“Koreya-O‘zbekiston” biznes assotsiatsiyasining (KUBA) koreyalik ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya direktorlar kengashi raisi Kim Chang Keon boshchiligida Sirdaryo viloyatida bo‘lishdi.
Xabarga ko‘ra, hamkorlik viloyatda shahar infratuzilmasini rivojlantirish hamda maktabgacha taʼlim sohasida boshlangan muzokaralarni davom ettirish uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Samimiy va ishchanlik ruhida kechgan muloqot davomida aniq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan. Xususan, tez orada Guliston shahrida qator afzalliklarga ega, qiymati 50 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan “Aqlli shahar” barpo etish boshlanadi.
Hamkorlik shartlarida “EduLink Global” kompaniyasi tomonidan “Guliston New City” loyihasi doirasida Janubiy Koreya tajribasi asosidagi maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilishi ham nazarda tutilgan.
Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalarning hudud infratuzilmasi bilan tanishgan.