2022-yilning 23-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri A.Shin hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar bo‘yicha devoni referenti A.Vlasov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Vazirlik binosida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida 2022-yilning 26-oktyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Rossiya-O‘zbekiston uchinchi ta’lim forumi”ni samarali tashkil etish va o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Muzokara davomida A.Vlasov “Rossiya-O‘zbekiston uchinchi ta’lim forumi” dasturi va tuzilishi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida maktabgacha ta’lim sohasida faol muloqotni davom ettirish maqsadida ikki tomonlama uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish amaliyotini davom ettirish zarurligi to‘g‘risida o‘zaro kelishib olishdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Rossiya tomoni bilan ta’lim sohasida yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Misol uchun, Rossiya Federatsiyasi Ta’lim vazirligining “Malish” loyihasi amalga oshirilmoqda hamda Toshkent shahrida A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filialida ta’lim jarayoni yo‘lga qo‘yilgan.
Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati