O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2024-yil 5-fevralda ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida maktabgacha ta’lim tizimidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri maktabgacha ta’lim sifatini MELQO xalqaro baholash tizimi asosida baholab, keyingi o‘rinda uni milliy darajada yanada tadbiq etish maqsad qilib belgilangan.
2024-yil 1-chorak holatiga ko‘ra quyidagi ishlar amalga oshirildi:
MELQO xalqaro baholash vositasi O‘zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari va “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturiga muvofiqlashtirildi;
barcha materiallar raqamlashtirilib, o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillariga tarjima qilindi;
250 Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tanlab olish mezonlari ishlab chiqildi (shahar, tuman (qishloq) hududlari, 5-6 va 6-7 yoshli guruhlarning mavjudligi, genderlik/o‘g‘il bola va qiz bola);
Jahon bankining xalqaro ekspertlari ishtirokida tasodifiy tanlov (rondom usulida) har bir hududdan 250 Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olindi;
250 Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tanlov natijalari quyidagicha amalga oshirildi: shahar hududi – 68 (24%) tuman (qishloq) hududi – 182 (76%);
250 Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining har bir hududdan manzilli ro‘yxati shakllantirildi;
2024-yil 12-mart kuni joylarda ta’lim sifatini baholash jarayonini tashkil qilishda ko‘maklashadigan hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari mas’ul vakillari ishtirokida onlayn seminar o‘tkazildi;
2024-yil 18-20 mart kunlari Erta yoshdagi bolalar ta’lim sifati va natijalarini baholash bo‘yicha xalqaro MELQO baholash tizimi asosida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini baholash ishlariga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan DMTT direktorlari, metodistlari va tayyorlov guruh pedagoglari uchun onlayn seminar tashkil etildi;
2024-yilning 25-29 mart kunlari Baholash tizimi asosida ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha 30 nafar trenerlarni ta’lim muhiti (MELE) moduli asosida
tayyorlashga qaratilgan seminar-treninglar hamda 25 martdan 2 aprel kuniga qadar Baholash tizimi asosida ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha 60 nafar trenerlarni bolalarning rivojlanishi va ta’lim olishi (MODЕL) moduli asosida tayyorlashga qaratilgan seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.
Treningda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 8 nafar, Maktabgacha ta’lim agentligining 10 nafar, ta’lim muhiti (MELE) moduli asosida ma’lumotlarni yig‘uvchi mutaxassislar 30 nafar, bolalarning rivojlanishi va ta’lim olishi (MODЕL) moduli asosida ma’lumotlarni yig‘uvchi mutaxassislar 60 nafari ishtirok etishdi.
Seminar-treningda Sherri Li Motte – pedagogika fanlar doktori (DSc) Jahon bankining maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha maslahatchi, Djonatan Seydan – Garvard universiteti ta’lim siyosati va dasturlarini baholash bo‘yicha (PhD) o‘z treninglari bilan ishtirok etishdi. Unda tarbiyalanuvchilar, pedagoglar, tashkilot direktori, ota-onalardan so‘rovnomalar olish hamda guruhni kuzatish orqali baholash bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, trening ishtirokchilari seminar-treningda olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash va tajriba oshirish maqsadida joriy yilning 29-mart hamda 1-2 aperel kunlari tushlik vaqtiga qadar Chilonzor tumanidagi 24-, 215-, 256-, 261-, 291-, 538-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amaliyot o‘tashdi.
Seminar-treningni tamomlagan ma’lumotlarni yig‘uvchilar (hisobchilar), O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimlari, Maktabgacha ta’lim agentligining vakillari uchun yakuniy test sinovlari tashkil etildi va natijalari bo‘yicha xalqaro sertifikatlar topshirildi. Ta’kidlab o‘tish joizki, hududlarda ma’lumot yig‘ish jarayoniga faqat sertifikatlangan mutaxassislar jalb qilinadi.
2024-yil 8-apreldan 3-mayga qadar hududlardagi 250 DMTTlarda ma’lumot yig‘ish jarayoni amalga oshirilishi rejalashtrilgan bo‘lib, reja-grafik ishlab chiqildi va mazkur grafik asosida hozirgi kunda tanlab olingan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida baholash ishlari o‘tkazilmoqda.
Ma’lumot uchun:
MЕLQO nima? - Erta yoshdagi bolalar ta’lim sifati va natijalarini baholash bo‘yicha xalqaro vosita.
MELQO – mamlakat darajasida 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan (boshlang‘ich ta’limga o‘tishdan oldin) bolalarning rivojlanishi va ta’lim olishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishga mo‘ljallangan vositadir.
MELQO – ko‘plab mamlakatlarda sinovdan o‘tgan va milliy baholash tizimlarini rivojlantirish uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi.
MELQO – bolalarning rivojlanishi va ta’lim olishi (MODЕL) va ta’lim muhiti (MELE) ikki moduldan iborat bo‘lib, turli ko‘rsatkichlar bo‘yicha bolalarning rivojlanishi va ta’lim muhiti haqida to‘liq ma’lumot beradi.
MODЕL moduli bolani bevosita kuzatish va ota-ona (uning o‘rnini bosuvchi shaxs) bilan suhbatlashish orqali erta ta’lim va rivojlanishning darajasini baholaydi.
MELE moduli guruhda ta’lim muhitini kuzatish, pedagog va maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori bilan suhbatlar orqali baholanadi.
MELQO baholash vositalari o‘z modullari (MODEL, MELE) bilan O‘zbekiston Respublikasi Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturiga muvofiqlashtirilib, o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillariga tarjima qilingan.