Bugungi “Maʼrifat soati”da o‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan muhim voqealar, imzolangan hujjatlar hamda tizim bo‘yicha yil yakunlari haqida so‘z bordi.
Huquqiy savodxonlik mavzusiga bag‘ishlangan qismda PQ–440-sonli Prezident qarori, 699-, 705-son sonli Hukumat qarorlari haqida ham so‘z bordi.
Shuningdek, “Maʼrifat soati”ning asosiy vaqti tizimga taalluqli qismga bag‘ishlandi.
Jumladan, Ayrim nuqsonli kasalliklari bo‘lgan bolalar uchun bog‘cha puli to‘lanmasligi eslatib o‘tildi. Bular:
· nutqida og‘ir nuqsoni bor (rinolaliya, duduqlanish, bolalar afaziyasi, ruhiy-nutqiy rivojlanishda orqada qolish);
· eshitishdagi og‘ir nuqsonlar (II — IV darajadagi karlik);
· ko‘rishda og‘ir nuqsoni bor (ko‘zi ojizlar, bir ko‘zi soqqasi yo‘qligi (anoftalm), ambliopiya va g‘ilay bo‘lgan zaif ko‘radiganlar);
· tayanch-harakatlanishida nuqsoni bor;
· psixik rivojlanishda orqada qolish (aqliy orqada qolish (aqliy faoliyatining orqada qolishi va aqliy zaiflikning yengil darajasi);
· murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi);
· sil kasalligining ilk ko‘rinishi (sil kasalligi bilan kasallangan bemor bilan bir oiladan (xo‘jalikdan) bo‘lib aloqada bo‘lganlar, tubviraj), shuningdek sil kasalligidan keyingi tiklash davri.
“Maʼrifat soati” so‘ngida vazirlik xodimlariga mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan muhim voqealar tasvirlangan videorolik namoyish etildi.
Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati