2024-yilning 6-aprel kuni Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining tashabbusi bilan “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya sifatini oshirishdagi istiqboldagi rejalar, muammolar va yechimlar” mavzusida maktabgacha ta’lim sohasi xodimlari uchun viloyat Forumi o‘tkazildi.
Forumda Andijon viloyati Adliya boshqarmasi, Davlat xizmatlari markazi mutaxassislari hamda Maktabgacha ta’lim agentligining ishchi guruh ishtirok etdilar.
“Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya sifatini oshirishdagi istiqboldagi rejalar, muammolar va yechimlar” mavzusida o‘tkazilgan Forumda jami 200 nafar, shundan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbarlari, mutaxassislari, Andijon shahardagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, har bir tumandan 5 nafardan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari, davlat-xususiy sheriklik asosidagi va oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari qatnashdilar.
O‘tkazilgan Forum jarayonida Maktabgacha ta’lim agentligi ishchi guruhi tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish, ularga zarur sharoitlar yaratish va ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, davlat-xususiy sherik asosidani nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, pedagog kadrlar sifatini yaxshilash, ularning malakasini oshirish, maktabgacha ta’limni raqamlashtirish yuzasidan maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jarayondagi mavjud muammolar, kamchiliklar muammolarni keltirib chiquvchi sabablari, ularning yechimlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar va metodik ko‘rsatmalar berildi.
Andijon viloyati Adliya boshqarmasi, Davlat xizmatlari markazi mutaxassislari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash yuzasidan batafsiz tushunchalar berib o‘tildi.
Forum ishtirokchilari tomonidan mavzu yuzasidan Maktabgacha ta’lim Agentligi, Adliya boshqarmasi, Davlat xizmatlari markazi vakillariga savollar berildi. Berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan beliglangan tartibda asoslangan javoblar qaytarildi.
Shuningdek, Forum qatnashchilari tomonidan kelgusida maktabgacha ta’lim sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli takliflar berilib, Forum yuqori darajada, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.