“Oʻzbekiston - 2030” taraqqiyot strategiyasida maktabgacha taʼlim yoʻnalishi oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalar ijrosi yuzasidan matbuot anjumani o'tkazildi.

news-detail

         “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida Maktabgacha taʼlim agentligiga  yuklatilgan topshiriqlar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar
         Maktabgacha taʼlim agentligiga davlat dasturida belgilab berilgan ustuvor yoʻnalishlar, maqsadlar va vazifalar quyidagilardan iborat:
 1. Maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasini 76 foizga yetkazish.

2.
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida kompyuter guruhlarini tashkil etish.

3. Pedagoglarni ishga qabul qilish jarayonini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish, ularning darslarni oʻz vaqtida va sifatli oʻtishini qatʼiy taʼminlash. 

1)
Maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasini 76 foizga yetkazish bo’yicha amalga oshirish mexanizmlari quyidagilardan iborat:
 1.  1 400 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi, shu jumladan oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish.

2. Investitsiya dasturi doirasida 43 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish va 133 ta rekonstruksiya qilish orqali 5 570 ta qoʻshimcha yangi quvvatlar yaratish.

3. 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimi bilan qamrov darajasini 96 foizga yetkazish.
         Ushbu  mexanizmlarning ijrosi jarayonlarida quyidagi vazifalar amalga oshirildi. 2024-yilning I choragida 797 ta yangi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etilib, ularga 12 875 nafar bolalar qabul qilinishi natijasida bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi 74,3 foizga yetkazildi.
Bunda: 23 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 1 635 nafar;
16 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 922 nafar;

5 ta xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 250 nafar;

753 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 10 068 nafar bolalar qamrab olindi.

         6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrov darajasini oshirish maqsadida joriy yilning I choragida 1 140 nafar bolalar uchun yangi oʻrinlar yaratildi. Bunda:

26 ta qisqa muddatli guruhlarga 780 nafar;

12 ta toʻliq kunlik guruhlarga 360 nafar bolalar qamrab olindi.
2)
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida kompyuter guruhlarini tashkil etish bo’yicha
170 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining maktabga tayyorlov guruhlarida zamonaviy taʼlim planshetlari va sensorli ekranli interaktiv doskalardan iborat kompyuter guruhlarini tashkil etish uchun texnikalar xarid qilish maqsadlari belgilab olindi. 
        
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini planshet va interaktiv doskalar bilan ta’minlash maqsadida ularning texnik tafsilotlari ishlab chiqildi.

         Shu bilan birga mazkur texnikalar bilan jihozlangan maktabgacha ta’lim tashkilotlari manzilli ro‘yhati tasdiqlandi. 
         3)
         Pedagoglarni ishga qabul qilish jarayonini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish, ularning darslarni oʻz vaqtida va sifatli oʻtishini qatʼiy taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachi-pedagog kadrlarni psixologik metodika va testlar orqali saralash mexanizmlarini ishlab chiqib, ularni joriy etish yuzasidan takliflar kiritish mexanizmlari ishlab chiqildi va bu bo’yicha Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachi-pedagog kadrlarni 3 bosqichda psixologik metodika va testlar orqali saralash mexanizmlarini ishlab chiqib, ularni joriy etish, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan psixologlarni maxsus oʻquv dasturi orqali oʻqitish asosida amalga oshirish bo‘yicha asoslangan takliflar ishlab chiqilmoqda.

Ushu jarayonlar 2024-yil davomida amalga oshiriladi.
  
2030a.jpg 

2030b.jpg 

2030e.jpg  

 

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта