Vazirlik xodimlariga o‘tgan haftada qabul qilingan qonunlar bo‘yicha sharhlar berildi

news-detail

Xabaringiz bor, har juma tongida vazirlik va davlat idoralarida “Maʼrifat soati” o‘tkaziladi. Unda ortda qolgan haftada qabul qilingan normativ hujjatlar va qonunlarga izohlar berib o‘tiladi.

Bugungi huquqiy savodxonlik soatida ham qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

ma'rifat soat1.jpg

Yig‘ilishda 28.11.2022 y. da qabul qilingan O‘RQ–803-sonli Qonuni hamda PF–257-sonli Prezident Farmoni haqida so‘z bordi.

ma'rifat soat2.jpg

ma'rifat soati0.jpg

ma'rifat11.jpg

Jumladan PF–257-sonli Prezident Farmoniga ko‘ra, Bosh prokuratura Akademiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etilishi, unda jinoyatlarni tergov qilish sohasida kadrlarni amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini taʼminlagan holda yagona yondashuv asosida tayyorlashga qaratilgan uzluksiz o‘quv tizimi yo‘lga qo‘yilishi eslatib o‘tildi.

ma'rifat soati00.jpg

Shuningdek, Vakolatli davlat organlari xodimlari uchun Akademiyada tegishli o‘quv dasturlari bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirishning majburiy tartibi joriy qilinishi ham taʼkidlandi.

“Maʼrifat soati” davomida 677–, 679– hamda 681–sonli Hukumat Qaroriga ham sharhlar berib o‘tildi.

ma'rifat soat4.jpg

Yig‘in so‘ngida masʼul shaxslar tomonidan 1-dekabrdan boshlab qonunchilikda nimalar o‘zgarishi haqidagi yangiliklar aytildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта