“Pedagog kadrlarni tayyorlash, o‘qitish va malakasini oshirish kompleks markazi hamda innovatsion maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish” grant loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati hamda Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi(KOICA) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘inda “Dosung Architests” loyiha tashkiloti vakillari ham qatnashishdi.
Uchrashuvda loyihadan oldingi tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi, shuningdek, komponentlarni amalga oshirish mexanizmlari ustida ham suhbat olib borildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ushbu loyihani samarali amalga oshirishga har tomonlama hissa qo‘shishga tayyor ekanliklarini yana bir bor taʼkidladilar.