O‘zbekiston tajribasi endi Hindistonda ham tatbiq etilishi mumkin

news-detail

Hindistonlik Ritu xonim “Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berishga bag‘ishlangan II Butunjahon konferensiyasi” kunlarida Mirobod tumanidagi 482-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga tashrif buyurib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

toshkent2.JPG

toshkent4.JPG

Mutaxassis O‘zbekistonda bog‘cha yoshidagi bolalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida so‘zlash jarayonida tumandagi 482-sonli bog‘chada kichkintoylarga qo‘shimcha mashg‘ulotlar sifatida kulolchilik, zardo‘zlik sir-asrorlari o‘rgatib borilishini ko‘rib, nihoyatda hayratlanganini yashirmagan.

toshkent0.JPG

toshkent3.JPG

qo'l.JPG

toshkent.JPG

“Juda xushmanzara bog‘cha ekan, taʼlim ham yuqori standartlarda tashkil etilganiga guvoh bo‘ldim. O‘zbekistonda ko‘rganlarimni Hindistonga borganimda rahbariyatimga aytib, O‘zbekiston tajribasini Hindistonda ham tatbiq qilishni o‘z oldimga maqsad qildim”, – degan xorijlik mehmon.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта