Maktabgacha ta’lim agentligida sohada pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish to‘g‘risida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

news-detail

O‘quv-amaliy seminarda Agentlik tasarrufidagi 2 ta oliy ta’lim muassasalari Toshkent shahridagi Puchon universiteti va A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahri filiali, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamda 91 ta pedagogika kollejlari rahbarlari ishtirok etishdi.

2 ta bosqichda o‘tkazilgan mazkur seminarda dastlab davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar ijrosi bu borada maktabgacha ta’lim sohasida pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirishda bajarilishi kerak bo‘lgan birinchi galdagi vazifalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Shin Agrippina Vasilevna amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarga toʻxtaldi.

Jumladan, bugungi kunda agentlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarida 2 640 nafar talabalar, pedagogika kollejlarida 8 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 44 522 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda. Ularda ta’lim sifati holati moddiy-texnik bazadan samarali foylanish, ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olib zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar talablari asosida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda maktabagacha ta’lim sohasida o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlayotgan pedagogika kollejlari faoliyatini rivojlantirishda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar hamda ularni yangi bosqichga olib chiqish muhim qadam ekanligi aytib o‘tildi.   

Shundan keyin, pedagogika kollejlarida 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi tahlil qilindi. Toshkent shahridagi Puchon universiteti va A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahri filiali, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hisobotlari eshitildi.

 Kunning ikkinchi yarmida, o‘quv seminar doirasida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida pedagogika kollejlari direktorlari uchun ta’lim jarayonini tashkil etishdagi o‘zini oqlab kelayotgan an’anaviy hamda zamonaviy tendensiyalarga alohida e’tibor qaratish bu borada lozim bo‘lgan asosiy vazifalar bo‘yicha seminarlar tashkil etildi.

Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion laboratoriya faoliyati bilan tanishildi.

Shuningdek, o‘quv-amaliy seminar davomida pedagogika kollejlarini faoliyati samaradorligi bo‘yicha toifalarga kirish ehtimollari ko‘rib chiqildi hamda direktorlarga bu borada qisqa kirish seminar o‘tkazildi.

O‘quv-amaliy seminar yakunida muammolar o‘rganildi, fikr-mulohazalar, takliflar eshitildi.    

sem2.jpg  

sem3.jpg  

sem4.jpg  

sem5.jpg  

sem6.jpg  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта