Jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasining Mo'ynoq hamda Shumanay tumanlarida yangi bog'chalar ochildi.
Ma'lumot uchun, davlatimiz rahbarining topshirig'i bilan Orolboʼyi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish maqsadida Qoraqalpogʼistonning shimoliy tumanlari bittadan viloyatga biriktirilishi belgilangan. Shunga binoan, Mo'ynoq tumani Toshkent viloyatiga, Shumanay tumani esa Xorazm viloyatiga biriktirilgan edi.
Viloyat boshqarmalari faolligi bilan Qoraqalpog'iston Respublikasining chekka tumanlarida ham bog'cha qamrovi oshib bormoqda.
Shuningdek, Sirdaryo, Toshkent, Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida ham yangi oilaviy nodavlat hamda davlat MTTlari faoliyati yo'lga qo'yildi.