Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida joriy yilning 8-9-sentyabr kunlari turli vaqt oralig‘ida 21 nafar tarbiyalanuvchilar tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tana harorati ko‘tarilishi, qayd qilish va ich ketish kabi shikoyatlar bilan olib kelingan hamda belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ko‘rik natijalariga ko‘ra, ularning 10 nafariga o‘sha vaqtni o‘zida tegishli tavsiyalar berilib uylariga javob berilgan, qolgan 11 nafariga esa “oshqozon-ichak faoliyatini funsional buzilishi tashxisi qo‘yilib, shifoxonaga yotqizilib, belgilangan stadartlar bo‘yicha davo muolajalari olib borilgan, hozirgi vaqtda mutaxassislarning tegishli xulosasiga ko‘ra, ularning barchasi qoniqarli holatda shifoxonadan chiqarilgan.
Mazkur holat bo‘yicha vakolatli va mas’ul organlar xabardor qilingan bo‘lib, tegishli tartibda o‘rganish hamda dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda, holat yuzasidan qo‘shimcha malumotlar berib boriladi.
Maktabgacha ta'lim vazirligi Аxborot xizmati