O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Yaponiyaning JICA xalqaro hamkorlik agentligi o‘rtasida qo‘shma texnik hamkorlik loyihasi kelishilganidan xabaringiz bor. Ana shu loyiha asosida Yaponiyada 2 haftalik trening bo‘lib o‘tdi.
Treningda alohida taʼlimga muhtoj bolalarning korreksion pedagogikasini takomillashtirish borasida o‘quv darslari tashkil etildi.
Kurs ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari amaliyotida joriy etish maqsadida Yaponiyaning turli xil ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida bo‘lib, yaponiyalik mutaxassislarning tajribasini o‘rgandilar.
O‘quv kursi yakunlangach, ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.