Qo‘qon Universitetida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining tashabbusi bilan "Korrupsiyaga qarshi kurashishning xalqaro va milliy huquqiy asoslari" mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya ishida Farg‘ona, Andijon hamda Namangan viloyatidan tashrif buyurgan maktabgacha taʼlim boshqarmasi masʼul xodimlari, bo‘lim boshliqlari va MTTlari direktorlari ishtirok etishdi.
Ilmiy-amaliy konferensiyada Maktabgacha taʼlim vazirligi Yuridik boshqarma boshlig‘i Xurshid Buriyevning "Huquqbuzarliklarni oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish va javobgarlik masalalari" mavzusidagi, Maktabgacha taʼlim vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazoratini amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i Oybek Turdiyevning "Maktabgacha taʼlim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, huquqbuzarliklarni oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish va javobgarlik masalalari" mavzusidagi, Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti kafedra mudiri Shuhrat Otaqulovning "Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob axloq qoidalari" mavzusidagi maʼruzalarini tinglandi.
Konferensiya yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, faoliyatida duch kelayotgan ayrim masalalar yuzasidan masʼul xodimlardan huquqiy tushunchalar oldi.