MELQO xalqaro baholash vositasi asosida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini baholash natijalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 2024-yil 22-aprel holatiga MA’LUMOT

news-detail

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2024-yil 5-fevralda ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida maktabgacha ta’lim tizimidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri maktabgacha ta’lim sifatini MELQO xalqaro baholash vositasi asosida baholab, keyingi o‘rinda uni milliy darajada yanada tadbiq etish maqsad qilib belgilangan.

         MELQO xalqaro baholash vositasi ikkita moduldan iborat.
Birinchi modul – MODEL. Ushbu modul bola rivojlanishi va erta ta’limni o‘yin tarzida suhbat va ota-ona bilan bolaning oilaviy muhitda qanday rivojlanishi bo‘yicha intervyu shaklida o‘tkazilib, to‘g‘ridan to‘g‘ri baholash orqali amalga oshiriladi.
 Ikkinchi modul MELE - u direktor, tarbiyachi bilan suhbatlar orqali maktabgacha ta’lim tashkilotida erta ta’lim muhitining sifatini o‘lchaydi, shuningdek, tarbiyachini guruhdagi bolalar bilan ta’lim-tarbiya jarayoni davomida kuzatadi.

          Respublikaning 14 ta hududida 250 ta DMTTda ma’lumotlarni to‘plash bo‘yicha jadvalga muvofiq maktabgacha ta’lim sifatini o‘lchash bosqichi amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 25-mart kunidan 2-aprel kuniga qadar o‘tkazilgan seminar-treninglar doirasida 90 nafar ma’lumotlarni to‘plovchi milliy ekspertlardan 60 nafari imtihon sinovlaridan muvafaqyatli o‘tdi. Ushbu 60 nafar milliy ekspertlar 2024-yil 8-aprel kunidan boshlab ma’lumotlarni to‘plash jarayonini boshlashdi. Milliy ekspertlar tarkibidan 20 ta guruh tashkil etilib, unda 40 nafar milliy ekspert MODEL (bola rivojlanishi va erta ta’limni o‘yin tarzida suhbat va ota-ona bilan bolaning oilaviy muhitda qanday rivojlanishi bo‘yicha intervyu shaklida) va 20 nafari MELE (direktor, tarbiyachi bilan suhbatlar orqali maktabgacha ta’lim tashkilotida erta ta’lim muhitining sifatini o‘lchaydi) moduli bo‘yicha shakllangan.

         250 ta DMTTda ma’lumotlarni to‘plash quyidagi toifalar asosida amalga oshiriladi: har bir DMTTdan 4 nafar ota-ona (1000 nafar ota-ona), 4 nafar bola - (1000 nafar bola), 250 nafar direktor, 250 nafar tarbiyachi. Ma’lumotlar to‘plash planshetlar yordamida maxsus yaratilgan elektron ilovada amalga oshiriladi.

Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim Agentligi tomonidan muvofiqlashtirilib, bugungi kunda respublikaning 14 ta hududida maxsus seminar-treninglarni tamomlagan mutaxassislar tomonidan jarayonni texnik jihatdan raqamli ilovaning uzluksiz ishini qo‘llab quvvatlash, ma’lumotlarni to‘plash jarayonini kuzatish ishlari olib borilmoqda. Hududiy boshqarmalar tomonidan milliy ekspertlar tomonidan DMTTlarga to‘sqinliksiz kirish va o‘z ishini tashkil qilishda, shuningdek DMTTlarning geopazitsiyasini ta’minlashda barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.

         Milliy ekspertlar tomonidan ma’lumotlarni to‘plash jarayoni belgilangan grafik asosida amalga oshirilib kelinmoqda. Bugungi kunda hech qanday muammolar mavjud emas.

         2024-yil 22-aprel kuni holatiga belgilangan 250 ta DMTTdan 157 tasida (62,8%), 1000 nafar ota-onadan 628 nafaridan, 1000 nafar boladan 628 nafaridan, 250 DMTT direktorlaridan 157 nafar va 250 nafar tarbiyachidan 157 nafaridan ma’lumotlar bazasi shakllandi. Barcha ma’lumotlar hududlar kesimida ilova qilinadi.

Rejadagi ishlar:

1. 2024-yil 5-mayga qadar hududlardagi 93 ta DMTTda tadqiqotni o‘tkazish va ma’lumotlarni to‘plash.

2. 2024-yil 31-may qadar xalqaro ekspertlar tomonidan to‘plangan ma’lumotlar qayta ishlanadi.

3. 2024-yil 31-iyunga qadar 250 DMTTlarda ta’lim sifatini baholash natijalari yuzasidan xalqaro ekspertlaridan dastlabki hisobot olinadi.

4. 2024-yil 30-sentyabr kuniga qadar 250 DMTTlarda ta’lim sifatini baholash natijalari yuzasidan xalqaro ekspertlaridan yakuniy hisobot olish.

5. 2024-yil noyabr oyida maktabgacha ta’lim sifatini MELQO xalqaro baholash tizimi bo‘yicha o‘tkazilgan natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida xalqaro konferensiya o‘tkazish.

6. MELQO xalqaro baholash tizimini maktabgacha ta’lim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasi milliy tizimiga integratsiyalash.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта