Ijtimoiy tarmoqlarda “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimiga oid ko'plab murojaatlar e'lon qilinmoqda.
Quyida “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimiga oid zaruriy ma'lumotlarni ko'rsatib o'tamiz:
Maktabgacha ta’limni boshqarishning “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimida ota-onalar yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan farzandlarini ushbu tashkilotga joylashtirish uchun berilgan arizalar “Ilovalar ro‘yxati”da, elektron navbat asosida shakllangan yo‘llanmalar ro‘yxatini “Qabul” bo‘limida joylashadi.
Tashkilot rahbari tomonidan “Qabul” bo‘limidagi bolalarni 15-ish kuni mobaydida tashkilotga qabul qilinganlik to‘g‘risida buyruq ma’lumotlarini axborot tizimiga kiritgan holda tarbiyalanuvchilar safiga qo‘shish mumkin bo‘ladi.
Yuqoridagi amallar bajarilgan hollarda ushbu bolalar tashkilotga qabul qilingan hisoblanadi hamda ularni ro‘yxatini “Tarbiyalanuvchilar” bo‘limida ko‘rish mumkin.
“Bolalar bog‘chasi” axborot tizimida tarbiyalanuvchi tashkilotga qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kuni o‘tgandan keyin tarbiyalanuvchilar safidan chiqarish imkoniyati mavjud.
Bunda, tashkilot rahbari tomonidan tarbiyalanuvchini tashkilotdan chiqarish to‘g‘risida buyruq ma’lumotlarini axborot tizimiga kiritgan holda amalga oshiradi.
Tashkilotdan chiqarish uchun ota-ona tomonidan berilgan ariza asos bo'ladi.