“Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–800, 03.11.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi
Qonunga ko‘ra, O‘zbekistonning milliy standartlashtirish tizimini quyidagilar tashkil etadi:
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi;
Standartlashtirish bo‘yicha milliy organ;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar.
Standartlashtirishning asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning hayotini, sog‘lig‘ini va mol-mulkini hamda atrof-muhitni muhofaza qilishdan iborat.
Standartlashtirish rejasi quyidagi muddatli istiqbol uchun qabul qilinishi mumkin:
qisqa (1 yilgacha);
o‘rta (1 yildan 5 yilgacha);
uzoq (5 yildan 10 yilgacha).
Standartlarning yagona axborot bazasi Standartlashtirish bo‘yicha milliy organ tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.
Standartlarning toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
milliy standartlar;
xalqaro (mintaqaviy) standartlar;
xorijiy mamlakatlarning standartlari.
standartlashtirish (2).ppt
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 12 oy o‘tgach kuchga kiradi.