Ijtimoiy tarmoqlarda Oltiariq tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida 41 nafar bolalar zaharlanganligi haqida xabarlar tarqalmoqda.
Hozirgi kun holatidagi vaziyat bo‘yicha Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatlik markazi Sanitariya gigiyena bӯlimi mudiri Jahongir Musaxonov hamda viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Tursunali Mamajonovlar tomonidan birlamchi videoma’lumotlar berildi.
Shuningdek, mazkur holat yuzasidan hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda, ekpertiza tekshiruvi uchun tegishli namunalar olinib, sud-tibbiy ekspertizalari tayinlangan.
Maktabgacha ta’lim vazirligi ushbu holatni nazoratga olganligini hamda holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berilishini ma’lum qiladi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati