YUNESKO tashkiloti Markaziy Osiyo mamlakatlarida axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha ta'lim simpoziumining 11 yilligini nishonlash maqsadida "Markaziy Osiyoning qishloq vа chekka hududlaridagi aholi malakalarini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni rag'batlantirish" mavzusida Markaziy Osiyo simpoziumini tashkil etishni rejalashtirgan edi. Shu munosabat bilan qo’sni respublikaning Almaty shahrida (Qozog'iston) 2022-yil 6-7 oktabr kunlаri ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha simpozium o'tkazilmoqda.
So‘nggi o‘n yil ichida Markaziy Osiyo mamlakatlarida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish, malaka oshirishga ustuvor ahamiyat berish, alohida ehtiyojli talabalar va o'qituvchilar uchun yaxshi muhit yaratish, elektron o‘quv materiallarini ishlab chiqish va infratuzilmani rivojlantirish hamda mustahkamlash, kasb-hunar ta'limini yanada shakllantirish kabi yo’nalishlarda ko‘plab ishlar amalga oshirildi.
Simpoziumga qatnashish uchun 6 ta davlatdan 44 nafar ishtirokchi taklif etilgan bo’lib, ular qishloq va chekka hududlarda inklyuziv va sifatli ta'lim hamda hayot davomidagi ta'lim ko'nikmalarini rivojlantirishga bo'lgan ehtiyojini hal qilish bo'yicha tizim siyosati va amaliyotlarini muhokama qiladilar.
Shuningdek, qatnashchilar tadbir davomida a'zo daylatlar AKTdan foydalangan holda qishloq va chekka hududlardagi bilim oluvchilar uchun ta'limni tiklash va o'zgartirishga qanday hissa qo'shishi bo'yicha qisqa rejalarni ishlab chiqishadi hamda taqdim qilishadi.
Ma'lumot uсhun, 2011-yildan buуоn YUNESKO Koreya Ta'lim va Tadqiqot Axborot Xizmati (KERIS) tashkiloti bilаn hamkorlikda har yili Markaziy Osiyo mamlakatlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (АКТ) bo'yicha ta'lim simpoziumlarini tashkil etib kelmoqda.
Ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha Markaziy Osiyo simpoziumi (СDМЕ) Markaziy Osiyo daylatlari uсhun ta'lim sohasidagi dolzarb muаmmоlаrni birgalikda muhоkаmа qilish vа ta'lim tizimida DKTdаn samarali foydalanish orqali ulаrni hal etish yo'llarini aniqlashda asosiy рlаtformа vazifasini o'taydi
Insoniyat taraqqiyotining ustuvor asosi sifatida tan olingan va qabul qilingan, noan’anaviy tarmoqlar, qishloq va chekka hududlarni rivojlantirish bilan bir qatorda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish bo‘yicha tegishli dastur va strategik qarorlar qabul qilishda eng muhim negiz bo’lib xizmat qilgan bo’gin ham aslida ta’lim tizimi edi. Albatta, bundan keyin ham yanada taraqqiy etgan jamiyatga olib boroladigan yo’llar faqatgina ta’lim tizimi bilan barpo etiladi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati