘lgan komil inson g‘oyasini ilgari surgani sizlarga yaxshi ma’lum. XX asr boshida faoliyat ko‘rsatgan ulug‘ ma’rifatparvar, atoqli adib va pedagog Abdulla Avloniyning: “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, degan so‘zlari biz uchun bugungi kunda ham muhim dastur bo‘lib xizmat qilmoqda. Biz yurtimizda uchinchi renessansni barpo etish masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qo‘yib, uni milliy g‘oya darajasiga ko‘tarmoqdamiz. Biz maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi, oliy ta’lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bo‘lg‘usi Renessansning to‘rt uzviy halqasi, deb bilamiz. Bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o‘qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz. Bu borada biz o‘zimizning milliy tajribamiz va jahondagi ilg‘or yutuqlarini uyg‘unlashtirgan holda faoliyat olib boramiz. Barchamizga ayonki, ta’lim va tarbiya bor joyda albatta ilm, albatta madaniyat va taraqqiyot bo‘ladi. Ta’lim va tarbiya rivojlangan jamiyatda radikalizm va ekstremizm kayfiyatlari hech qachon ildiz otolmaydi. Biz kelgusida ham bu yo‘lda boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirib, 2025 yilda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini 80 foizga yetkazish uchun barcha zarur choralarni amalga oshiramiz. Bundan tashqari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish doirasida 2025 yilga qadar 6 yoshli bolalarning 100 foizini maktabga tayyorgarlik dasturi bilan qamrab olishni maqsad qilib olganmiz.   Hurmatli tadbir ishtirokchilari! Anjumanimizda jahonning 150 mamlakatidan vakillar tashrif buyurgani bugungi kunda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish global darajada dolzarb ahamiyatga ega ekanidan yaqqol dalolat beradi. Ishonchim komil, mazkur konferensiya butun dunyoda 2030 yilga qadar maktabgacha ta’lim sohasiga oid siyosatni belgilab olish va shu orqali yosh bolalarga sifatli ta’lim berish yo‘lida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirishda yangi imkoniyatlar yaratadi. Shulardan kelib chiqib, biz quyidagi muhim takliflarni ilgari surishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Birinchidan, shiddatli dunyoda turli xavf-xatarlar kuchayib borayotgan davrimizda eng zaif qatlam bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalar ham jiddiy aziyat chekmoqda. Shu sababli, kichik yoshdagi bolalar uchun sifatli ta’lim berish muammolarini global darajada samarali hal qilish, bu masalalarga birgalikda tezkor yechimlar va tizimli yondashuvlarni ishlab chiqish juda dolzarbdir. Buni inobatga olib, mazkur xalqaro konferensiyani muntazam ravishda o‘tkazib borishni taklif etamiz. Ikkinchidan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlariga uyg‘un bo‘lgan ta’lim bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarimizni tizimli muvofiqlashtirish maqsadida Toshkentda YUNЕSKOning mintaqaviy markazini tashkil etish tashabbusimizni ma’qullaysizlar, deb ishonaman. Shuningdek, Kichik yoshdagi bolalar ta’limi bo‘yicha jahon tashkiloti bilan qo‘shma loyiha va tadqiqotlarni olib borish, tarbiyaning yangicha uslublarini va metodik qo‘llanmalarni tayyorlash uchun keng qamrovli dasturni ishlab chiqishni taklif etaman. Shu bilan birga, mazkur yo‘nalishda jahonda to‘plangan ilg‘or tajribalar, zamonaviy interaktiv o‘qitish uslublari, amaliy bilim va ko‘nikmalar bilan o‘zaro almashish maqsadida tarbiyachilar xalqaro hamjamiyatini tashkil etish tashabbusini ilgari suramiz. Uchinchidan, 2024 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan kelajak sammitining umumiy kun tartibidagi asosiy mavzulardan biri sifatida, kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish masalasini kiritish hamda unga alohida sessiyani bag‘ishlash muhimdir. Bugungi konferensiya yakunlari bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining bolalar tarbiyasi masalalari umumbashariy taraqqiyotga erishishning muhim omili ekani to‘g‘risida maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish ayni muddao bo‘lar edi. Ushbu hujjatda ota-onalarni bolalarning sifatli ta’lim va tarbiya olishi, ma’naviy va jismoniy barkamolligini ta’minlashdagi rolini, ularning qobiliyat va salohiyatlarini to‘liq namoyon etish borasidagi mas’uliyatini yanada oshirish kabi masalalar o‘z ifodasini topishi lozim.   Muhtaram xonimlar va janoblar! Bugungi konferensiya qizg‘in munozara va o‘zaro fikr almashuvlar ruhida o‘tishiga, unda yangi g‘oya va tashabbuslar, aniq taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilishiga ishonaman. Anjuman yakunlari bo‘yicha qabul qilinadigan Toshkent deklaratsiyasi kelgusida ushbu yo‘nalishda biz birgalikda amalga oshiradigan sa’y-harakatlarimiz uchun asos bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam salomatlik va omadlar, anjuman ishiga esa ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. E’tiboringiz uchun rahmat.  

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Konferensiyaning ikkinchi yarmi ham muhim debatlarga boy bo'ldi

Kunning ikkinchi yarmida dasturiy yangiliklarga bag‘ishlangan parallel sessiyalar bo‘lib o‘tdi. Xususan, kichik yoshdagi bolalarning erta rivojlanishi uchun kun tartibini ilgari surishga qaratilgan neyrofanlar, texnologiyalar va sun’iy intellekt, innovasion o‘qitish usullari va makonlarini ishlab chiqish kabi mavzularda qizg‘in muhokama va ma’ruzalar bo‘lib o‘tdi. Texnologiyalar va sun’iy intelekt mavzusida taʼlim-tarbiya jarayonida axborot texnologiyalari, xususan, kompyuter, planshetdan unumli foydalanish hamda kodlashtirish orqali tizimni yangi bosqichga olib chiqish haqidagi fikrlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Qolaversa, innovatsion o‘qitish usullari va makonlarini ishlab chiqish mavzusida Jahon banki vakili Alena xonim tomonidan qiziqarli ma’lumotlar va tahlillar ahamiyatlidir. Jumladan,  Bangladesh,  Peru kabi mamlakatlarda maktabgacha ta’lim tizimida o‘ziga xos uslublar, moliyaviy yechimlar qilinayotgani haqida  so‘z yuritilgani diqqatlidir. Shuningdek, ushbu mavzu doirasida Germaniyadagi ota-onalarni o‘qitish loyihalari bo‘yicha bobo-ota-o‘g‘il,  buvi-ona-qiz yo‘nalishlarida aloqalarni yanada mustahkamlash hamda oila kitoblarini yaratish g‘oyalari ilgari surildi. Bu ko‘pchilikda iliq taassurot qoldirdi. Ota-onalar farzandlar bilan ko‘proq ishlashlari,  ularni ham bir vaqtning o'zida ta’limga jalb etish bo‘yicha turkiyalik va ozarbayjonlik mutaxassislar tomonidan berilgan ma’lumotlar ham ishtirokchilarning e'tiborini tortdi. Turkiyada bog‘cha yoshiga yetgan, ammo bog‘chaga qatnay olmaydigan bolalar uchun onalar hamda otalarga mo‘ljallangan ko‘mak loyihalari yo‘lga qo‘yilganligi, shuningdek, Montessori ta’limi qanday ishlayotgani,  xususan Keniya va Ugandadagi ishlar haqidagi ma’lumotlar ham konferensiya ishtirokchilarini bee’tibor qoldirmadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkentdagi Butunjahon konferensiyasida qanday mavzular ko'rib chiqilmoqda?

Toshkent konferensiyasining ilk seminar kunida “Siyosat, menejment va moliya”, “Maʼlumotlar, monitoring va baholash”, “Kichik yoshdagi bolalarning erta rivojlanishi sohasidagi huquqlar va huquqiy asoslar”, “Moliyalashtirish va hamkorlik munosabati”, “Hamma uchun kichik yoshdagi bolalarning erta rivojlanishi sohasida sifat nazorati tizimlarini yaratish”, “Hukumat miqyosidagi yondashuv, multisektorlik va koordinatsiya” kabi mavzularda taqdimot va nutqlar boʻlib oʻtdi. Xalqaro mutaxassislar sifatida UNESCO Global Monitoring (GEM) hisobotining katta siyosatshunosi Anna Dʼaddio xonim, Janubi-Sharqiy Osiyo Taʼlim Vazirlari Tashkiloti (SEAMEO) direktori Ethel Agnes Pascua-Valenzuyela xonim, Sloveniya davlat kotibi va Taʼlim, fan va sport vaziri oʻrinbosari janob Darjo Felda,  YUNESKO Taʼlimni rejalashtirish xalqaro instituti direktori janob Jordan Naido, Oʻzbekiston moliya vaziri Temur Ishmetov va boshqalar mavzu yuzasidan oʻz fikr va mulohazalarini bildirishdi. Ayniqsa, sessiya davomida hozirgi kunda dunyodagi 43 ta davlatda bolalarni 1 yillik majburiy taʼlimga qamrash tajribasi yoʻlga qoʻyilganligi urg'ulanib, barcha davlatlarda ushbu tizim yoʻlga qoʻyilishi kerakligi tavsiya etildi. Shuningdek, kun davomida “Inklyuzivlik, sifat va farovonlik”, “Yosh bolalarni tarbiyalash va oʻqitish boʻyicha oʻqituvchilar va xodimlar”, “Dasturiy yangiliklar” mavzularida muhokamalar boʻlib oʻtdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkentda Kichik yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik qilish va ta’lim berish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi ish boshladi

  2022-yil 14 noyabr, Toshkent. Bugun poytaxtimizdagi Kongress markazida Kichik yoshdagi bolalarni parvarish qilish va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi (World Conference on Early Childhood Care and Education (WCECCE)) ochildi. Global forum UNESCO va O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tashkil etildi. 2010-yildan beri ilk bor o‘tkazilayotgan anjuman tadbirlarida 150 dan ortiq davlatdan 1500 ga yaqin delegatlar ishtirok etishmoqda. Kirish sessiyasi doirasida konferensiya byurosi va tahririyat qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan qoidalar va tartiblar taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasining raisi etib saylandi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin mehmonlarni qutlash nutqida shunday dedi: “Biz UNESCO bilan birgalikda ushbu anjumanni o‘tkazayotganimizdan juda faxrlanamiz. Bu barchamiz uchun ajoyib lahzadir, chunki oxirgi marta bunday voqea o‘n ikki yil avval bo‘lib o‘tgan. Bugungi kunda dunyoning turli burchaklaridan ko‘plab hamfikrlar kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berishda umumiy yondashuvni ishlab chiqish uchun bu yerga to‘planishgani ajoyib voqeadir”. Forum BMTning taʼlimni oʻzgartirish boʻyicha yaqinda boʻlib oʻtgan sammitining mantiqiy davomi boʻlib, unda asosiy taʼlimga ustuvor ahamiyat berishga chaqirdi. Avvalroq UNESCO dunyoda 5 yoshdagi har to‘rtinchi bola hech qachon maktabgacha ta’lim olmagani, dunyo miqyosida esa mamlakatlarning yarmidan kamrog‘i uni bepul ta’minlayotgani haqida ma’lum qilgan edi. WCECCE ish dasturini ochar ekan, UNESCO Bosh direktori oʻrinbosari Stefaniya Jannini shunday dedi: “Bizni taʼlimni global kun tartibining leytmotivi sifatida oʻzgartirish gʻoyasi birlashdi. Bu kunlarda biz taʼlim va taraqqiyotdan teng foydalanish, pedagogikaga innovatsiyalarni joriy etish va murabbiylarga yordam berish – inson huquqlari sohasidagi UNESCOning fundamental qadriyatlariga asoslanadigan barcha masalalardir. Biz barcha yig‘ilganlarni UNESCOning Toshkent deklaratsiyasining kuchli mazmuni ustida ishlashga chaqiramiz, bolalarning erta rivojlanishi umumiy kelajagimizning muhim qismi sifatida unda o‘z aksini topadi. Konferensiyaning Tahririyat qo‘mitasi tuziladi va Konferensiya Kotibiyatining tavsiyasiga ko‘ra uning tarkibi va vakolatlari to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Loyiha komissiyasining vakolatlari Konferensiyaning yakuniy hujjatini yalpi majlisda muhokama qilish va qabul qilish uchun taqdim etishdan iborat bo‘ladi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim vaziri A. Shinning kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o'qitish bo'yicha II Butunjahon konferensiyasida ishtirok etish munosabati bilan so'zlagan NUTQI

Hurmatli Stefaniya Jannini xonim, hurmatli Vazirlar, YUNESKO ga a'zo davlatlar delegatlari, do'stlar, hamkasblar!   Bugun sizni Toshkentda, Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o'qitish bo'yicha II Butunjahon konferensiyasida kutib olishdan juda xursandmiz. Mana shunday kunda siz bilan birga bo'lish sharafiga muyassar bo'lganimdan xursandman.   Barchangiz O'zbekistonga xush kelibsiz! Biz YUNESKO bilan birgalikda Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o'qitish bo'yicha ushbu konferensiyani o'tkazayotganimizdan juda faxrlanamiz. Bu barchamiz uchun buyuk va muhim lahzadir, chunki bu masala bo'yicha so'nggi konferentsiya 12 yil oldin o'tkazilgan. Quvonarlisi shundaki, bugungi kunda ushbu zalda kichik yoshdagi bolalarni parvarish qilish va ularning ta'limiga bo'lgan e'tiborimizni qanday kuchaytirishimiz mumkinligini muhokama qilish uchun juda e’tiborli, hamfikr insonlar to'planishdi.   Shuningdek, YUNESKO ga ushbu konferensiyani tashkil etish bo'yicha koordinatsiyasi va so'nggi oylarda O'zbekistonda jamoamiz bilan birgalikda amalga oshirilgan katta ishlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman.   YUNESKO Bosh direktorining ta'lim bo'yicha o'rinbosari, ushbu konferensiya Bosh kotibi Stefaniya Jannini xonimga katta quvonch bilan so'z bermoqchiman.     Hurmatli Stefaniya Jannini xonim, hurmatli Vazirlar, YUNESKO ga a'zo davlatlar delegatlari, do'stlar, hamkasblar!   Konferensiya ishtirokchilariga menga bo'lgan ishonchlari va meni kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o'qitish bo'yicha II Butunjahon konferensiyasi raisi etib saylaganliklari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ishonchim komilki, konferensiyada oldimizga qo'yilgan barcha maqsad va vazifalarga erishiladi va bu davomiy ta'lim olish imkoniyatlarini rivojlantirish uchun inklyuziv va sifatli ta'limni yanada ta'minlashning kalitiga aylanadi. COVID-19 pandemiyasi davrida ta'lim sohasi eng ko’p zarar ko’rgan tizimlardan biri bo’ldi. Global ta'lim inqiroziga olib kelgan oqibatlar tengsizlikni kuchaytirdi va butun dunyo bo'ylab millionlab bolalarni ijtimoiy himoya qilish uchun muhim bo'lgan ta'lim, sog'liqni saqlash va ovqatlanish orqali ko'rsatiladigan hayotiy xizmatlardan mahrum qildi. Agar biz avlodlar halokatidan qochishni istasak, ta'lim — milliy siyosat va global umum manfaatning ustuvor yo'nalishiga aylanishi zurur. Ta'limni o'zgartirish uchun siyosiy iroda, moliyalashtirish va jasorat kerak.   Agar yosh avlod iqlim o'zgarishidan raqamli inqilobgacha bo'lgan qiyin muammolarga duch kelganda, bilim, qadriyat va ko'nikmalarga ega bo'lolmasa, barqaror rivojlanish imkonsizdir. Biz YUNESKOning tinchlik va inson huquqlari bo'yicha ta'lim berish jarayonida global muhokamani boshladik, bu muhokamalar zamonaviy muammolarga javoban davlat siyosatini yo'naltirish va ushbu holatni uzoq muddatli tartibda amalga oshirish uchun xizmat qiladi.   Albatta, bizga yetarlicha moliyalashtirish, ko'proq moddiy hamda moliyaviy ko’mak, shuningdek, inson resurslari kerak bo'ladi. O'tgan yilning Noyabr oyida Parij deklaratsiyasi qabul qilindi, u YUNESKO ga a'zo davlatlarga davlat xarajatlarining kamida 15 foizini yoki YaIMning 4 foizini ta'limga ajratishn ijoriy qildi. Bu tadbir nihoyatda zarur: ma'lumki, ta'lim – bu xarajat emas, balki eng yaxshi sarmoyadir. O'qituvchilar va maktablarga sarmoya kiritishdan ko'ra adolatli va samarali sarmoya yo'q.   Hurmatli do'stlar, hamkasblar! Zamonaviy O'zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha sohalarida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakat rivojlanishning yangi bosqichi – Yangi O'zbekiston qurilishiga o'tdi. Uning ustuvor yo'nalishlaridan biri inson kapitalini rivojlantirishdir. Erta rivojlanish va ta'lim – bu, mubolag'asiz, O'zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo'nalishlaridan biridir. 2017-yildan boshlab, Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etilganidan buyon, biz bugungi kunda bolalar uchun maktabgacha ta'lim qamrovini 27% dan 70% gacha oshirishga muvaffaq bo'ldik. Hozirgi kunda O’zbekistonda 2 milliondan ortiq maktabgacha yoshdagi bolalar bog'chalarga borish imkoniyatiga ega. Ushbu o'sish ko'rsatkichini Mamlakat rahbariyatining kuchli siyosiy irodasi va hukumatning sa'y-harakatlarisiz amalga oshirish mumkin emas edi. Xoniblar va janoblar, hurmatli delegatlar. Ushbu II Butunjahon konferensiyasi joriy yilning sentabr oyida Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan Sammitning mantiqiy davomi bo'ldi. Bugun biz siyosiy majburiyatni yangilash va kengaytirish, a'zo davlatlar va xalqaro hamjamiyatni birlashtirish, har bir bolaning erta bolalik davrida sifatli tarbiya va ta'lim olish huquqini tasdiqlash uchun yig'ildik. Ishonchim komilki, Butunjahon konferensiyasida o’rtaga tashlanadigan  g'oyalar forum qatanshchilarining bolalarni erta rivojlantirishga qaratilgan barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi birdamligi hamda birligiga xizmat qiladi. Konferensiya dasturi asosiy to'rtta mavzu atrofida qurilgan: 1.    Inklyuzivlik, sifat va farovonlik haqida; 2.    Pedagoglar va kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o'qitish bo'yicha xodimlar malakasi haqida; 3.    Moliya, siyosat va boshqaruv haqida; 4.    Dasturiy ta'minot yangiliklari haqida.   Qadrli do'stlar! Yana bir bor, bugungi konferensiyaning barcha ishtirokchilariga samimiy minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ishonchim komilki, Toshkentdagi II Butunjahon konferensiyasi muhim voqea bo'lib, yanada adolatli, inklyuziv, dolzarb va barqaror ta'lim tizimlarini yaratishda dasturilamal bo'lib xizmat qiladi. Konferensiyamiz yakunida qabul qilinadigan Toshkent deklaratsiyasi erta rivojlanish strategiyasida yangi sahifa yaratadi va kelgusi o'n yil ichida maktabgacha ta'lim sohasida xalqaro kun tartibini belgilab beradi. Xonimlar va janoblar, Agar biz dunyoni o'zgartirmoqchi bo'lsak, ta'limning o'zini o'zgartirishimiz kerak. Biz ishonamizki, umumiy hisobda butun ta'lim tizimi dunyo miqyosidagi global o'zgarishlarga ta'sir qilishi mumkin, ta’lim jarayonlarini farzandlarimizning kelajagi uchun yaxshiroq va sifatliroq tashkil etish bizning burchimizdir. Biz dunyoning kelajakdagi sivilizatsiyasi uchun javobgarmiz!! II Butunjahon konferensiyasining barcha ishtirokchilariga konstruktiv muloqot, dadil tashabbuslar, ijodiy takliflar va samarali faoliyat tilayman.     E'tiboringiz uchun rahmat.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Erta yoshdagi bolalarga g'amxo'rlik va ta'lim berish bo'yicha Butunjahon konferensiyaning birinchi tadbirlari boshlandi

Bugun poytaxtimizda Maktabgacha ta'lim vazirligi va YUNESKO ko‘magida Erta yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta'lim berish bo‘yicha  Butunjahon konferensiyasi doirasida ilk tadbirlar bo‘lib o‘tdi. 1500 dan ortiq ishtirokchilar maktabgacha taʼlimning kelgusi 10 yillik kun tartibini muhokama qilish uchun Toshkentga keldi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin forum dasturini sharhlar ekan, quyidagilarni ta’kidladi:  – Mezbon davlat sifatida biz o‘zimizning ilg‘or tajribalarimizni ko‘rsatishimiz, mamlakatdagi maktabgacha ta’limning ijtimoiy tarkibiy qismini taqdim etishimiz va jahon hamjamiyatining e’tiborini muammolar hamda ularni hal etish yo‘llariga qaratishimiz mumkin. Shaxsan men vazir sifatida O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sohasiga sarmoya va tajribani jalb qilish maqsadida, ushbu platforma yordamida hamkorlik aloqalarini kengaytirishni maqsad qildim.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro tadbir keskin tanqid qilinmoqda. Tadbir yakunlari bo‘yicha bu murojaat yuzasidan batafsil ma’lumot berilishi ma’lum qilinadi.  Eslatib o‘tamiz, Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasida 2030 yilgacha amal qiladigan “Toshkent deklorasiyasi”ning qabul qilinishi hamda 193 ta davlatdan mehmonlarning ishtirok etishi kutilmoqda. Ushbu tashkil etilayotgan xalqaro tadbir tegishli tashkilotlarning me’yoriy hujjatlari asosida tashkil etilmoqda.  Qolaversa, ushbu nufuzli konferensiya birinchi marotaba Rossiya Federasiyasida (2010 yilda) o‘tkazilgan bo‘lib, YUNESKO tomonidan 2022 yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi belgilab berilganligining o‘zi yurtimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan samarali islohotlarning jahon hamjamiyatining nazariga tushganligini bildiradi.   Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
O‘zbekiston jahon reytingida yetakchilik qilmoqda

   “Finance Inquirer” nashri RGCA xalqaro tadqiqoti natijalari hamda UNICEF, Jahon banki va OECD maʼlumotlariga tayanib, bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga jalb qilish boʻyicha eng yaxshi dinamikaga ega boʻlgan dunyodagi eng peshqadam 10 ta davlatni eʼlon qildi. Unda O‘zbekiston jahon reytingida birinchi o‘rinni egallagan.     Hisobot 2018-yildan 2020-yilgacha bo'lgan davrni o‘z ichiga olgan maktabgacha ta’limning uzoq muddatli tendentsiyalarining umumiy ko‘rinishini qamrab oladi.     Maqolada keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, aksariyat hududlarda maktabgacha ta’lim bilan bog‘liq vaziyat to‘xtab qolgan yoki salbiy o‘sish zonasiga o‘tgan. Bir qator mamlakatlarda esa ta’sirchan o‘sish kuzatilmoqda. Eng yorqin misol O‘zbekiston bo‘lib, u yerda 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishning o‘sish dinamikasi 59 foizni tashkil qilgan(tadqiqot davriga ko’ra) Voqeani sharhlar ekan, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin shunday dedi: “Erta yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta’lim berish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi arafasida jamoamiz mehnatiga jahon miqyosida berilgan bunday yuksak baho quvonarli hol. YUNESKOning bu miqyosdagi tadbiri ilk bor Toshkentda o‘tkazilishi ramziy ma’noga ega. Aytishim mumkinki, tadqiqotda keltirilgan raqamlar tasodifiy emas: mamlakat rahbariyati tomonidan 2017-yildan buyon maktabgacha ta’limni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, hatto pandemiya davrining barcha uchun og‘ir bosqichini hisobga olgan holda ham, sezilarli natijalarga olib keldi. Ishonchim komilki, biz yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolamiz va yaqin kelajakda nafaqat o‘sish dinamikasi, balki mutlaq ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham dunyoning yetakchi davlatlari darajasiga chiqamiz”.     RGCA tadqiqotiga kiritilgan mamlakatlarning aksariyati maktabgacha ta'lim dasturlariga katta mablag' sarflaydilar. Dastur xarajatlari, ya’ni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga jami xarajatlarining o'rtacha 69% i davlat tomonidan moliyalashtiriladi.     O‘zbekistondan tashqari, birinchi o‘ntalikka Tojikiston (+33%), Belarus (+7%), Finlyandiya (+7%), Qozog‘iston (+4%), Litva (+4%), Turkiya (+4%), Shveytsariya (+2%), Polsha (+2%) va Ozarbayjon (+1%) kiritilgan.    Reytingga ko‘ra, kiritilgan mamlakatlarning yarmidan ko‘prog‘ida maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olish darajasi 2018-2020 yillarda pasaygan.   Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xozmati

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida etnosport turlari ommalashmoqda

Toshkent viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-259-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi belgilangan. Mazkur belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Angren, Bekobod, Ohangaron, Chirchiq shaharlari va Bo‘ka, Chinoz, Qibray, Toshkent, Zangiota, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yangiyo‘l tumanlari Maktabgacha taʼlim bo‘limlari tasarrufidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar o‘rtasida malakali ustozlar, trenerlar ishtirokida “Milliy xalq o‘yinlari – millat yoshlarining g‘ururi!” shiori ostida milliy va xalq o‘yinlari asosida jamoaviy, musobaqaviy o‘yinlar hamda milliy sport turlaridan O‘zbek jang sanʼati, milliy kurash va belbog‘li kurash bo‘yicha mahorat saboqlari tashkil etilmoqda. Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachi-pedagoglari va tarbiyalanuvchilari o‘rtasida etnosport turlarining jismoniy, intellektual, maʼnaviy-axloqiy jihatdan o‘rni haqida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida hamda maʼnaviyat soatlarida tushuntirishlar berib o‘tilmoqda. Yaqinda Toshkent viloyati  Maktabgacha taʼlim tizimidagi 480 dan ortiq davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar o‘rtasida milliy sport turlaridan O‘zbek jang sanʼati, milliy kurash va belbog‘li kurash bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Shu bilan birga, bolalar “Arqon tortish”, “Oq terakmi, ko‘k terak”, “Chillak”, “Besh tosh”, “Xo‘rozlar jangi”  kabi milliy xalq o‘yinlarida kuch sinashishdi.   O‘zbek milliy xalq o‘yinlari o‘zining uzoq o‘tmishi, boy tarixiga ega bo‘lgan, ajdodlardan avlodlarga meros sifatida o‘tib kelayotgan, maʼnaviy boyligimiz, qadriyatlarimizdan sanaladi.  Ular ishtirokchilarning kelgusida abjirlik, murakkab holatni to‘g‘ri baholash, qiyin vaziyatdan chiqib ketish kabi hayotiy tajribalarida as qotishi aniq. Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari yoshlarni sog‘lom voyaga yetkazish, ularga taʼlim-tarbiya berishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, milliy qadriyat va urf-odatlarni asrab-avaylashda ularning o‘rni beqiyosdir.Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rossiya va O‘zbekiston ta'lim vazirlari A.I. Gersen universitetining Toshkent filialida bo‘lishdi

2022-yil 31-oktabr kuni A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkentdagi filialiga Rossiya Federatsiyasi ta'lim vaziri tashrif buyurdi. Tashrif davomida Rossiya Federatsiyasi ta’lim vaziri Sergey Sergeevich Kravsov, O’zbekiton xalq ta’lim vaziri Baxtiyor Odilovich Saidov hamda Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Vasilevna Shin universitet rahbariyati hamda talabalari bilan uchrashishdi. Uchrashuvda A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetida Oʻzbekiston madaniyatiga bagʻishlangan yoʻnalish ochilishi alohida ta’kidlandi.  “Biz Sankt-Peterburgdagi Gersen universitetida O‘zbekiston madaniyati va an’analari bo‘yicha yo‘nalish ochishga kelishib oldik. Bundan maqsad, yoshlarimizga, talabalarimizga O‘zbekiston madaniyati va tarixi haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishdir”, — deydi Kravsov.  Uchrashuv jarayonida tomonlar o’rtasida yaqin hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha rejalar kelishib olindi. Jumladan, 2023-yil boshida Sankt-Peterburgda o‘qituvchilar ta’limiga bag‘ishlangan forum o‘tkazilishi shular sirasiga kiradi. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bugungi “Ma’rifat soati”da o’tgan oyda imzolangan Qonunlarga sharhlar berib o’tildi

Xabaringiz bor, har juma kuni davlat tashkilotlarida huquqiy savodxonlik darslari boʻlib oʻtadi. Bugungi juma kuni ham vazirlik xodimlariga “Marifat soati” davomida oʻtgan oy va haftada mamlakatimizda boʻlib oʻtgan siyosiy voqealar hamda imzolangan qaror va farmonlar yana bir karra eslatib oʻtildi. Oʻtgan hafta davomida bir qator hujjatlar imzolangani taʼkidlanar ekan, ularga qisqacha sharhlar ham berildi. Jumladan, 26.10.2022 y. da imzolangan O‘RQ–796-sonli O’zbekiston Respublikasi Qonuni haqida yig’ilish boshida vazirlik xodimlariga tushuntirildi. Mazkur qonunning bandlari haqida gap ketar ekan, uning e’tiborga molik jihatlari urg’ulandi. Joriy yilning 27-oktabridagi O’RQ-797-sonli O’zbekiston Respublikasi Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida ham tushuntirish sharhi berib o’tildi. Jumladan, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, Mahalla huquq-tartibot maskanlarining profilaktika katta inspektorlari jamoat xavfsizligini ta’minlash holati to‘g‘risida har 6 oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etishi haqidagi o’zgartirish vazirlik xodimlariga yetkazildi. Shuningdek, 28.10.2022 y. da imzolangan O‘RQ-798-sonli O’zbekiston Respublikasi Qonuniga alohida urg’u berildi. Xususan, Kodeksga ko‘ra, mehnat erkinligi har kimning mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini tasarruf etish, ularni qonun bilan taqiqlanmagan har qanday shaklda amalga oshirish, mashg‘ulot turini, kasbni va mutaxassislikni, ish joyini hamda mehnat sharoitlarini erkin tanlash huquqini anglatishi aytildi. Shu bilan birga, Kodeksdagi “mehnat huquqlari ta’minlanishining va mehnat majburiyatlari bajarilishining kafolatlanganligi, xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmasligiga urg’u berildi.  “Geografik ob’yektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ–799-sonli Qonun ham “Marifat soati” davomida sharhlanib o’tildi. Ushbu qonunga ko‘ra, endilikda geografik ob’yektlarga jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berishga yo‘l qo‘yildi. Yig‘ilish oxirida, joriy yilning 1-noyabridan bo‘ladigan muhim o‘zgarishlar ham eslatildi va sharhlandi. Xususan, endilikda ushbu sanadan boshlab: - Shifokorlarga ehtiyoj bor hududlarda talabalar ishga joylashtiriladi. - Nikoh tuzish uchun arizalarni DXM orqali qabul qilish eksperimenti o‘tkaziladi. - O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari kengaytiriladi. - “Korobka” holatdagi uy-joylar uchun subsidiya ajratishga ruxsat beriladi. - Tadbirkorlik sub’yektlarining eksport salohiyati kengaytiriladi. - Yoshlarga kompyuter sotib olish uchun iste’mol krediti ajratiladi. - Haydovchilar uchun beriladigan tibbiy ma’lumotlarning yagona elektron bazasi shakllantiriladi. - Tomorqa yer egalarini kasanachilik bilan band qilgan tadbirkorlarga subsidiya beriladi. - Ko‘p kvartirali uylarning umumiy mulki hududida qo‘shimcha ob’yekt qurish taqiqlanadi. - “Yagona davlat nazorati” tizimida ro‘yxatga olinmagan tadbirkorlarni tekshirish noqonuniy hisoblanadi. - Harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashiladi. - Fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanishda qulayliklar yaratiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rossiya Federatsiyasi ta’lim vaziri O‘zbekistonda

Joriy yilning 31-oktyabr kuni Maktabgacha ta’lim vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri A.V.Shin, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri B.O.Saidov hamda Rossiya Federatsiyasi ta’lim vaziri S.S. Kravtsov o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda maktabgacha ta’lim va xalq ta’limi sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari hamda “Malish” (“Mittivoy”), “Komanda pedagogov pod klyuch” i “Klass!” (“Zo‘r!”) qo‘shma loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi. Shu nuqtai nazardan, amalga oshirilayotgan loyihalar uchun tayanch platforma vazifasini bajaruvchi A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini faollashtirish muhimligi qayd etildi. Ochilish nutqida Rossiya delegatsiyasi rahbari Rossiya O‘zbekiston Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlikning turli yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli sheriklikni hamda ko‘p tomonlama hamkorlik, jumladan,  maktabgacha ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga intilayotganini alohida ta’kidladi. Rossiya Federatsiyasi Ta’lim vazirligi vakillarining alohida e’tibori O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim sohasidagi ilg‘or tashabbuslari va innovatsion g‘oyalarini o‘rganish bo‘yicha yangi aloqa nuqtalarini izlashga qaratildi. Muzokaralar doirasida janob S.S. Kravtsov joriy yilning 14-16-noyabr kunlari YUNESKO shafeligida Toshkent shahrida “Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi”ga ham katta qiziqish uyg‘otganligini hamda Rossiya tomoni bo‘lajak xalqaro forumda eng faol ishtirok etishini va o‘zining munosib hissasini qo‘shishini ta’kidladi. Shu kuni Rossiya delegatsiyasi a’zolari Toshkent shahridagi 5-sonli umumta’lim maktabi, Toshkent shahridagi 559-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti, Toshkent shahridagi A.I.Gertsen nomidagi universitet filiali hamda filialning bo‘lajak kampusi joylashgan joyda bo‘lishdi. Muzokaralar natijasida tomonlar milliy tizimini rivojlantirishda birgalikdagi ishlarni davom ettirish to‘g‘risida kelishuvga erishishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Huquqiy “Maʼrifat soati”da qabul qilingan hujjatlarga sharhlar berib o‘tildi

Har juma kuni vazirlik xodimlari uchun tashkil qilinadigan huquqiy savodxonlik darsida o‘tgan haftada imzolangan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati tanishtirib o‘tildi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 oktyabrdagi 612-son Qarori mazmuni qisqacha tushuntirib berildi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 826-son Qaroriga 1- va 2-ilovalarning qo‘shimcha mazmundagi izoh bilan to‘ldirilishi ham izohlab o‘tildi. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq, ushbu ilovada ko‘rsatilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qayta tashkil etish va tugatish huquqiga ega. “Maʼrifat soati” davomida, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi 572-son Qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandiga kiritilgan o‘zgarishlarga ham izoh berildi. Izohda aytilishicha, quyidagi pedagog kadrlarga malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) beriladi: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan ro‘yxati tasdiqlanadigan sport musobaqalarining tuman (shahar) bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yo‘riqchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi); Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yo‘riqchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi); Xalqaro hamda respublika bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yo‘riqchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).   Huquqiy savodxonlik dars jarayonida joriy yilning 20-oktyabridagi PQ–405-son hamda PQ-407-son, 25-oktyabrdagi PQ–408-son va PQ–409-son, 26-oktyabridagi PQ–411-son hamda PQ–412-sonli Prezident Qarorlari, shuningdek, 24-oktyabrda qabul qilingan 616-sonli Hukumat Qaroriga ham qisqacha sharhlar berib o‘tildi. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rossiya-O‘zbekiston III taʼlim forumida vazir nutq so‘zladi

2022-yil 26-oktabr kuni Samarqand shahrida “III Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi” ning 1-kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ikki mamlakatning 200 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish korxonalari vakillari, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi. Forumning yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.V.Putinning tabriknomalari o‘qib eshittirildi. Shu bilan birga, forumning yalpi majlisida Rossiya rektorlar ittifoqi prezidenti, Moskva davlat universiteti rektori, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi V.A.Sadovnichiy, Samarqand davlat universiteti rektori professor R.I.Xolmurodov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. X. Toshqulov, Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari N. A. Bocharova, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri A. Shin ishtirok etishdi. A.Shin o‘z nutqida so‘nggi 5 yilda maktabgacha ta’lim sohasida erishilgan yutuqlarga to‘xtalib o‘tdi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi bu boradagi muvaffaqiyatli hamkorlikning aniq misollarini keltirdi. Qayd etilishicha, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Ta’lim vazirligi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha “Малыш” dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi (“yo‘l xaritasi”) imzolangan. , bu maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish sohasida rossiyalik hamkasblarimiz bilan hamkorlikning qo'shma ustuvor yo'nalishlarini amalga oshirish monitoringi uchun samarali vositaga aylandi. Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim vaziri forum ishtirokchilariga Rossiya davlat pedagogika universiteti filiali faoliyati haqida ma’lumot berdi. Gertsen nomidagi Toshkent shahridagi innovatsion universitetning filiali boʻlib, u kadrlar, ilmiy, uslubiy va axborot texnologiyalarini qoʻllab-quvvatlash orqali oʻqituvchilar taʼlimi milliy tizimini rivojlantirishni taʼminlashga moʻljallangan.  Ayni paytda universitetning Toshkent shahridagi filialida bakalavriat yo‘nalishining 1-2-kurslarida 600 nafarga yaqin, magistratura yo‘nalishida 52 nafar talaba tahsil olmoqda. Shuningdek, A.Shin o‘z nutqida 2022-yilning 14-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida YUNESKOning erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi bo‘lib o‘tishini ta’kidladi. Vazirning soʻzlariga koʻra, konferensiyadan koʻzlangan asosiy maqsad barcha yosh bolalarning sifatli tarbiya va taʼlim olish huquqini tasdiqlash, shuningdek, uni butun umr davomida oʻqish va rivojlanishning eng muhim asosi sifatida eʼtirof etish, aʼzolar taraqqiyotini baholashdan iboratdir. Davlatlarning yosh bolalar bilan bog‘liq maqsadlari - Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, ilg‘or tajriba va innovatsiyalarni almashish, erta yoshdagi bolalarni parvarish qilish va ta’limga sarmoya kiritishni ko‘paytirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar va strategiyalarni belgilashdir. O‘z so‘zini yakunlar ekan, A.Shin ikki davlatning muvaffaqiyatli kelajagi faqat strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhidagi yaqin hamkorlikda bo‘lishi mumkinligiga ishonch bildirdi. Tadbir doirasida Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan quyidagi hujjatlar imzolandi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti o‘rtasidagi chora-tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”).; 2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida “N.P. Ogaryov" nomidagi Milliy tadqiqot Mordoviya davlat universiteti.

Вид сайта
Размер шрифта