Jahon banki tanlovga taklif e'lon qiladi

news-detail

Tanlovga taklif

(Xarid ikki konvertli tartib-qoida boʻyicha amalga oshiriladi)

 

Mamlakat:                 Oʻzbekiston Respublikasi

Loyiha:                      Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish

Kontrakt:                  Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun bolalar stol va stullarini hamda tegishli xizmatlarni xarid qilish

Kredit raqami:          6418-UZ

RFB raqami:             RFBG/2/02/20/3

 

1.      Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Jahon bankining “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi mablagʻlari hisobidan Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun bolalar stol va stullarini hamda tegishli xizmatlarni xarid qilish boʻyicha kontraktlar toʻlovlarini amalga oshirish rejalashtirgan. Mazkur kontrakt boʻyicha toʻlovlar Qarz oluvchi tomonidan, Jahon bankining investitsiya loyihalarini moliyalash uchun toʻlovlar boʻyicha yoʻriqnomasida belgilangandek, bevosita toʻlov yoʻli bilan amalga oshiriladi, kontraktga asosan akkreditiv boʻyicha amalga oshiriladigan toʻlovlar bundan mustasno.

2.      Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi huquqiy vakolatga ega Xarid ishtirokchilarini yopilgan va muhrlangan oʻz tanlov takliflarini taqdim etishga taklif etadi:

1 lot

Davlat maktabgacha ta'lim muassasalari va tegishli xizmatlar uchun 9 216 ta bolalar stoli va 69 120 ta stul sotib olish 1-region (Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari)

2 lot

Davlat maktabgacha ta'lim muassasalari va tegishli xizmatlar uchun 6 816 ta bolalar stoli va 51 120 ta stul sotib olish 2-region (Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari)

3 lot

Davlat maktabgacha ta'lim muassasalari va tegishli xizmatlar uchun 5 068 ta bolalar stoli va 38 010 ta stul sotib olish 3-region (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari)

 

Ishtirokchilar oʻz takliflarini bitta yoki bir nechta lotga berishlari mumkin va har bir lot alohida koʻrib chiqiladi, baholanadi va har bir lot uchun alohida kontrakt tuziladi.

3.      Tanlov Jahon bankining 2016-yilning iyulida nashr etilgan va 2017-yil noyabrida va 2018-yil avgustida qayta koʻrilgan «IPF Qarz oluvchilari uchun xarid qoidalari»da bayon etilgan xalqaro tanlov xaridlari qonun-qoidalariga (“Xarid qoidalari”) asosan tanlov takliflarini talab qilish (RFB) yoʻli bilan amalga oshiriladi va Xarid qoidalarida belgilanganidek, barcha huquqiy vakolatga ega tanlov ishtirokchilari uchun ochiq.

4.      Huquqiy vakolatga ega boʻlgan manfaatdor tanlov ishtirokchilari qoʻshimcha maʼlumotlarni Tanlov hujjatlari bilan tanishib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligining “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi koordinatori Dilshod Gafarovdan ish kunlarida ish vaqtida (Toshkent vaqti bilan 09:00 – 18:00) quyida koʻrsatilgan manzildan olishlari mumkin.

5.      Huquqiy vakolatga ega manfaatdor tanlov ishtirokchilari procurement.ecdp@gmail.com elektron pochtasiga yoki quyida berilgan manzilga yozma murojaatlarini yoʻllab, ingliz tilidagi tanlov hujjatlarining toʻliq toʻplamini bepul olishlari mumkin. Tanlov hujjatlari ishtirokchi tomonidan koʻrsatilgan elektron manzilga yuboriladi.

6.      Tanlov takliflari qoʻyida berilgan manzilga 2024-yilning 21-may kuni soat 15:00dan (Toshkent vaqti bilan) kechikmasdan yetkazib berilishi lozim. Kechikkan tanlov takliflari rad etiladi. Ustiga “ASOSIY TAKLIF” deb qayd etilgan tashqi konvertlar va ustiga “TEXNIK QISM” deb qayd etilgan ichki konvertlarni oshkora ochish tadbiri Ishtirokchilar tomonidan tayinlangan vakillar yoki qatnashish istagini bildirgan boshqa shaxslar ishtirokida 2024-yilning 21-may kuni soat 15:00da (Toshkent vaqti) quyida berilgan manzilda oʻtkaziladi. Ustiga “IKKINCHI KONVERT: MOLIYAVIY QISM” deb qayd etilgan barcha konvertlar ochilmasdan qoladi va ikkinchi oshkora ochish tadbiriga qadar Xaridorning masʼuliyati ostida saqlanadi.

7.      Barcha takliflarga xaridda ishtirok etish takliflarini taʼminlash kafolati ilova qilinishi shart:

1 lot

16,000

AQSH dollari (O’n olti ming AQSH dollari)

2 lot

12,000

AQSH dollari (O’n ikki ming AQSH dollari)

3 lot

10,000

AQSH dollari (O’n ming AQSH dollari)

 

8.      Eʼtiboringizni Xaridlar toʻgʻrisidagi Nizomga qaratamiz. Unga koʻra Qarz oluvchi Xarid gʻolibining benefitsiar huquqi toʻgʻrisida maʼlumotni “Tanlov hujjatlariga kiritilgan benefitsiar egalik huquqi toʻgʻrisidagi maʼlumotni oshkor qilish” shaklidan foydalangan holda, Kontrakt berilishi toʻgʻrisidagi xabarning bir qismi sifatida oshkor qilishi talab etiladi.

9.      Yuqorida qayd etilgan manzil:

Loyihani amalga oshirish guruhi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi.

Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100070, Amir Temur koʻch., 17, 2-qavat, 201-xona.

Tel.: +99871 207 04 08 (ichki: 607).

El. pochta:   procurement.ecdp@gmail.com

Veb-sayt: www.mpe.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi va oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun 36 soatga moʻljallangan bepul masofaviy shakldagi qisqa muddatli malaka oshirish kurslari o‘z faoliyatini boshlaydi.

Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari o‘z faoliyatini boshlaydi. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi va oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 2024-yilning 25-mart sanasidan boshlab “Davlat-xususiy sheriklik asosidagi va oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun 36 soatga moʻljallangan bepul masofaviy shakldagi qisqa muddatli malaka oshirish kursi” o‘z faoliyatini boshlaydi. Qisqa muddatli kurslar 2024-yil noyabr oyiga qadar har hafta davomida tashkil etiladi. Kurslarda maktabgacha ta’lim tizimida davlat o‘quv dasturini joriy etish, pedagogning ish hujjatlari, kasbiy kompetensiyasi va kreativligi, rivojlanish markazlarida pedagogik jarayonni tashkil etish, kasbiy faoliyatda raqamli texnologiyalardan foydalanish kabi dolzarb masalalar o‘rganiladi. Kurslarda qatnashish istagini bildirgan pedagog kadrlar joriy yilning 25-martiga qadar hududiy tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.    Qisqa muddatli malaka oshirish kursi o'quv rejasi.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Ishbilarmon” tadbirkorlar kirdikorlari

tadbirkorlar kirdikorlari.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ishchi guruh tadbirkorlar bilan uchrashdi

Maktabgacha ta’lim Agentligining ayni paytda Namangan viloyatida bo‘lib turgan Ishchi guruhi sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Agentlikning Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Zafar Usanov qatnashgan mazkur tadbirda tizimning xususiy sektoriga doir huquqiy qo‘llanmalar, joriy etilayotgan imtiyozlar, shu bilan birga, tadbirkorlar oldiga qo‘yilayotgan davlat talablarining mazmun-mohiyati va ularni ijroga qaratish mexanizmlari haqida so‘z bordi. Jarayonlarda tizimning nodavlat sektoriga doir muammolar eshitildi. Bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan masalalar o‘z o‘rnida hal etildi. Vaqt talab qiladigan muammolar bo‘yicha muddatlar belgilandi.  Tadbirkorlardan qator savollar qo‘yildi. Xususan, Namangan shahrining Davlatobod tumanida faoliyat yurituvchi fuqarolarning yer-mulk, turar va noturar joyga doir bitim munosabatlari bilan bog‘liq  talablar xususidagi savollariga Agentlikning boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Abdug‘ulom Xakimov batafsil javob qaytardi. Ta’kidlash joizki, uchrashuv davomida yangi, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini ochish, mavjudlarining quvvatini oshirish, shuningdek davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalarning to‘lov davriga doir uzilish bilan bog'liq muammolar xususidagi murojaatlar katta qismini tashkil etdi.      

Вид сайта
Размер шрифта