Sayt test rejimida ishlamoqda

RASMIY MUNOSABAT

news-detail

Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 01.12.2022 yildagi  “Jamiyat” gazetasi  №47 sonida berilgan maqolada keltirilgan masalalar yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi:

Barchamizga ma’lumki, Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorga muvofiq, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, shu jumladan, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib Maktabgacha taʼlim vazirligining Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida (NMTTBAT) avtomatik ravishda hisoblab chiqilmoqda.

Bunda, xodim va tarbiyalanuvchilarning davomati shaxsni biometrik identifikasiya qilish texnologiyasi orqali maxsus mobil ilova yordamida yuritilishi koʻzda tutilgan.

Xodim va tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritishda bolaning rasmi tizimga biriktiriladi hamda ushbu biriktirilgan rasm orqali kunlik davomat olib boriladi.

Afsuski, kunlik davomat uchun asos hisoblangan tarbiyalanuvchilarning rasmlar sifatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, aksariyat hollarda uxlayotgan bolani yoki yon tomonga qarab turgan bolalarning rasmlar tizimga kiritilgan. Hammaga ayonki, kiritilgan rasmlar asosida  NMTTBAT mobil ilovasi orqali shaxsni biometrik identifikatsiya qilish uchun bolaning raqamli modeli yaratiladi. Yaratilgan model asosida esa kunlik davomat yuritilib boriladi, sifatsiz kiritilgan rasmlar o‘z navbatida bolalarni tanib olish imkoniyati pasayishiga olib keladi. Bunday hollarda bolalarning rasmlarini tizimga qayta kirish tavsiyasi tadbirkorlarga bir necha marotaba berilgan va bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi binosida 50 dan ortiq OAV xodimlari ishtirokida 2022-yil 14-dekabr kuni o‘tkazilgan Matbuot anjumanida batafsil axborot berilgan.

 

Habaringiz bor, shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasidan foydalanilgan tizimlar uchun, ushbu tizimga moslashtirilgan alohida texnik qurilmalar talab qilinadi. DXSH asosidagi va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbariga (tadbirkorlar)  maksimal darajada qulaylik yaratish hamda ortiqcha sarf-harajatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ular tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun qo‘llab kelinayotgan mobil telefonlardan foydalanishni ko‘zda tutgan holda mobil ilova yaratildi.

NMTTBAT va uning mobil ilovasi zamonaviy axborot tizimi boʻlib, unda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi qoʻllanilanganligi sababli, mobil ilovadan toʻlaqonli foydalanish uchun mobil telefonning texnik imkoniyatlariga bog‘liq.

Bu eng so‘nggi rusumdagi mobil telefon bo‘lishi zarur degani emas, mobil telefonning texnik imkoniyatlari qancha yuqori bo‘lsa, shaxsni biometrik identifikatsiya qilish shuncha aniq bo‘ladi. Mobil telefonning texnik imkoniyatlariga minimal talab sifatida 8mp kamera belgilangan. Misol uchun 2017-yilda sotuvi boshlangan Xiaomi Redmi 4X mobil telefonini kamerasi 13 mpx, 2018-yilda sotuvi boshlangan Samsung Galaxy A6  mobil telefonini kamerasi 16 mpx.

Shuningdek, davomatni mobil ilova orqali offline rejimda (internet tarmog‘iga ulanmagan holda) ham yuritish imkoniyati yaratildi, bunda ma’lumotlar mobil telefon internetga ulangan (imkoniyat mavjud bo’lgan paytda) vaqtda axborot tizimiga uzatish imkoniyati mavjud.

Davomat ma’lumotlari to‘g‘ridan-tog‘ri NMTTBATga yuboriladi hamda bu jarayonlar maktabgacha ta’lim bo‘limlari ishtirokisiz va inson omilisiz amalga oshiriladi.

NMTTBAT Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar miqdorlarini xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib avtomatik ravishda hisoblab chiqadi va ularni moliyalashtirish uchun elektron toʻlov hujjatlarni Moliya vazirligining axborot tizimlariga joʻnatadi. Subsidiyalar va kompensatsiyalar miqdorlari avtomatik ravishda hisoblanishi natijasida tadbirkorlar tomonidan har oy buyurtmanoma hisobotlari topshirishdagi byurokratik ovoragarchiliklar va qogʻozbozlik yoʻqoldi.

Oldingi tartib boʻyicha tadbirkor subsidiya olish uchun har oy buyurtmanomani qogʻoz shaklida toʻldirib, maktabgacha taʼlim boʻlimining kamida 3 ta xodimi bilan kelishib, moliya boʻlimiga taqdim etishi zarur boʻlgan. Bundan tashqari xodimlar uchun ish haqi va ushlanadigan soliqlarni hisoblash, soliq idoralarga hisobotlarni topshirish uchun asosan buxgalterlarni yoʻllagan va ularga norasmiy ravishda har oyda ish haqi toʻlagan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-sonli qarori bilan bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlangan.

Ushbu reglament bilan davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tashkilot quvvati va tarbiyalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning doimiy ravishda, shuningdek, tashkilotning bo‘sh o‘rni haqidagi ma’lumotlarning guruh ochilgan yoki yopilgan, guruh quvvati yoki ta’lim turi o‘zgargan, bola qabul qilingan va tashkilotdan chiqarilgan yoki boshqa guruhga o‘tkazilgan, shu jumladan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar va maxsus kontingent uchun ajratilgan kvotalar joylariga qabul qilingan bolalar haqidagi ma’lumotlarni bir ish kuni ichida Maktabgacha ta’lim vazirligining axborot tizimiga kiritib borish vazifasi yuklatilgan.

Shu bilan birga, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari quvvat sonining 70 foiz, DXSH asosidagi boshqa maktabgacha ta’lim tashkilotlari turi va bitimidan kelib chiqqan holda 25 va 35 foiz (davlat ulushi) tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy ko‘makka muhtoj va maxsus kontingentga kiritilgan oilalarning farzandlarini Davlat xizmatlari markazlari yoki elektron tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olingan yo‘llanmalar asosida qabul qilishi belgilangan.

Bunda, ushbu bolalar uchun ota-onalar to‘lovi shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorda o‘rnatiladi.

Tadbirkor o‘z ulushi hisobidan maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilgan tarbiyalanuvchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri (yo‘llanmasiz) axborot tizimiga kiritishi va ota-onalar to‘lov miqdorini mustaqil ravishda belgilashi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, mazkur tizim ishga tushurilganidan so‘ng, tadbirkorlarga ortiqcha qog‘ozbozlikni hamda vaqtdan unumli foydalanish imkonini berganligi mazmunida, mamlakatimizda maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan yuzlab tabdirkorlar tomonidan vazirlik nomiga minnatdorchilik xatlari kelib tushmoqda.

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
"Mittivoy" qo'shma loyihasi doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin A.I.Gersen nomidagi RDPU  rektorining baynalminallashtirish bo'yicha maslahatchisi, pedagogika fanlari doktori,  professor Y.A.Komarova bilan uchrashdi. Tomonlar 2020-yil dekabr oyida tegishli "Yo'l xaritasi" imzolanishi bilan boshlangan "Mittivoy"  qo'shma loyihasining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Eslatib o'tamiz, loyihaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislarining vakolatlari darajasini o'rganish bo'yicha nazorat-o'lchov tadbirlarini o'tkazish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislari uchun qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari va pedagoglari uchun metodik qo'llanmalar ishlab chiqish. A.I.Gersen nomidagi RDPU vakillari bilan uchrashuv an'anaviy tarzda ishonchli, ochiq va do'stona muhitda o'tdi. Muzokaralar yakunida tomonlar yana bir bor maktabgacha ta'lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashni davom ettirish bo'yicha o'z majburiyatlarini bayon qilishdi. Ma'lumot uchun: 2020-yil 26-dekabrda "Mittivoy" qo'shma loyihasini amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi, unda A.I.Gersen nomidagi RDPU mutaxassislari tomonidan O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlar tayyorlash bo'yicha tomonlar faoliyatining asosiy yo'nalishlari belgilandi. 2021-yildan 2023-yilgacha maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 1500 dan ortiq pedagog kadrlari ushbu loyiha doirasida tashkil etilgan turli o'quv dasturlari bo'yicha o'qitildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vazirining MTTga tashrifi

 "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi doirasida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirboyeva Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 34-sonli DMTTga tashrif buyurdi. Ma'lumot uchun: "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi 9-noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tdi. U Butunjahon bolalar kuni va BMTning 2023-yilgi iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasiga (COP 28) bag'ishlangan. Forum bolalar va yoshlarning iqlim o'zgarishining salbiy ta'siriga qarshi kurashdagi roli, shu jumladan ekologik ta'limni targ'ib qilishning ahamiyatiga bag'ishlangan. Tashrif doirasida Qirg'iziston tomoni maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish dasturlari, bolalar taomlanishini tashkil etish, shuningdek, tizimda kadrlar tayyorlash bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.V.Shin bilan uchrashuv davomida tomonlar idoralar o'rtasida tajriba almashish bo'yicha keyingi chora-tadbirlarni muhokama qildilar. Vazir D.Kendirboyeva O'zbekistonning maktabgacha ta'lim tizimini qamrab olish, kadrlar tayyorlash, raqamlashtirish borasidagi tajribasini Qirg'izistonda eng yaxshi amaliyotlar namunasi sifatida o'rganish va joriy etish zarurligini ta'kidlab o'tdi. Tashrif yakunida tomonlar yuqoridagi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni yanada oshirishga kelishib oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Ayni kunlarda respublika bo'ylab maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining navbatdagi bosqichi davom etmoqda. Eslatib o'tamiz, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichida respublika bo‘ylab 700 nafar master-trenerlarning o‘qitilishi rejalashtirilgan. Ushbu qisqa muddatli malaka oshirish kursining 1-bosqichida 30 nafar master-trenerlar o‘qitilgan edi.

Вид сайта
Размер шрифта