Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Samarqand viloyatida OAV vakillari uchun navbatdagi press-tur tashkil qilindi

Bugun Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Bulung‘ur tumanidagi davlat xususiy sherikchilik asosidagi "Dilafruz" nomli maktabgacha ta’lim tashkilotida press-tur o'tkazildi. Media tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi PQ-322-sonli “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ijrosi yuzasidan tashkil qilindi hamda unda ommaviy axborot vositalari vakillari ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Mazkur muassasaning quvvati 100 o‘ringa mo‘ljallangan bo'lib, hozirda 3 ta guruhga 60 nafar tarbiyalanuvchi qamrab olingan. Binoning qurilish loyihasi qiymati 4 milliard 600 million so‘mni tashkil etgan. Ma'lumot uchun, Samarqand viloyatida 2018-2024-yillar davomida 64 ta xususiy nodavlat, 140 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi va 3 460 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo'lga qo'yilgan hamda ularga 97 mingga yaqin bog'cha yoshidagi bolalar qamrab olingan.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Buxoroda yana bir oilaviy maktabgacha ta’lim muassasasi ish boshladi 

Buxoro viloyatining Jondor tumanida 2017-yilda 22 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lgan va ularda jami 1 ming 720 nafar yoki maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning atigi 18 foizi qamrab olingan. 2023-yilning birinchi yarmida esa maktabgacha ta'lim tashkilotlari soni 163 taga yetkazildi, ya'ni 32 ta davlat, 120 ta oilaviy va 11 ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi bog'chalar faoliyati yo'lga qo'yildi. Bu esa sohada olib borilgan keng qamrovli ishlar hamda e'tiborning amaldagi ifodasidir. Amaliy ishlarning davomi sifatida tumanning "Chorzona" mahallasida tadbirkor Nafisa To‘layeva tomonidan 50 o‘ringa mo‘ljallangan “Feruzabonu” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat boshladi. Maskanning ochilish marosimida tuman hokimligi, Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mutasaddilari, mahalla faollari, mehnat faxriylari, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi. Ramziy lenta qirqilgach, tadbir qatnashchilari maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Ma'lumot uchun, bugunga kelib mazkur tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari umumiy soni 170 tani tashkil etmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ko‘p tilli muqobil guruhlar faoliyati bilan tanishildi

Bugun Termiz shahridagi 31-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rexina Kastijio, Shveytsariya elchixonasi xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Raxel Byosh, Maktabgacha ta'lim agentligi direktori o‘rinbosari Oyatillo Raxmatillayev, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Tashpulatov va boshqa mas'ullar tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mehmonlar ko‘p tilli muqobil maktabgacha ta'lim guruhlarini tashkil etish bo‘yicha "Surxondaryo tajribasi" bilan yaqindan tanishishdi. Ma'lumot uchun, mazkur xalqaro hamkorlik natijasida Surxondaryo viloyatining Termiz shahri, Termiz va Muzrabot tumanlaridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ko‘p tilli muqobil guruhlarga muhtoj oilalarning 400 nafardan ortiq 3-6 yoshli farzandlari, jumladan, viloyatda yashovchi afg‘on bolalari qamrab olingan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2024” kasbiy koʻrik-tanlovi o‘tkaziladi

  Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali metodist va tarbiyachilarni aniqlash hamda ragʻbatlantirish, ularning pedagogik mahorati va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, ilgʻor tajribasini keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatning nufuzini yanada oshirish, kasbiy faoliyatida ijodkorlik va sogʻlom raqobat muhitini yaratish maqsadida, “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2024” respublika ko'rik-tanlovi o‘tkaziladi.  Kasbiy koʻrik-tanlov davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida kamida ikki yil davomida metodist va tarbiyachi lavozimida faoliyat yuritayotgan, amaliy ish tajribasiga ega metodist va tarbiyachilar oʻrtasida, 2024-yilning iyun-iyul oylari davomida uch bosqichda quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi: 1-bosqich – Tuman (shahar) miqyosida 2024-yilning 24-28-iyun kunlari; 2-bosqich – hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar) miqyosida 2024-yilning 8-12-iyul kunlari; 3-bosqich – Respublika final bosqichi 2024-yilning 22-26-iyul kunlari. Tanlov quyidagi 6 ta nominatsiya boʻyicha boʻlib oʻtadi: “Eng yaxshi metodist”;“Yilning eng fidokor tarbiyachisi”;“Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”;“Innovatsion va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi tarbiyachi”;“Eng yaxshi eko-targʻibotchi tarbiyachi”;“Yangi Oʻzbekistonda yangi avlod bolalarini maʼnaviy kamolotga yetaklovchi еng yaxshi tarbiyachi”. Bunda, “Eng yaxshi metodist” va “Yilning eng fidokor tarbiyachisi” nominatsiyalarida oliy ma’lumotli metodist va tarbiyachilar, “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi eko-targʻibotchi tarbiyachi” va “Yangi Oʻzbekistonda yangi avlod bolalarini maʼnaviy kamolotga yetaklovchi eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyalarida oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan tarbiyachilar ishtirok etishlari mumkin. Shu oʻrinda muhim eslatma! Oldingi yillarda tashkil etilgan tanlovning respublika final bosqichida 1-, 2- va 3- o‘rinni egallagan g‘oliblar mazkur tanlovda qayta ishtirok etish huquqiga ega emas. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan metodist va tarbiyachilar tanlovning tuman (shahar) bosqichlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhiga o‘zlari faoliyat yuritayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi tomonidan nomzodi tavsiya etilgan qarorni taqdim etish orqali ro‘yxatdan o‘tadi. Tanlovning tuman (shahar) saralash bosqichida 1-oʻrinni egallagan ishtirokchilar tanlovning hududiy saralash bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanmani, hududiy saralash bosqichida 1-oʻrinni egallagan ishtirokchilar tanlovning respublika final bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritadilar. Tanlovning respublika bosqichida to‘rtta (“Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi eko-targʻibotchi tarbiyachi” va “Yangi Oʻzbekistonda yangi avlod bolalarini maʼnaviy kamolotga yetaklovchi eng yaxshi tarbiyachi”) nominatsiyalari boʻyicha birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallagan oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan gʻoliblar Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishiga oʻqishga kirishda tavsiyanomaga ega boʻladilar. Tanlovning respublika bosqichida ishtirok etgan metodist va tarbiyachilarning ish tajribasi respublika va hududlar miqyosida ommalashtiriladi hamda ular “O‘z hududining naʼmunali pedagogi” sifatida e’tirof etiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari, Maktabgacha ta'lim agentligi direktori Agrippina Shin Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Agrippina Shin viloyatga tashrifi davomida Qorako'l tumanidagi 43-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga tashrif buyurdi.  Vazirning birinchi o‘rinbosari MTTda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport va musiqa xonasidagi moddiy-texnik bazasini ko‘zdan kechirdi. Ma'lumot uchun: Tumanidagi 43-DMTT "Yangi O'zbekiston" massivida qurilgan bo'lib, MTT binosi 2023-yilda foydalanishga topshirilgan. MTT 180 o'ringga mo'ljallangan bo'lib, bugungi kunda 90 nafar bolajonlar tarbiyalanmoqda. "Bunyod Shahzod Fayz" MCHJ tomonidan qurilgan MTT 6,5 mlrd so'm mablag' evaziga barpo etilgan. Agrippina Shin Qorako’l tumanida shuningdek, Pedagogika kollejiga bordi. U yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Vazirining birinchi o‘rinbosari kollejda tahsil olayotgan talaba-qizlar bilan muloqot qilib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ma’lumot uchun: “Darg’ali” mahallasida joylashgan Pedagogika kolleji 330 o’ringga mo’ljallangan bo’lib, bugungi kunda 711 nafar talabalar tahsil olmoqda. Kollej binosi 2022-yilda ta’mirlangan. Vazirning birinchi o’rinbosari Agrippina Shin Qorako’l tumanida shu bilan birga, “Darg’ali” mahallasida joylashgan 31-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga ham bordi. U yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. 180 oʼringa moʼljallangan 31-DMTT 2021-yilda foydalanishga topshirilgan bo’lib, tashkilot matematikaga ixtisoslashgan. “Meridian avtostroy” MChJ bunyodkorlari tomonidan 2 mlrd. soʼm mablagʼ evaziga qurilgan 3 qavatli MTT barcha talablarga toʼliq javob beradi, zamonaviy sharoitlarga ega. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari, Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Olot tumaniga ham bo’ldi. Agrippina Shinning tumandagi ilk manzili 16-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi. Vazirning birinchi o'rinbosariga tuman hokimi Nargiza Ne'matova hamrohlik qildi. U MTTda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. “Dilkor” mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan mazkur maktabgacha ta'lim tashkiloti 2021-yilda 2.9 mlrd so’mga qurilgan bo’lib, 90 o’ringga mo’ljallangan. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari, Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin Olot tumaniga tashrifi davomida shuningdek, “Shayxlar” mahallasidagi 20-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga ham tashrif buyurdi. Mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-22 yanvar kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chogʼida berilgan topshiriqlar asosida qurilgan bo’lib, 2022-yilda foydalanishga topshirilgan. MTT 10 mlrd so’m mablag’ evaziga qurilgan MTT 180 nafar bolajonlarni o’z bag’riga oladi. Vazirning birinchi o’rinbosari MTTni ko’zdan kechirib, bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Vazirning birinchi o’rinbosari Agrippina Shin Olot tumanida shu bilan birga, 25-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga ham bo’ldi. U yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. 25-DMTT 2022-yilda foydalanishga topshirilgan bo’lib, MTT 5,3 mlrd so’m mablag’ evaziga qurilgan. 150 o’ringga mo’ljallangan MTT 3 qavatdan iborat bo’lib, barcha talablarga toʼliq javob beradi, zamonaviy sharoitlarga ega. Hozirgi kunda Olot tumanida 3-7 yoshli bolalar soni 8 ming 158 nafarni tashkil etib, 29 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 4 ming 140 nafar, 2 ta davlat xususiy sherikchilik asosidagi MTTda 136 nafar, 62 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida jami 1 ming 296 nafar bola taʼlim-tarbiya olmoqda. Qamrov darajasi 68,3 foizni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari, Maktabgacha ta'lim agentligi direktori Agrippina Shin Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Buxoro tumanidagi “Kunji Qala” mahallasida joylashgan 32-son umumiy o’rta ta’lim maktabida bo’ldi. Vazirning birinchi o‘rinbosari maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kutubxonadagi moddiy-texnik bazalarni ko‘zdan kechirar ekan, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan aniq ko‘rsatmalarni berdi. Shuningdek, maktabda tahsil olayotgan o’quvchilar bilan suhbatlashib, ularning kelajakdagi rejalari bilan qiziqdi va maktabda tashkil etilgan “Kurash”, “Judo” va “Tikuvchilik” to’g’araklarida shug’ullanayotgan yoshlar bilan muloqot qildi. Shu bilan birga, maktab mehnat jamoasi bilan suhbatlashdi. Tumanidagi 32-son umumiy o‘rta ta'lim maktabi binosi 1975-yilda qurilgan bo‘lib, 2005-yilda kapital ta'mirlangan. Maktab 530 o‘ringga mo‘ljallangan bo‘lib, ayni paytda 481 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Joriy yilda 51 nafar o‘quvchilar ta'lim dargohini bitirdi.                                                                                                

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligi Jamoatchilik kengashi a’zolari Olmazor tumanidagi 146-EDMTTga tashrif buyurdi

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi Jamoatchilik kengashi a’zolari Olmazor tumanida joylashgan 146-son eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish” kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiriga ishtirok etdi.  Tadbir ishtirokchilari maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim va tarbiya, milliy urf-odatlar uyg’unligi ta’minlanganligini guvohi boʻldilar.  Tadbir davomida Kengash a’zolari MTTda tashkil etilgan milliy urf-odatlarimiz “Arqon tortish”, “Oq terakmi – ko’k terak”, “Qarabtep (Lanka)”, “Kim oladiyo shuginaniyo”, “Buvijonlar maktabi” kabi milliy o’yinlar hamda bolajonlar uchun tashkil etilgan “Qo’g’irchoq teatri” loyihalari bilan tanishdi.  Ayniqsa, “Kasbim-faxrim” mavzusi doirasida tashkil etilgan “Nonvoy mehnati bilan  tanishish” amaliy faoliyati Kengash a’zolarida oʻzgacha taassurot qoldirdi.  Jajji tarbiyalanuvchilarning oʻz qoʻllari bilan kulchalarni yasashi-yu, ular ishtirokida tandirda kulchalarni yopilishi amaliy faoliyat boʻlib koʻrinsada, aslida milliy an’analarimizga tayangan holda tarbiyalanuvchilarda non va uning qadri haqida tushunchalarni hosil qilish, eng asosiysi “non isi”ni his ettirish edi.    Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bunday faoliyatlarni tashkil etish orqali aqlli, odobli, mehnatsevar, bilimli, sog‘lom, e’tiqodli, dili pok, har tomonlama ma’naviy rivojlangan, vatanparvar, insonparvar, barkamol shaxsni tarbiyalashdir.  1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish” kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram dasturida bolajonlar Kengash a’zolariga ona Vatanni, bolalikni madh etuvchi she'r, kuy va qo'shiqlar taqdim etildi. Kengash a’zolariga MTTda bolalarga beriladigan taomlardan taqdim etildi. Ular ovqatlarni tanovul qilib, o’z ijobiy fikrlarini bildirdi.                                                    

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Mercy Corps" bilan hamkorlik davom etmoqda

2024-yilning 27-may kuni Maktabgacha ta’lim agentligida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shinning “Mercy Corps” xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining Osiyo mintaqasi mintaqaviy direktori o‘rinbosari, doktor Farah Naurin  va “Mercy Corps” ning O'zbekistondagi boshqaruv bo'limi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.  Uchrashuvdan koʻzlangan maqsad “Oʻzbekistonda bolalarning taʼlim va ovqatlanishi uchun oziq-ovqat” qoʻshma dasturini amalga oshirish masalalarini muhokama qilish, shuningdek, hamkorlik va oʻzaro manfaatli sheriklikni yanada kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat edi. Muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston tomoni loyiha geografiyasini respublikaning boshqa hududlarida ham kengaytirish orqali davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarning sogʻlom ovqatlanishini tashkil etish va salomatligini mustahkamlash boʻyicha kelgusida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi, shuningdek, Osiyo mintaqasidagi mamlakatlar vakillari ishtirokida xalqaro konferensiya tashkil etish taklifini bildirdi.  Xorijiy tomon Agentlikning qo‘shma dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirishga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi, shuningdek, O‘zbekiston tomonining yuqoridagi taklifini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi. Yig‘ilishda “Mercy Corps” ko‘magida qoraqalpoq tiliga tarjima qilinib, keyinchalik Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida foydalanish uchun ko‘paytirilgan “Aqlvoy oshpaz” retsept kitobi taqdimoti o‘tkazildi.Bundan tashqari, Davlat maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim muassasasi oshpazlarining malakasini oshirish komponenti doirasida bugungi kunda Toshkent shahrida oshpazlarni tayyorlash uchun O‘quv markazi va pazandachilik studiyasini tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.  Uchrashuv konstruktiv va o‘zaro ishonch ruhida o‘tdi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Namanganda maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida velomarafon o‘tkazildi

  Bugun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bayrami munosabati bilan Namangan viloyati Davlatobod tumanida joylashgan “Navbahor” stadionida davlat maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida V-velomarafon o‘tkazildi.  Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari, Maktabgacha ta'lim agentligi direktori Agrippina Shin, YXHTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi koordinatori, elchi Antti Karttunen, O‘zbekiston velosport Federatsiyasi ma'sullari, viloyat va shahar hokimligi rahbar va xodimlari ishtirok etdi.  Maktabgacha ta'lim agentligi, O'zbekiston Respublikasi velosport Federatsiyasi, YXHTning O'zbekistondagi vakolatxonasi koordinatori ko'magida Namangan viloyati Namangan shahridagi 29 ta tajriba-sinov maydonchasi sifatida belgilangan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 100 nafar tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazildi.  Velomarafon tadbirlarida ishtirok etish uchun YXHTning O'zbekistondagi vakolatxonasi koordinatori ko'magida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 500 ta begovellar yetkazib berildi. Velomarafonda ishtirok etish uchun 29 ta tayanch tashkilotlardan tor mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan tibbiy ko‘rikda sog‘lom deb topilgan bolalar tanlab olindi. Bolalar velomarafonining asosiy maqsadi atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil transport turidan foydalanish sohasida barqaror ko‘nikmalarni rivojlantirish, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida velosportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va xulq-atvor madaniyatini oshirish, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga o‘rgatishdan iboratdir. Velomarafonda ishtirok etgan bolalar esdalik medallari, sovg‘alar bilan taqdirlandilar, shuningdek, ular uchun ko‘ngilochar dastur tashkil etilib, turli tanlov va o‘yinlarda ishtirok etildi.            

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xalqaro miqyosda O'zbekiston tajribasi o'rganilmoqda, Qirg‘iziston Respublikasi delegatsiyasi tashrifidan fotolavhalar

  Qirg‘iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri maslahatchisi Djusupbekova Nadira Sintashevna boshchiligidagi delegatsiya Yakkasaroy tumanida joylashgan 100-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotiga tashrif buyurdi.  Tashrif davomida delegatsiyasi MTTning infratuzilmasini, guruhlarning jihozlanishi hamda tayyorlov guruhlari bilan yaqindan tanishdi.        Delegatsiyasi a'zolariga yagona menyu va "Aqlvoy oshpaz" kitobi namoyish etildi. Shuningdek, Maktabgacha ta'lim agentligi direktor o‘rinbosari tomonidan "Nodavlat" yagona monitoring tizimi va MTTga onlayn ariza topshirish jarayonlari taqdimot qilindi.                 

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Oʻzbekiston - 2030” taraqqiyot strategiyasida maktabgacha taʼlim yoʻnalishi oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalar ijrosi yuzasidan matbuot anjumani o'tkazildi.

         “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida Maktabgacha taʼlim agentligiga  yuklatilgan topshiriqlar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar          Maktabgacha taʼlim agentligiga davlat dasturida belgilab berilgan ustuvor yoʻnalishlar, maqsadlar va vazifalar quyidagilardan iborat:  1. Maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasini 76 foizga yetkazish.2. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida kompyuter guruhlarini tashkil etish.3. Pedagoglarni ishga qabul qilish jarayonini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish, ularning darslarni oʻz vaqtida va sifatli oʻtishini qatʼiy taʼminlash.  1) Maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasini 76 foizga yetkazish bo’yicha amalga oshirish mexanizmlari quyidagilardan iborat:  1.  1 400 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi, shu jumladan oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish. 2. Investitsiya dasturi doirasida 43 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish va 133 ta rekonstruksiya qilish orqali 5 570 ta qoʻshimcha yangi quvvatlar yaratish. 3. 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimi bilan qamrov darajasini 96 foizga yetkazish.          Ushbu  mexanizmlarning ijrosi jarayonlarida quyidagi vazifalar amalga oshirildi. 2024-yilning I choragida 797 ta yangi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etilib, ularga 12 875 nafar bolalar qabul qilinishi natijasida bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi 74,3 foizga yetkazildi. Bunda: 23 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 1 635 nafar; 16 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 922 nafar; 5 ta xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 250 nafar; 753 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 10 068 nafar bolalar qamrab olindi.          6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrov darajasini oshirish maqsadida joriy yilning I choragida 1 140 nafar bolalar uchun yangi oʻrinlar yaratildi. Bunda: 26 ta qisqa muddatli guruhlarga 780 nafar; 12 ta toʻliq kunlik guruhlarga 360 nafar bolalar qamrab olindi. 2) Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida kompyuter guruhlarini tashkil etish bo’yicha 170 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining maktabga tayyorlov guruhlarida zamonaviy taʼlim planshetlari va sensorli ekranli interaktiv doskalardan iborat kompyuter guruhlarini tashkil etish uchun texnikalar xarid qilish maqsadlari belgilab olindi.           Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini planshet va interaktiv doskalar bilan ta’minlash maqsadida ularning texnik tafsilotlari ishlab chiqildi.          Shu bilan birga mazkur texnikalar bilan jihozlangan maktabgacha ta’lim tashkilotlari manzilli ro‘yhati tasdiqlandi.           3)          Pedagoglarni ishga qabul qilish jarayonini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish, ularning darslarni oʻz vaqtida va sifatli oʻtishini qatʼiy taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachi-pedagog kadrlarni psixologik metodika va testlar orqali saralash mexanizmlarini ishlab chiqib, ularni joriy etish yuzasidan takliflar kiritish mexanizmlari ishlab chiqildi va bu bo’yicha Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachi-pedagog kadrlarni 3 bosqichda psixologik metodika va testlar orqali saralash mexanizmlarini ishlab chiqib, ularni joriy etish, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan psixologlarni maxsus oʻquv dasturi orqali oʻqitish asosida amalga oshirish bo‘yicha asoslangan takliflar ishlab chiqilmoqda. Ushu jarayonlar 2024-yil davomida amalga oshiriladi.            

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qirg‘iziston delegatsiyasi 100-MTTga tashrif buyurdi 

  Bugun, 15-may kuni Qirg‘iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri maslahatchisi Djusupbekova Nadira Sintashevna boshchiligidagi delegatsiya Yakkasaroy tumanida joylashgan 100-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotiga tashrif buyurdi.  Tashrif davomida delegatsiyasi MTTning infratuzilmasini, guruhlarning jihozlanishi hamda tayyorlov guruhlari bilan yaqindan tanishdi.  Delegatsiyasi a'zolariga yagona menyu va "Aqlvoy oshpaz" kitobi namoyish etildi.  Shuningdek, Maktabgacha ta'lim agentligi direktor o‘rinbosari tomonidan "Nodavlat" yagona monitoring tizimi va MTTga onlayn ariza topshirish jarayonlari taqdimot qilindi.         

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligida Koreya Respublikasi Milliy Assambleya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A. Shin joriy yilning 6-may kuni Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasining sobiq spikeri, deputat janob Pak Byon Suk boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida maktabgacha ta’lim sohasidagi O‘zbekiston-Koreya hamkorligiga oid keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi. Shu bilan birga, Koreya delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-sonli farmoni bilan qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq mamlakatimizda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan dolzarb vazifalar bilan ham tanishtirildi. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston tomoni ikki tomonlama hamkorlikni, xususan, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining sog‘lom ovqatlanishini yanada takomillashtirishga qaratilgan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflarni taqdim etdi. Uchrashuv konstruktiv va o‘zaro ishonch ruhida o‘tdi.  Eslatib oʻtamiz, Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi vakillarining Maktabgacha taʼlim agentligiga ikkinchi yirik tashrifidir. Birinchi uchrashuv 2022-yilning avgustida bo‘lib o‘tgan.      

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Bugun AOKAda "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida oziq-ovqat sifati va xavfsizligi bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlar natijalari " mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi.

  Bugungi kunda respublikada 6 824 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlib, ularning 1 172 tasida 83 nafar tadbirkorlar tomonidan autsorsing xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan. Qolgan 5 652 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida anʼanaviy usulda ovqatlantirish tashkil etilgan. Maktabgacha taʼlim agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2023-yil 23-maydagi «Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish uchun Yagona mavsumiy taomnomalarni tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish toʻgʻrisida»gi 1/12-son qoʻshma qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan 2023-yilning  1-sentabridan respublikaning barcha hududlaridagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bogʻchalar uchun taomlar retsepti toʻplamidan foydalangan holda tuzilgan 10 kunlik Yagona mavsumiy taomnoma asosida tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirish tashkil etildi. Shu bilan birga, bogʻchalar uchun taomlar retsepti toʻplami asosida sifatli ovqatlar va pishiriqlarni tayyorlashda xodimlarga qulayliklar yaratish maqsadida “Yagona mavsumiy taomnoma” boʻyicha videoroliklar tayyorlandi. I. Bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik talablar asosida oʻquv-seminarlar  tashkil etish yoʻnalishida. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni taʼminlash maqsadida hududlarda oʻquv-seminarlar oʻtkazish uchun reja-dasturlar ishlab chiqildi hamda mazkur oʻquv-seminarlarda ovqatlantirishga masʼul boʻlgan DMTT direktorlari, hamshiralar, oshpazlar, xoʻjalik mudirlari ishtiroki taʼminlandi. Seminar-treninglar davomida tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirishda sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya qilgan holda tashkil etish, oshpazlar tomonidan taom tayyorlash jarayonida texnologiya va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi, taom tayyorlash, oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli qabul qilish, saqlash uchun zarur sharoitlar yaratish, taomnomaga muvofiq mahsulotlar toʻliq yetkazilishi va sarflanishini taʼminlash choralarini koʻrish hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar sifatini oʻrganish boʻyicha tashkil etilgan brakeraj komissiyasi faoliyatiga doir masalalar muhokama qilinmoqda. II. Xalqaro tajribani oʻrganish. Rivojlangan davlatlarning ijobiy tajribalari asosida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda maktablarda ovqatlantirishning muqobil usullarini joriy etish, ovqatlantirish kombinatlari faoliyati tashkil etilishini oʻrganish maqsadida Rossiya Federatsiyasining Qozon, Moskva shaharlari hamda Volgograd viloyati, Koreya Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasiga xizmat safarlari tashkil etildi. Xizmat safari davomida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ovqatlantirish tizimi turlicha tashkil etilganligi aniqlandi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasida ijtimoiy ovqatlantirish turli usullarda yoʻlga qoʻyilganligini hisobga olib, Oʻzbekiston Respublikasida ham ijtimoiy ovqatlantirish mexanizmlarini joriy etish imkoniyatlari va yoʻnalishlari oʻrganib chiqildi. Bunda, “Institut otraslevogo pitaniya” Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy ovqatlantirishning optimal shakllarini ishlab chiqishda, logistika va ovqatlantirish kombinatlarini tashkil etish uchun huquqiy-meʼyoriy hujjatlar va texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda hamda loyihani amalga oshirilishini kuzatib borish masalasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi. Hozirda mazkur Institut bilan hamkorlikda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ovqatlantirish tizimini takomillashtirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. III. “Mercy Corps” xalqaro nodavlat tashkilotining Oʻzbekistondagi filiali oʻrtasida imzolangan anglashuv Memorandumi doirasida amalga oshirilgan ishlar. “Mercy Corps” xalqaro nodavlat tashkilot bilan  hamkorlikda «Maktabgacha taʼlim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish» mavzusida amaliy konferensiyalar oʻtkazildi va unda 718 nafar maktabgacha taʼlim tashkilotlarning rahbarlari, metodist va pedagoglari oʻqitildi va 60 nafar trenerlar tayyorlandi. “MTT larda oziq-ovqat xavfsizligining tamoyillarini oʻrganish va amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish” mavzusidagi malaka oshirish treningda 180 nafar direktor, oshpaz va xoʻjalik mudirlari oʻqitildi. Shuningdek dastur doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi maqsadli 60 ta DMTT ning sanitariya gigiyena xonalari (xojatxonalar), suv taʼminoti tizimi taʼmirlandi hamda oshxonalar taʼmirlandi va zamonaviy kerakli jihozlar bilan taʼminlandi. Xozirgi kunda 100 ta maqsadli DMTT larda yuqoridagi ishlar davom etmoqda. “Aqlvoy oshpaz” bolalar bogʻchalari uchun retseptlar toʻplami qoraqalpogʻ tiliga oʻgirildi va 150 dona kitob nashr qilindi. “Taʼlim uchun oziq-ovqat va bolalar ovqatlanishi” dasturi doirasida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Oʻzbekistonga begʻaraz yordam yordam sifatida 4 turdagi boyitilgan oziq-ovqat (20 tonna oʻsimlik yogʻi, 40 tonna guruch, 80 tonna un va 10 tonna sariq yarim noʻxat) mahsulotlari olib kelindi va tarqatildi. Maktabgacha yoshdagi bolalar salomatligini muhofaza qilish, gigiyena qoidalariga rioya qilish va sogʻlom ovqatlanish boʻyicha DMTTlar uchun axborot materiallari (plakat, stend, broshyura, kartochkalar, pazllar va boshqa) oʻzbek va qoraqalpoq tillarida  ishlab chiqildi va 300 komplektda chop etildi.  DMTT oshpazlarini malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan “Bolalarni sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish” oʻquv markazini va tarbiyalanuvchilarga taom tayyorlashga mos boʻlgan zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangan “Oshpazlar studiya”sini tashkil etish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligi Jamoatchilik kengashi a’zolari “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga asosan tashkil etilgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat bilan yaqindan tanishdilar.

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi Jamoatchilik kengashi a’zolari Mirobod tumanida joylashgan 482-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti misolida “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga asosan tashkil etilgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat bilan yaqindan tanishdilar.  Tadbir ishtirokchilari maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim va tarbiya uyg’unligi ta’minlanganligini guvohi boʻldilar. Tadbir davomida Kengash a’zolari guruhlarda tashkil etilgan “Assalomu alaykum” loyihasi doirasida “Salomlashish odobi”, “Mahorat darsi“ davomida “Zardoʻzlik va kulolchilikdan  ilk saboqlar”,  “Baxtli bolalik” milliy harakatli  oʻyinlar, “Vatanim bayrogʻini baland koʻtaraman” sport estafetasi,  “Kitob – mening eng yaqin doʻstim” kitoblar koʻrgazmasi hamda “Yashil kelajak” gʻoyasi asosida  “Mening birinchi niholim” loyihalari bilan tanishdilar.Ayniqsa, “Kasbim-faxrim” mavzusi doirasida tashkil etilgan “Nonvoy mehnati bilan  tanishish” amaliy faoliyati Kengash a’zolarida oʻzgacha taassurot qoldirdi. Jajji tarbiyalanuvchilarning oʻz qoʻllari bilan kulchalarni yasashi-yu, ular ishtirokida tandirda kulchalarni yopilishi amaliy faoliyat boʻlib koʻrinsada, aslida milliy an’analarimizga tayangan holda tarbiyalanuvchilarda non va uning qadri haqida tushunchalarni hosil qilish, eng asosiysi “non isi”ni his ettirish edi.  Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bunday faoliyatlarni tashkil etish orqali aqlli, odobli, mehnatsevar, bilimli, sog‘lom, e’tiqodli, dili pok, har tomonlama ma’naviy rivojlangan, vatanparvar, insonparvar, barkamol shaxsni tarbiyalashdir. Bolajonlar tomonidan Kengash a’zolariga ona Vatanni madh etuvchi she'r, kuy va qo'shiqlar taqdim etildi. Tashrif yakunida Kengash aʻzolari tomonidan kelajak avlod ta’lim-tarbiyasi yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi. Shuningdek, amaliy-metodik yordam koʻrsatishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. 

Maktabgacha ta'lim agentligi
MELQO xalqaro baholash vositasi asosida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini baholash natijalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 2024-yil 22-aprel holatiga MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2024-yil 5-fevralda ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida maktabgacha ta’lim tizimidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri maktabgacha ta’lim sifatini MELQO xalqaro baholash vositasi asosida baholab, keyingi o‘rinda uni milliy darajada yanada tadbiq etish maqsad qilib belgilangan.          MELQO xalqaro baholash vositasi ikkita moduldan iborat. Birinchi modul – MODEL. Ushbu modul bola rivojlanishi va erta ta’limni o‘yin tarzida suhbat va ota-ona bilan bolaning oilaviy muhitda qanday rivojlanishi bo‘yicha intervyu shaklida o‘tkazilib, to‘g‘ridan to‘g‘ri baholash orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi modul MELE - u direktor, tarbiyachi bilan suhbatlar orqali maktabgacha ta’lim tashkilotida erta ta’lim muhitining sifatini o‘lchaydi, shuningdek, tarbiyachini guruhdagi bolalar bilan ta’lim-tarbiya jarayoni davomida kuzatadi.           Respublikaning 14 ta hududida 250 ta DMTTda ma’lumotlarni to‘plash bo‘yicha jadvalga muvofiq maktabgacha ta’lim sifatini o‘lchash bosqichi amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 25-mart kunidan 2-aprel kuniga qadar o‘tkazilgan seminar-treninglar doirasida 90 nafar ma’lumotlarni to‘plovchi milliy ekspertlardan 60 nafari imtihon sinovlaridan muvafaqyatli o‘tdi. Ushbu 60 nafar milliy ekspertlar 2024-yil 8-aprel kunidan boshlab ma’lumotlarni to‘plash jarayonini boshlashdi. Milliy ekspertlar tarkibidan 20 ta guruh tashkil etilib, unda 40 nafar milliy ekspert MODEL (bola rivojlanishi va erta ta’limni o‘yin tarzida suhbat va ota-ona bilan bolaning oilaviy muhitda qanday rivojlanishi bo‘yicha intervyu shaklida) va 20 nafari MELE (direktor, tarbiyachi bilan suhbatlar orqali maktabgacha ta’lim tashkilotida erta ta’lim muhitining sifatini o‘lchaydi) moduli bo‘yicha shakllangan.          250 ta DMTTda ma’lumotlarni to‘plash quyidagi toifalar asosida amalga oshiriladi: har bir DMTTdan 4 nafar ota-ona (1000 nafar ota-ona), 4 nafar bola - (1000 nafar bola), 250 nafar direktor, 250 nafar tarbiyachi. Ma’lumotlar to‘plash planshetlar yordamida maxsus yaratilgan elektron ilovada amalga oshiriladi. Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim Agentligi tomonidan muvofiqlashtirilib, bugungi kunda respublikaning 14 ta hududida maxsus seminar-treninglarni tamomlagan mutaxassislar tomonidan jarayonni texnik jihatdan raqamli ilovaning uzluksiz ishini qo‘llab quvvatlash, ma’lumotlarni to‘plash jarayonini kuzatish ishlari olib borilmoqda. Hududiy boshqarmalar tomonidan milliy ekspertlar tomonidan DMTTlarga to‘sqinliksiz kirish va o‘z ishini tashkil qilishda, shuningdek DMTTlarning geopazitsiyasini ta’minlashda barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.          Milliy ekspertlar tomonidan ma’lumotlarni to‘plash jarayoni belgilangan grafik asosida amalga oshirilib kelinmoqda. Bugungi kunda hech qanday muammolar mavjud emas.          2024-yil 22-aprel kuni holatiga belgilangan 250 ta DMTTdan 157 tasida (62,8%), 1000 nafar ota-onadan 628 nafaridan, 1000 nafar boladan 628 nafaridan, 250 DMTT direktorlaridan 157 nafar va 250 nafar tarbiyachidan 157 nafaridan ma’lumotlar bazasi shakllandi. Barcha ma’lumotlar hududlar kesimida ilova qilinadi. Rejadagi ishlar: 1. 2024-yil 5-mayga qadar hududlardagi 93 ta DMTTda tadqiqotni o‘tkazish va ma’lumotlarni to‘plash. 2. 2024-yil 31-may qadar xalqaro ekspertlar tomonidan to‘plangan ma’lumotlar qayta ishlanadi. 3. 2024-yil 31-iyunga qadar 250 DMTTlarda ta’lim sifatini baholash natijalari yuzasidan xalqaro ekspertlaridan dastlabki hisobot olinadi. 4. 2024-yil 30-sentyabr kuniga qadar 250 DMTTlarda ta’lim sifatini baholash natijalari yuzasidan xalqaro ekspertlaridan yakuniy hisobot olish. 5. 2024-yil noyabr oyida maktabgacha ta’lim sifatini MELQO xalqaro baholash tizimi bo‘yicha o‘tkazilgan natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida xalqaro konferensiya o‘tkazish. 6. MELQO xalqaro baholash tizimini maktabgacha ta’lim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasi milliy tizimiga integratsiyalash.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Erta yoshdagi bolalar ta’lim sifati va natijalarini baholash bo‘yicha xalqaro MELQO baholash tizimi asosida Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini baholash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2024-yil 5-fevralda ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida maktabgacha ta’lim tizimidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri maktabgacha ta’lim sifatini MELQO xalqaro baholash tizimi asosida baholab, keyingi o‘rinda uni milliy darajada yanada tadbiq etish maqsad qilib belgilangan. 2024-yil 1-chorak holatiga ko‘ra quyidagi ishlar amalga oshirildi: MELQO xalqaro  baholash vositasi O‘zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari va “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturiga muvofiqlashtirildi; barcha materiallar raqamlashtirilib, o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillariga tarjima qilindi; 250 Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tanlab olish mezonlari ishlab chiqildi (shahar, tuman (qishloq) hududlari, 5-6 va 6-7 yoshli guruhlarning mavjudligi, genderlik/o‘g‘il bola va qiz bola);   Jahon bankining xalqaro ekspertlari ishtirokida tasodifiy tanlov (rondom usulida) har bir hududdan 250 Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olindi; 250 Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tanlov natijalari quyidagicha amalga oshirildi: shahar hududi –  68 (24%) tuman (qishloq) hududi –  182 (76%); 250 Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining har bir hududdan manzilli ro‘yxati shakllantirildi; 2024-yil 12-mart kuni joylarda ta’lim sifatini baholash jarayonini tashkil qilishda ko‘maklashadigan hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari mas’ul vakillari ishtirokida onlayn seminar o‘tkazildi; 2024-yil 18-20 mart kunlari Erta yoshdagi bolalar ta’lim sifati va natijalarini baholash bo‘yicha xalqaro MELQO baholash tizimi asosida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini baholash ishlariga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan DMTT direktorlari, metodistlari va tayyorlov guruh pedagoglari uchun onlayn seminar tashkil etildi; 2024-yilning 25-29 mart kunlari Baholash tizimi asosida ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha 30 nafar trenerlarni ta’lim muhiti (MELE) moduli asosida  tayyorlashga qaratilgan seminar-treninglar hamda 25 martdan 2 aprel kuniga qadar Baholash tizimi asosida ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha 60 nafar trenerlarni bolalarning rivojlanishi va ta’lim olishi (MODЕL) moduli asosida tayyorlashga qaratilgan seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi. Treningda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 8 nafar, Maktabgacha ta’lim agentligining 10 nafar, ta’lim muhiti (MELE) moduli asosida ma’lumotlarni yig‘uvchi mutaxassislar 30 nafar, bolalarning rivojlanishi va ta’lim olishi (MODЕL) moduli asosida ma’lumotlarni yig‘uvchi mutaxassislar 60 nafari ishtirok etishdi. Seminar-treningda Sherri Li Motte – pedagogika fanlar doktori (DSc) Jahon bankining maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha maslahatchi, Djonatan Seydan – Garvard universiteti ta’lim siyosati va dasturlarini baholash bo‘yicha (PhD) o‘z treninglari bilan ishtirok etishdi. Unda tarbiyalanuvchilar, pedagoglar, tashkilot direktori, ota-onalardan so‘rovnomalar olish hamda guruhni kuzatish orqali baholash bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, trening ishtirokchilari seminar-treningda olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash va tajriba oshirish maqsadida joriy yilning 29-mart hamda 1-2 aperel kunlari tushlik vaqtiga qadar Chilonzor tumanidagi 24-, 215-, 256-, 261-, 291-, 538-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amaliyot o‘tashdi. Seminar-treningni tamomlagan ma’lumotlarni yig‘uvchilar (hisobchilar), O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimlari, Maktabgacha ta’lim agentligining vakillari uchun yakuniy test sinovlari  tashkil etildi va natijalari bo‘yicha xalqaro sertifikatlar topshirildi. Ta’kidlab o‘tish joizki, hududlarda ma’lumot yig‘ish jarayoniga faqat sertifikatlangan mutaxassislar jalb qilinadi. 2024-yil 8-apreldan 3-mayga qadar hududlardagi 250 DMTTlarda ma’lumot yig‘ish jarayoni amalga oshirilishi rejalashtrilgan bo‘lib, reja-grafik ishlab chiqildi va mazkur grafik asosida hozirgi kunda tanlab olingan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida baholash ishlari o‘tkazilmoqda.   Ma’lumot uchun: MЕLQO nima? - Erta yoshdagi bolalar ta’lim sifati va natijalarini baholash bo‘yicha xalqaro vosita. MELQO – mamlakat darajasida 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan (boshlang‘ich ta’limga o‘tishdan oldin) bolalarning rivojlanishi va ta’lim olishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishga mo‘ljallangan vositadir. MELQO – ko‘plab mamlakatlarda sinovdan o‘tgan va milliy baholash tizimlarini rivojlantirish uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi. MELQO – bolalarning rivojlanishi va ta’lim olishi (MODЕL) va ta’lim muhiti (MELE) ikki moduldan iborat bo‘lib, turli ko‘rsatkichlar bo‘yicha bolalarning rivojlanishi va ta’lim muhiti haqida to‘liq ma’lumot beradi. MODЕL moduli bolani bevosita kuzatish va ota-ona (uning o‘rnini bosuvchi shaxs) bilan suhbatlashish orqali erta ta’lim va rivojlanishning darajasini baholaydi. MELE moduli guruhda ta’lim muhitini kuzatish, pedagog va maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori bilan suhbatlar orqali baholanadi. MELQO baholash vositalari o‘z modullari (MODEL, MELE)  bilan O‘zbekiston Respublikasi Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturiga muvofiqlashtirilib, o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillariga tarjima qilingan.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
TILDA, FIKRDA, ISHDA BIRLIK

Muhtaram Prezidentimiz jaddid bobolarimizning ushbu g‘oyasini doimiy shiorimiz bo‘lib qolishi zarurligini ta’kidlagan edilar.  Darhaqiqat, qayerdaki til, fikr, ish birligi bo‘lsa, ya’nikim hamjihatlik bor joyda olg‘a siljish, rivojlanish bo‘ladi.    Bugun Yangi O‘zbekiston oldida turgan eng dolzarb vazifa – yosh avlod kamoloti yo‘lida qayg‘urish, pirovardida esa, mamlakat kelajagini yuksak darajalarda rivojlantirishdan iborat. Hech shubha yo‘qki, yoshlarni munosib vorislar etib tarbiyalashning eng maqbul yo‘li, bu – ma’naviyat, bu – ma’rifat yo‘lidir!   To‘raqo‘rg‘on tumanining “Yakkatom” mahallasida joylashgan 49-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan “Ma’naviyat fidoiylari” shiori ostidagi tadbir ana shu yuksak maqsadlar ro‘yobi yo‘lida tashkil etildi.    Aytish joizki, mazkur mahalla tuman hokimi sektori hisoblanadi. Umuman olganda esa, hokim sektori hududida 13 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bor.       O‘tkazilgan tadbirga ana shu tashkilotlarning direktorlari, metodistlari taklif etildi. Unda so‘zga chiqqan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi sho‘ba rahari Muhabbat Karimovaga ko‘ra:    – Biz maktabgacha ta’lim yoshidagi farzandalarimizni, ayniqsa, tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilarini maktabga sifatli tayyorlay olyapmizmi? Ularga qanday ta’lim, qanday tarbiya beryapmiz? Zamon bilan hamnafas qadam tashlayapmizmi? Farzandlarimizdagi tug‘ma qobiliyatlarni o‘stirish uchun yana nimalar qilishimiz kerak? Ularni yaqin va uzoq tariximiz bilan kengroq tanishtirish, ulug‘ siymolarimiz qoldirgan ma’naviy merosni farzandlarimizga ko‘proq singdirish uchun tarbiyachilarimizning o‘zlari qanday bilim va salohiyatga ega bo‘lishi lozim. Bugungi tadbir orqali shu kabi savollarga javob topish bilan birgalikda amalga oshirishimiz zarur bo‘lgan vazifalar belgilab olindi, – deydi u.  Shubha yo‘qki, keyingi yillarda maktabgacha ta’lim ham son, ham sifat jihatdan o‘zgardi. Buning birgina misoli – mazkur tashkilot. Uning mana bu muhtasham binosi 2022-yilda davlat-investitsiya dasturi doirasida qurib foydalanishga topshirilgan edi. Endilikda bu yerda 6 ta guruh kesimida qamrab olingan 140 nafar 3 – 7 yoshli bola, zamonaviy shart-sharoitlarda ta’lim-tarbiya olmoqda. Ularga 11 nafar pedagog ta’limning “Ilk qadam” bosqichi sabog‘ini bermoqda.  Darhaqiqat, mazkur tadbirda o‘zbek xalqining buyuk siymolari yorqin bo‘yoqlarda aks ettirildi. Ular ijodidan she’r va qo‘shiqlar kuylandi. Ayniqsa, tashkilotlarning musiqa rahbarlari hamjihatligida taqdim etilgan ma’naviy-ma’rifiy, ko‘rgazmali va badiiy chiqishlar, ular tomonidan xalq ertaklari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlari ko‘pchilikda juda katta taassurot qoldirdi.  Eng muhimi, tadbir davomida yosh iqtidorlar kashf etildi. Masalan, ushbu ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Otabek Abdulhamidov yaqinda 6 yoshga to‘ladi. U hali bog‘cha tarbiyalanuvchisi bo‘lishiga qaramay shahmat donalari ustida kattalar bilan ham bemalol bellasha olishini amalda ko‘rsatib berdi.     Tadbir davomida yana bir iqtidor egasi – Dildora Yo‘ldashaliyeva ijro etgan raqslar barchani lol qoldirdi. U ayni paytda hokim sektori hududida joylashgan 24-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining “G‘unchaoy” nomli tayyorlov guruhida tarbiyalanar ekan. Eng qizig‘i, endigina 6 yoshni qarshilayotgan bu qizaloq tumanning “Mozorko‘hna”  mahallasida yashovchi tadbirkor oilada tavallud topganiga qaramay, uning beg‘ubor qalbida halitdan san’atga bo‘lgan oshnolik, mehr va ishtiyoq barchani lol qoldirdi. Boz ustiga, oftobday charaqlab turgan bu qizchaning guruhdosh o‘rtoqlari Mushtariy Jo‘raboyeva, Ziyoda Solijonova, Mubina Ibrohimova, Zilola Ma’rufjonovalar ham raqs bobida ilk qadamlarini Dildora bilan yelkadoshlikda tashlashmoqda.  Tadbir davomida o‘tkazilgan ochiq mashg‘ulot va shuningdek, musiqiy rahbarlar jo‘rligidagi jonli konsert ishtirokchilar davrasiga ko‘tarinki zavq va shukuh baxsh etdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligida sohada pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish to‘g‘risida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

O‘quv-amaliy seminarda Agentlik tasarrufidagi 2 ta oliy ta’lim muassasalari Toshkent shahridagi Puchon universiteti va A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahri filiali, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamda 91 ta pedagogika kollejlari rahbarlari ishtirok etishdi. 2 ta bosqichda o‘tkazilgan mazkur seminarda dastlab davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar ijrosi bu borada maktabgacha ta’lim sohasida pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirishda bajarilishi kerak bo‘lgan birinchi galdagi vazifalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Shin Agrippina Vasilevna amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarga toʻxtaldi. Jumladan, bugungi kunda agentlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarida 2 640 nafar talabalar, pedagogika kollejlarida 8 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 44 522 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda. Ularda ta’lim sifati holati moddiy-texnik bazadan samarali foylanish, ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olib zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar talablari asosida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda maktabagacha ta’lim sohasida o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlayotgan pedagogika kollejlari faoliyatini rivojlantirishda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar hamda ularni yangi bosqichga olib chiqish muhim qadam ekanligi aytib o‘tildi.    Shundan keyin, pedagogika kollejlarida 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi tahlil qilindi. Toshkent shahridagi Puchon universiteti va A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahri filiali, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hisobotlari eshitildi.  Kunning ikkinchi yarmida, o‘quv seminar doirasida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida pedagogika kollejlari direktorlari uchun ta’lim jarayonini tashkil etishdagi o‘zini oqlab kelayotgan an’anaviy hamda zamonaviy tendensiyalarga alohida e’tibor qaratish bu borada lozim bo‘lgan asosiy vazifalar bo‘yicha seminarlar tashkil etildi. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion laboratoriya faoliyati bilan tanishildi. Shuningdek, o‘quv-amaliy seminar davomida pedagogika kollejlarini faoliyati samaradorligi bo‘yicha toifalarga kirish ehtimollari ko‘rib chiqildi hamda direktorlarga bu borada qisqa kirish seminar o‘tkazildi. O‘quv-amaliy seminar yakunida muammolar o‘rganildi, fikr-mulohazalar, takliflar eshitildi.              

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Press-tur

PRESS-TUR Ma’lumot uchun : 2024-yilda Samarqand viloyatida DMTT (davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari) soni 759 taga, Nodavlat MTTlar soni 61 taga, DXSH (davlat xususiy sherikchilik) asosidagi MTTlar soni 135 taga, oilaviy MTTlar 3 262 taga ko‘payib, jami MTTlar soni 4 217 taga yetkazilgan. Ularda 356 760 nafar 3-7 yoshli bolalarning 255 777 nafari tarbiyalanmoqda. Natijada qamrov darajasi 69,0 foizga yetkazilgan.  2024-yilda Samarqand viloyatda 3-7 yoshli bolalar qamrovini 69,0 foizdan 72,1 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan bo‘lib, 268 ta yangi tashkilotlar, shundan 8 ta davlat, 5 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi va 325 ta oilaviy nodavlat MTTlarni tashkil etish orqali 12 614 nafar bolalarni qamrab olish,   • 10 ta to‘liq kunlik tayyorlov guruhlarini tashkil etish va ularga 250 nafar bolalarni qamrab olish; • 50 ta bir yillik bepul majburiy maktabga tayyorlov guruhlarini tashkil etish va ularga 971 nafar 6 yoshli bolalarni qamrab olish; • Homiylik mablag‘lari hisobidan 26 ta bo‘sh guruh xonalarni ta’mirlash hisobiga 580 o‘rinli yangi quvvat yaratish natijada, qo‘shimcha 14 165 nafar 3-7 yoshli bolalarni qamrab olish orqali qamrov darajasini 1 foizga oshirish rejalashtirilgan.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya sifatini oshirishdagi istiqboldagi rejalar, muammolar va yechimlar” mavzusida maktabgacha ta’lim sohasi xodimlari uchun viloyat Forumi o‘tkazildi.

2024-yilning 6-aprel kuni Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining tashabbusi bilan “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya sifatini oshirishdagi istiqboldagi rejalar, muammolar va yechimlar” mavzusida maktabgacha ta’lim sohasi xodimlari uchun viloyat Forumi o‘tkazildi.   Forumda Andijon viloyati Adliya boshqarmasi, Davlat xizmatlari markazi mutaxassislari hamda Maktabgacha ta’lim agentligining ishchi guruh ishtirok etdilar.     “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya sifatini oshirishdagi istiqboldagi rejalar, muammolar va yechimlar” mavzusida o‘tkazilgan Forumda jami 200 nafar, shundan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbarlari, mutaxassislari, Andijon shahardagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, har bir tumandan 5 nafardan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari, davlat-xususiy sheriklik asosidagi va oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari qatnashdilar.   O‘tkazilgan Forum jarayonida Maktabgacha ta’lim agentligi ishchi guruhi tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish, ularga zarur sharoitlar yaratish va ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, davlat-xususiy sherik asosidani nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, pedagog kadrlar sifatini yaxshilash, ularning malakasini oshirish, maktabgacha ta’limni raqamlashtirish yuzasidan maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jarayondagi mavjud muammolar, kamchiliklar muammolarni keltirib chiquvchi sabablari, ularning yechimlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar va metodik ko‘rsatmalar berildi. Andijon viloyati Adliya boshqarmasi, Davlat xizmatlari markazi mutaxassislari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash yuzasidan batafsiz tushunchalar berib o‘tildi. Forum ishtirokchilari tomonidan mavzu yuzasidan Maktabgacha ta’lim Agentligi, Adliya boshqarmasi, Davlat xizmatlari markazi vakillariga savollar berildi. Berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan beliglangan tartibda asoslangan javoblar qaytarildi. Shuningdek, Forum qatnashchilari tomonidan kelgusida maktabgacha ta’lim sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli takliflar berilib, Forum yuqori darajada, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.                         

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 414-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan holat yuzasidan RASMIY MUNOSABAT Joriy yilning 27- mart kuni 414-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 4-guruh tarbiyalanuvchisi X. S. ning onasi X. N.  guruh tarbiyachisi tomonidan farzandiga qo‘pollik qilganligi to‘g‘risida murojaat qilgan. Fuqaro murojaatida tarbiyachi I. S. kunduzgi mashg‘ulot vaqtida farzandi yig‘lab baqirganligi uchun bolaga qo‘l ko‘targan, natijada farzandining qo‘lida ko‘kargan barmoq izlari paydo bo‘lganini aytgan va tashkilot rahbaridan 27-martdagi guruhdagi kamera yozuvlarini ochib berishini talab qilgan. Kamera yozuvlaridagi video tasvirlarda bolasini tarbiyachi tomonidan qo‘pollik qilganligini ko‘rib, norozi bo‘lib tegishli tashkilotlarga murojaat qilishini va DMTT ma’muriyatidan tarbiyachiga nisbatan tegishli chora ko‘rilishini talab qilgan. Shu vaqtning o‘zida tarbiyachi I. S. ota-onalarning oldiga chaqirilib undan izoh talab qilingan. Tarbiyachi bolaga nisbatan o‘ta qo‘pol pedagogga xos bo‘lmagan munosabatda bo‘lganini tan olgan va ota-onadan kechirim so‘ragan. DMTT direktori G.X.S. ota-onalardan kechirim so‘rab, ma’muriyat tomonidan nazorat susayganligini, shu kunga qadar bunday holat hech qachon kuzatilmaganligini ta’kidlab o‘tgan. 2024-yilning 29-mart kuni mazkur noxush holat barcha xodimlar ishtirokida muhokama qilindi va pedagoglar bola hayoti, sog‘lig‘ini muhofaza qilish yuzasidan yana bir bor tanishtirildi. Qaror yig‘ilishiga asosan tarbiyachi S.I. ga nisbatan intizomiy chora ko‘rildi va 2024-yil 1-apreldan 414-DMTT ning 28-14-206-sonli buyrug‘i bilan tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.          Ushbu holat tuman prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.    Hurmatli tarbiyachi pedagoglar Maktabgacha ta'lim agentligi sizlarni ogohlantiradi!    ‼️Bolajonlarimizga berilayotgan ta'lim tarbiya jarayonlarida sizlarning o'rningiz beqiyosdir, ammo yuqorida keltirilgan kabi holatlar kuzatilishi endi dunyoni taniyotgan bolajonlarning murg'ak dunyosiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bunday holatlar bolalarda turli xil asoratlar berishi, uni qo'rqoq qilib qo'yishi yoki psixikasiga, nutqiy jarayonlariga o'z ta'sirini ko'rsatishi mumkin. Shularni inobatga olgan holda  zimmangizdagi mas'uliyatli vazifani sitqidildan ado etishingizni so'raymiz. Bola huquqlari qonun himoyasida. Bolaning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish,  bolaning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik,bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi "BOLA HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA" gi Qonuni bilan kafolatlangan.  O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 07.01.2008 yildagi O‘RQ-139-son (https://lex.uz/docs/-1297315?ONDATE2=18.05.2022&action=compare)     

Maktabgacha ta'lim agentligi
Jahon banki tanlovga taklif e'lon qiladi

Tanlovga taklif (Xarid ikki konvertli tartib-qoida boʻyicha amalga oshiriladi)   Mamlakat:                 Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha:                      Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish Kontrakt:                  Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun bolalar stol va stullarini hamda tegishli xizmatlarni xarid qilish Kredit raqami:          6418-UZ RFB raqami:             RFBG/2/02/20/3   1.      Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Jahon bankining “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi mablagʻlari hisobidan Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun bolalar stol va stullarini hamda tegishli xizmatlarni xarid qilish boʻyicha kontraktlar toʻlovlarini amalga oshirish rejalashtirgan. Mazkur kontrakt boʻyicha toʻlovlar Qarz oluvchi tomonidan, Jahon bankining investitsiya loyihalarini moliyalash uchun toʻlovlar boʻyicha yoʻriqnomasida belgilangandek, bevosita toʻlov yoʻli bilan amalga oshiriladi, kontraktga asosan akkreditiv boʻyicha amalga oshiriladigan toʻlovlar bundan mustasno. 2.      Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi huquqiy vakolatga ega Xarid ishtirokchilarini yopilgan va muhrlangan oʻz tanlov takliflarini taqdim etishga taklif etadi: 1 lot Davlat maktabgacha ta'lim muassasalari va tegishli xizmatlar uchun 9 216 ta bolalar stoli va 69 120 ta stul sotib olish 1-region (Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari) 2 lot Davlat maktabgacha ta'lim muassasalari va tegishli xizmatlar uchun 6 816 ta bolalar stoli va 51 120 ta stul sotib olish 2-region (Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari) 3 lot Davlat maktabgacha ta'lim muassasalari va tegishli xizmatlar uchun 5 068 ta bolalar stoli va 38 010 ta stul sotib olish 3-region (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari)   Ishtirokchilar oʻz takliflarini bitta yoki bir nechta lotga berishlari mumkin va har bir lot alohida koʻrib chiqiladi, baholanadi va har bir lot uchun alohida kontrakt tuziladi. 3.      Tanlov Jahon bankining 2016-yilning iyulida nashr etilgan va 2017-yil noyabrida va 2018-yil avgustida qayta koʻrilgan «IPF Qarz oluvchilari uchun xarid qoidalari»da bayon etilgan xalqaro tanlov xaridlari qonun-qoidalariga (“Xarid qoidalari”) asosan tanlov takliflarini talab qilish (RFB) yoʻli bilan amalga oshiriladi va Xarid qoidalarida belgilanganidek, barcha huquqiy vakolatga ega tanlov ishtirokchilari uchun ochiq. 4.      Huquqiy vakolatga ega boʻlgan manfaatdor tanlov ishtirokchilari qoʻshimcha maʼlumotlarni Tanlov hujjatlari bilan tanishib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligining “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi koordinatori Dilshod Gafarovdan ish kunlarida ish vaqtida (Toshkent vaqti bilan 09:00 – 18:00) quyida koʻrsatilgan manzildan olishlari mumkin. 5.      Huquqiy vakolatga ega manfaatdor tanlov ishtirokchilari procurement.ecdp@gmail.com elektron pochtasiga yoki quyida berilgan manzilga yozma murojaatlarini yoʻllab, ingliz tilidagi tanlov hujjatlarining toʻliq toʻplamini bepul olishlari mumkin. Tanlov hujjatlari ishtirokchi tomonidan koʻrsatilgan elektron manzilga yuboriladi. 6.      Tanlov takliflari qoʻyida berilgan manzilga 2024-yilning 21-may kuni soat 15:00dan (Toshkent vaqti bilan) kechikmasdan yetkazib berilishi lozim. Kechikkan tanlov takliflari rad etiladi. Ustiga “ASOSIY TAKLIF” deb qayd etilgan tashqi konvertlar va ustiga “TEXNIK QISM” deb qayd etilgan ichki konvertlarni oshkora ochish tadbiri Ishtirokchilar tomonidan tayinlangan vakillar yoki qatnashish istagini bildirgan boshqa shaxslar ishtirokida 2024-yilning 21-may kuni soat 15:00da (Toshkent vaqti) quyida berilgan manzilda oʻtkaziladi. Ustiga “IKKINCHI KONVERT: MOLIYAVIY QISM” deb qayd etilgan barcha konvertlar ochilmasdan qoladi va ikkinchi oshkora ochish tadbiriga qadar Xaridorning masʼuliyati ostida saqlanadi. 7.      Barcha takliflarga xaridda ishtirok etish takliflarini taʼminlash kafolati ilova qilinishi shart: 1 lot 16,000 AQSH dollari (O’n olti ming AQSH dollari) 2 lot 12,000 AQSH dollari (O’n ikki ming AQSH dollari) 3 lot 10,000 AQSH dollari (O’n ming AQSH dollari)   8.      Eʼtiboringizni Xaridlar toʻgʻrisidagi Nizomga qaratamiz. Unga koʻra Qarz oluvchi Xarid gʻolibining benefitsiar huquqi toʻgʻrisida maʼlumotni “Tanlov hujjatlariga kiritilgan benefitsiar egalik huquqi toʻgʻrisidagi maʼlumotni oshkor qilish” shaklidan foydalangan holda, Kontrakt berilishi toʻgʻrisidagi xabarning bir qismi sifatida oshkor qilishi talab etiladi. 9.      Yuqorida qayd etilgan manzil: Loyihani amalga oshirish guruhi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi. Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100070, Amir Temur koʻch., 17, 2-qavat, 201-xona. Tel.: +99871 207 04 08 (ichki: 607). El. pochta:   procurement.ecdp@gmail.com Veb-sayt: www.mpe.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Maktabgacha ta'lim agentligi faoliyatining ochiqligini ta'minlash hamda tizimda jamoatchilik nazoratini takomillashtirish" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi

O‘tgan davr mobaynida maktabgacha ta’lim tizimi tubdan isloh qilish hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va bolalarni maktabgacha ta’lim bilan yanada kengroq qamrab olinishini ta’minlash yo‘nalishida qator ijobiy natijalarga erishildi.          Jumladan, 2017-yilda maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 5 211 tani tashkil etgan bo‘lsa, sohaga nodavlat sektorni keng jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatda ilk marotaba davlat-xususiy sheriklik tizimini joriy qilish natijasida 2023-yilga kelib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 6,5 barobarga ortib, 33 942 taga yetkazildi. Misol uchun, nodavlat sektorning ulushi 2017-yilda 0,5 foiz (250 ta)ni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda ularning ulushi 80 foiz(28 ming ta)ga yetkazildi. Respublika bo‘yicha 2017-yilda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrovi  27 foiz(700 ming nafar)ni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 2,6 barobarga orttirilib, 74 foiz (2,2 mln. nafar)ga yetkazildi.                                                          Respublikadagi barcha bolalar uchun bir xil boshlang‘ich imkoniyatlarni yaratish yo‘lida har bir bolaning maktabga kirishidan bir yil oldin umumiy o‘rta ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tishga bo‘lgan huquqi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya” to‘g‘risidagi qonun bilan kafolatlandi. Endilikda bolalar maktabga chiqishdan oldin bir yillik majburiy bepul maktabga tayyorlovdan o‘tkazilmoqda. 2023-yil yakuniga kelib qamrab olingan 6 yoshli bolalar ulushi 93 foizga (692 ming nafarga) yetdi.          Maktabgacha ta’lim xizmatlarini yanada kengaytirish maqsadida maktabgacha ta’limning muqobil shakllari yaratildi. Xususan, barcha bolalarga teng imkoniyatlar yaratish maqsadida, 25 mingta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 662 ming nafar bolalar qamrovi ta’minlandi.          Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish imkoni mavjud bo‘lmagan olis va chekka hududlarda “Aqlvoy” loyihasi doirasida 156 ta mahallalarda qayta jihozlangan 72 ta ISUZU avtobuslarda negizida 429 ta mobil guruhlar tashkil etilib, ularga 9,5 ming nafar bolalar qamrab olindi.          YUNISЕF xalqaro bolalar tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan 20 ta “Turli xil yoshdagi maktabgacha ta’lim guruhlari” (o‘yin guruhlari)ga 496 nafar bolalar qamrab olindi.          Jahon bankining “Bolani erta rivojlantirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan “Ilk rivojlanish markazlari”ga jami 1 600 nafar bolalar jalb etildi.          Respublikadagi 3 519 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 535 160 o‘rinli qurilish-ta’mirlash (yangi 513 ta 73 905 o‘rin, rekonstruksiya 2 215 ta qo‘shimcha 104 030 o‘rin yaratilgan va mavjud 231 278 o‘rin ta’mirlangan, mukammal ta’mir 791 ta – 125 946 o‘rin) ishlari amalga oshirilgan.             2023-yilda tizimda qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan:  3-7 yoshli bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi ko‘rsatkich 71,8 foizdan 74,0 foizga va 6 yoshli bolalarning maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrovi 91,0 foizdan 93,0 foizga yetkazildi; ·        4 522 ta davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etildi; ·        71 ta DXSH asosidagi NMTTlar (7 100 o‘rin) hamda 4 402 ta (116 998 o‘rin) oilaviy shakldagi NMTTlar faoliyatini boshladi; ·        jami 26 890 quvvat (o‘rin)ga ega bo‘lgan 182 ta (53 ta yangi qurilish va 123 ta rekonstruksiya, 2 ta mukammal ta’mirlash) obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlari olib borildi.          Maktabgacha ta’lim agentligiga 2023-yil davomida jami 4 492 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, 2022-yilga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 1 012 taga yoki 22,5 foizga kamaygan. Agentlikka kelib tushgan murojaatlarning 2 578 tasi (57,3 foiz) ijobiy hal qilingan. Bundan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslarga telefon orqali konsultatsiya berish va murojaatlarni qabul qilishni tashkil etish maqsadida 2023-yil iyul oyida Maktabgacha ta’lim agentligida «Koll markazi» faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 2023-yil davomida Markazga biriktirilgan telefonlar orqali fuqarolar va tadbirkorlardan kelib tushgan 11 754 ta murojaatlar qabul qilinib, tegishli tartibda javob berilishi ta’minlandi.          2024-yilda 26,3 mingdan ortiq davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Davlat budjetidan  3 038,2 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-404-son qaroriga asosan 2024-yilda jami 176 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari obyektlarini qurish (43 ta obyekt), rekonstruksiya qilish (133 ta obyekt) ishlari amalga oshirilmoqda va mazkur maqsadlar uchun jami 1 020,0 mlrd so‘m mablag‘ajratilgan.          Maktabgacha ta’lim tizimida 2024-yil qator ustuvor vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. 2024-yil yakuniga qadar bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini 76,0 foizga, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrov darajasini 96 foizga yetkazish asosiy ustuvor vazifalardan hisoblanadi.                        

Maktabgacha ta'lim agentligi
2024-yil aprel oyida ilk bor Markaziy Osiyo davlatlaridan aynan Oʻzbekistonda 250ta davlat MTTlarida maktabgacha taʼlim sifati baholanadi

2024-yil  aprel oyida ilk bor Markaziy Osiyo davlatlaridan aynan Oʻzbekistonda 250ta davlat MTTlarida maktabgacha taʼlim sifati baholanadi Bugun Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi Maktabgacha taʼlim agentligi Jahon banki bilan hamkorlikda  MELQO xalqaro baholash vositasi asosida maktabgacha taʼlim sifatini oʻlchash boʻyicha treningga start berdi. Mazkur treningdan maqsad – xalqaro standartlar asosida respublikaning barcha hududidan 3-7 yoshdagi maktabgacha yoshdagi bolalar bilimi va rivojlanishi boʻyicha maʼlumotlarni toʻplash uchun 90 nafar milliy maʼlumotlarni yigʻuvchi mutaxassislar va 18 nafar maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi mutaxassislarini oʻqitish. Trening 2024-yil 25-martdan 2-aprelga qadar oʻtkaziladi. Treninglarni quyidagi xalqaro spikerlar oʻtkazadi:    1. Sherri Li Motte –Taʼlim fanlari doktori (DSc), Jahon bankining erta bolalar taʼlimi boʻyicha maslahatchisi 2. Djonatan Seydan– Xalqaro maslahatchi, PhD, Garvard universiteti   3. Bozmamadova Manzuna–Jahon bankining maslahatchisi            

Вид сайта
Размер шрифта