Sayt test rejimida ishlamoqda

2022 yil davomida maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar haqida brifing

news-detail

Maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat sektorini rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlari, xususan davlat-xususiy sheriklikning 10 dan ortiq yangi shakllari me’yoriy-huquqiy bazasi shakllantirilgan holda, sohani rivojlantirishga qaratilgan keng imtiyozlar joriy etildi.

Bugunga qadar 172 525 quvvatli 1638 ta bitimlar imzolangan bo‘lib, shundan 262 tasida kredit mablag‘lari jalb etilmagan. Qolgan 118 042 quvvatga ega 1190 ta loyihalarga 2,1 trln. so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan. Shu bilan birga, mazkur loyihalarga 1,3 trln. so‘m tadbirkorlar tomonidan investisiya mablag‘lari sarflangan.

Bugungi kunda 1 301 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi (yirik loyihalar) hamda 20 408 ta oilaviy shakldagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritib kelmoqda.

Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish maqsadida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 2018-2022-yillar davomida jami 4,03 trln. so‘m miqdorida subsidiyalar ajratildi. Jumladan, 2018 yilda 60,0 mlrd. so‘m, 2019 yilda 238,4 mlrd. so‘m, 2020 yilda 300,0 mlrd. so‘m, 2021 yilda 1,30 trln. so‘m va 2022 yilda 2, 1 trln. so‘m byudjet mablag‘larini tashkil etdi.  

Sohaga investisiyalarni jalb etishda keng imkoniyatlardan foydalanilmoqda, xususan Saudiya Taraqqiyot Jamg‘armasi ishtirokida amalga oshirishi belgilangan loyihalar bo‘yicha 10,9 mln. AQSH dollari ekvivalentida «Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlash» loyihasi qarz bitimi imzolangan. Shunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 416-sonli qarori bilan umumiy qiymati 153,4 mlrd. so‘m bo‘lgan 41 ta loyihalarni shundan 50,9 mlrd. so‘m tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan hamda 112,5 mlrd. so‘m ya’ni 10,9 mln. AQSH dollari ekvivalentida Saudiya Taraqqiyot Jamg‘armasi kredit mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilish belgilandi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, mazkur loyiha doirasida mablag‘arini tadbirkorlarga qayta kreditlash maqsadida 3 tomonlama, yani Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi hamda 9 ta tijorat banklari bilan bitimlar imzolandi.

Hozirgi kunda 16 ta loyiha bo‘yicha resurs mablag‘larini olish yuzasidan tijorat banklari tomonidan STJga (invoicye) to‘lov talabnomalari yuborilgan hamda 6 ta loyihalarga 2,06 mlrd so‘m mablag‘lar tadbirkorlarning tijorat banklaridagi xisob raqamlariga kelib tushgan.

Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida 4870 nafar bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinadi hamda 390 ga yakin ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Barchamizga ma’lumki, DXSH asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga byudjet subsidiyasini ajaratish tizimi shaffofligini ta’minlash hamda korrupsiya holatlari oldini olish maqsadida tizimni raqamlashtirish ishlari olib borildi va Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimini (NMTTBAT) joriy etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 fevraldagi 128-son qarori, 14 iyuldagi 322-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2 avgustdagi 426-son qarorlariga asosan ushbu dasturlangan tizim mobil ilova shaklida 2022 yil 1 apreldan boshlab Sirdaryo viloyatida hamda 2022 yilning 1 iyunidan boshlab respublikamizning barcha hududlardagi MTTlarga sinov tariqasida foydalanish uchun joriy etildi va doimiy ravishda takomillashtirilib borildi.

2022 yil 1 sentyabrdan boshlab barcha nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (nodavlat MTTlar) joriy etildi va Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensasiyalar miqdorlarini xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib avtomatik ravishda hisoblab chiqish boshlandi.

Ya’ni tizim, nodavlat MTTlari xodimlarining ishga kelib-ketishi va tarbiyalanuvchilarning davomatini shaxsni biometrik identifikasiya qilish texnologiyasi orqali elektron hisobini yuritadi;

- Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensasiyalar miqdorlarini xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib avtomatik ravishda hisoblab chiqadi va ularni moliyalashtirish uchun elektron to‘lov hujjatlarni Moliya vazirligining axborot tizimlariga jo‘natadi;

- oilaviy MTT ochish uchun tadbirkorning ERI bilan imzolangan elektron arizasini qabul qiladi, soliq va kadastr organlarning axborot tizimlaridan ma’lumotlar tekshiradi, sanitariya-epidemiologiya va yong‘in xavfsizligi organlarining elektron xulosalarini oladi hamda Maktabgacha ta’lim vazirligining xulosalari asosida elektron bitimni shakllantiradi;

- hozirgi kunda NMTTBAT ning 7 ta vazirlik va idoralar axborot tizimlari bilan integrasiyasi ta’minlanib ulardagi ma’lumotlardan foydalanilmoqda.

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tiziminining afzalliklari nimalardan iborat, subsidiyalar hamda barcha soliq va davlat ushlanmalarni avtomatik ravishda hisoblashi natijasida yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun subsidiyalarni hisoblash va hisobot topshirishda byurokratik ovoragarchiliklar va qog‘ozbozlik yo‘qoldi hamda buxgalter jalb etish zarurati qolmadi.

Oldingi tartib bo‘yicha tadbirkor subsidiya olish uchun buyurtmanomani qog‘oz shaklida to‘ldirib, maktabgacha ta’lim bo‘limining kamida 2 ta xodimi bilan kelishib, moliya bo‘limiga taqdim etishi zarur bo‘lgan. Bundan tashqari xodimlar uchun ish haqi va ushlanadigan soliqlarni hisoblash, soliq idoralarga hisobotlarni topshirish uchun buxgalterlarni yollagan va ularga norasmiy ravishda har oyda ish haqi to‘langan. Shuningdek, ushbu tizim barcha jarayonlarni avtomatik ravishda amalga oshirilayotganligi sababli, tizimning inson omilidan xolisligi va shaffofligi ta’minlangan;

nodavlat MTTlarning elektron ro‘yxati shakllantirilib, unda har bir MTTning joylashuvi (lokasiyasi), quvvati, bank ma’lumotlari, tarbiyalanuvchilar va xodimlarning F.I.Sh. hamda boshqa zarur ma’lumotlar bazasi yaratildi, ya’ni tizim orqali istalgan vaqtda davomat kuzatib boriladi;

oilaviy MTTni ochish uchun ariza berish va uni ko‘rib chiqish jarayoni raqamlashtirilganligi tufayli tadbirkorlar uchun byurokratik to‘siqlar va korrupsion omillar bartaraf etildi, shuningdek, arizani ko‘rib chiqish jarayonini onlayn tarzda nazorat qilish imkoniyati yaratildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
"Maktabdagi ovqatlantirish - umumiy rivojlanish vektori" xalqaro forumi o'tkazildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatsiyasi, Vazirning birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin boshchiligida, MDH mamlakatlarida maktablarda sog’lom ovqatlantirish bo'yicha "Maktabdagi ovqatlantirish - umumiy rivojlanish vektori" xalqaro forumida ishtirok etish maqsadida hozirda Bishkek shahrida bo'lib turishibdi.Ushbu forumning maqsadi maktabda sog’lom ovqatlantirish sohasidagi milliy muammolarni hal qilish, ushbu soha samaradorligini oshirish uchun zamonaviy yechim va vositalarni izlash bo'yicha tajriba va fikr almashishdan iborat.Forumning ochilish marosimida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri D. Kendirbayeva, Bishkek shahri meri A. Junushaliyev va boshqa yuqori martabali shaxslar ishtirok etdilar.Tadbir davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatlari keng jamoatchilik oldida O'zbekiston Respublikasi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ovqatlantirish dasturlarining asosiy yutuqlari va rivojlanish yo'nalishlari to'g'risida taqdimot materiallari bilan chiqish qildilar, davra suhbatlarida qatnashdilar, shuningdek Bishkek shahridagi umumta'lim maktablariga tashrif buyurdilar.Shu bilan birga, Qirg'iziston tomonining taklifiga binoan A.Shin tomonidan delegatsiya bilan birgalikda Qirg'iziston maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari uchun "O'zbekistonning 2017-2023 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishdagi yutuqlari" mavzusida seminar o'tkazildi. Xususan, maktabgacha ta'lim sifatini va pedagog kadrlarning malakasini oshirish, maktabgacha ta'limning nodavlat sektorini kengaytirish, DXSH asosida MTTlarni tashkil etish, maktabgacha ta'limni boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish, shu jumladan oilaviy MTT larni tashkil etish mexanizmlarini avtomatlashtirish va nodavlat sektorga subsidiyalar ajratish, shuningdek, belgilangan davr davomidagi Maktabgacha ta'lim agentligining xalqaro hamkorlik natijalari kabi dolzarb yo'nalishlar bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Forum yakunlari bo'yicha MDHga a'zo davlatlarning ta'lim sohasidagi hamkorlik Kengashi doirasida har yili "MDH mamlakatlarida maktablarda ovqatlantirish masalalari bo'yicha xalqaro forum" o'tkazish to'g'risida Bishkek deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirildi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Metodistlari uchun o‘quv-amaliy seminar

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufiga o‘tkazilgan eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodistlari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. O‘quv-amaliy seminarda Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 20 nafar metodistlari ishtirok etdilar. O‘quv-amaliy seminar jarayonida eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida turgan asosiy maqsad va vazifalar, ularning faoliyatini tashkil etishga oid me’yoriy ish hujjatlari bilan ishlash, pedagogning kasbiy standarti, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida bolalarni barcha rivojlanish sohalari bo‘yicha kompetensiyalarini o‘zaro bog‘liq holda rivojlantirish yo‘llari”, shuningdek, tanlangan tumanlarda yagona uzluksiz metodik xizmatni tashkil etishda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Seminar yakunida ishtirokchilar uchun Agentlikda tashkil etilgan laboratoriyada maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuvlar bo‘yicha master klas o‘tkazildi. Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining  2023 yil 3 noyabrdagi 532-sonli buyrug‘iga ko‘ra, uzluksiz yagona metodik xizmatni yo‘lga qo‘yish maqsadida Respublikadagi moddiy-texnik holati, metodik xizmat yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va kadrlar salohiyati yuqori darajada bo‘lgan 26 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tanlab olinib, Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari sifatida tashkil etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Jaseng Medical Foundation" tadbiri bo'lib o'tdi

Bugun 23-noyabr kuni Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi 122-son DMTT da Koreya tibbiyot jamg'armasining "Jaseng Medical Foundation" tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbir boshida bolalarimiz mehmonlarni engil ta'zim, chiroyli tabassum va milliy an'analar bilan kutib olishdi.  Muhokama davomida O'zbekiston va Koreya o'rtasidagi o'zaro tushunish va tadbirlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Jamg'arma vakillari birgalikda bolalarni sog'lomlashtirish gimnastikasi bilan shug'ullanishga faol o'rgatishdi, chunki gimnastika chidamlilikni tarbiyalaydi va harakatlarning aniqligini shakllantiradi, shuningdek, mashg'ulotlar moslashuvchanlikni, epchillikni mukammal rivojlantiradi va o'rgatadi. Shuningdek, delegatsiya rahbari ushbu forumlar nafaqat poytaxtda, balki boshqa viloyatlarda ham o'tkazilishini ta'kidladi. Tadbir yakunida bolalar sevimli va mashhur televizion musiqaga raqsga tushishdi  Mehmonlar juda ko'p his-tuyg'ular va xotiralar bergan bolalarimizning aktivini ko'rishdan juda xursand bo'lishdi.

Вид сайта
Размер шрифта