Shu yilning 19-dekabrida Koreyaning “Edulik Global” kompaniyasi prezidenti va ijrochi direktori Chungrim Xon xonim O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga tashrif buyurib, Respublika davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ishlovchi ingliz tili o‘qituvchilari uchun o‘quv seminari o‘tkazdi.
Seminarda onlayn rejimda 1500 nafardan ortiq qatnashchi ishtirok etdi. Seminar davomida Chungrim Xon xonim ingliz tilini o‘qitishda talabalarga yo‘naltirilgan yondashuv usullari va tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Seminar ishtirokchilari maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o‘rgatishning dolzarb masalalarini faol muhokama qildilar va o‘zlarining amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Muzokaralar yakunida tomonlar maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Koreyaning “Edulink Global” taʼlim kompaniyasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi bandlarini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shma ishlarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.