Navbatdagi “Maʼrifat soati”da ortda qolgan haftadagi muhim yangiliklar haqida so‘z bordi

news-detail

Navbatdagi juma tongida Vazirlik xodimlariga ortda qolgan haftada imzolangan hujjatlar sharhlab berildi.

ma'rifat soati.jpg

Jumladan, 18.11.2022 y. da qabul qilingan PQ–427-sonli Prezident Qarori haqida tahlil berilar ekan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida Bolalarni sog‘lomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga ko‘maklashish jamg‘armasi hamda Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti tuzilishi eslatildi.

Shuningdek, mazkur hujjatning 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan bandlari ham taʼkidlab o‘tildi. Bular

Mahalliy byudjetlar daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismining 10 foizi har chorakda Jamg‘armaga yo‘naltiriladi;

Davlat organlari va tashkilotlari o‘z xodimlarining farzandlari uchun sotib olingan oromgohlar yo‘llanmalari narxining 50 foizigacha, ammo har bir yo‘llanma uchun BHMning 1 baravaridan (300 ming so‘mdan) oshmagan qismiish beruvchilar tomonidan kompensatsiya qilib berilishi mumkin.

Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etishva sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.

ma'rifat soati1.jpg

Bundan tashqari, 17.11.2022 y. da qabul qilingan PQ–425-sonli Prezident Qaroridagi baʼzi bandlar ham Vazirlik xodimlariga yana bir qayta eslatib o‘tildi.

Xususan, hujjatga binoan, 2023-yil 1-yanvardan tegishli davlat dasturlari va loyihalari doirasida obyektlarningbosh loyiha-qidiruv va bosh qurilish-pudrat tashkilotlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida elektron tender (tanlov) savdolari orqali aniqlanishi aytib o‘tildi.

ma'rifat soati2.jpg

Yig‘in so‘nida Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 18-noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligini tashkil etish to‘g‘risidagi 260-sonli buyrug‘i ham tanishtirib o‘tildi.

Mazkur buyruq, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil16-maydagi “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 259-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan.

Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта