Issiq kunlar tugab, endilikda sovuq havo oqimi yurtimizga kerib kelmoqda. Albatta, bu jarayonga tayyorgarlik bundan buyon eng muhim jihat hisoblanadi. Ayniqsa endilikda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida xonalarning iliqligi, oziq-ovqat zaxiralarining sifatli saqlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar eng eʼtibor berilishi lozim bo‘lgan jihatga aylanadi.
Maktabgacha taʼlim vazirligi ana shularni inobatga olgan holda mas'ul xodimlarini nazorat va tekshiruv uchun viloyatlar bo‘ylab safarbar etdi.
Maʼlumot uchun, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish ishlari Sirdaryo, Farg‘ona, Toshkent, Xorazm, Andijon, Namangan, Surxondaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat MMTlarida olib borildi.