Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Jamoatchilik kengashi aʼzolari uchun seminar tashkil etildi

Maktabgacha taʼlim vazirining 2019 yil 4 dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi huzurida Jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 207-son buyrugʼi asosida yigirma toʼrt kishidan iborat vazirlik huzuridagi jamoatchilik kengashi tarkibi shakllantilgan boʼlib, jamoatchilik kengashi raisi sifatida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi professori Sultanova Eʼtibor Siddiqovna tasdiqlangan. Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalaridan biri sifatida sohaga oid qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasida qonun hujjatlari talablari ijrosini taʼminlash, davlat xizmatlarini koʼrsatish, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni roʼyobga chiqarish boʼyicha vazirlik va uning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish belgilangan. Maktabgacha taʼlim vazirligi binosida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan "Zoom" platformasi oqali tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Jamoatchilik Kengashlari faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan seminar tashkil etildi. Seminarda jamoatchilik kengashi raisi Eʼtibor Sultanova, jamoatchilik kengashi aʼzolari hamda vazirilik xodimlari ishtirok etishdi. Seminarda vazirlik tomonidan 2021 yil besh oyida jamoatchilikka taqdim etilgan maʼlumotlar hisoboti berildi. Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumanida faoliyatini boshlagan yangi MTTlar

Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumani maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufida 43 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat ko'rsatib, shundan 23 ta davlat, 2 ta xususiy, 1 ta Davlat xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat va 17 ta oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlari hisobiga to'g'ri keladi.Hozirgi kunda viloyatdagi mavjud 10 817 nafar 3-7 yoshli bolalarning 6 013 nafari yoki 55,6 foizi mazkur maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olindi.O'rta Chirchiq pedagogik kolleji qoshida 7 sonli DMTT ochildi. MTT binosi butunlay ta'mirlanib, hozirda u 8 ta guruhni (240 nafar tarbiyalanuvchidan iborat) o'ziga sig'dira oladi. Ichki jihozlar va mebel bolalarning yoshi inobatga olingan holda yengil va ekologik toza materiallardan ishlangan.Maktabgacha ta'lim yo'nalishiga 2019 yil sentyabr oyidan O'rta Chirchiq pedagogika kollej bazasida maktabgacha ta'lim tashkiloti tashkil etish yuzasidan amaliy ishlar yo'lga qo'yilib, 240 o'rinli maktabgacha ta'lim tashkiloti "Vodiy sarkor biznes" MCHJ korxonasi tomonidan jami qiymati 2 mlrd. 200 mln. so'mlik qurilish ishlari olib borildi.Tumandagi kim-Pen Xva maxalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan "Do'stlik" nomli 19-DMTT 1973-yilda qo'rilib, 140 quvvatga ega. O'zbekiston Respublikasi Prizidentining 2018 yil 19-dekabrdagi PQ-4067-sonli qaroriga muvofiq 2019 yil "Investisiya" dasturi asosida rekonstruktsiya qilinib, 325 quvvatga ega zamonaviy DMTT qurib bitkazildi. Bugungi kunda ushbu DMTT obyekti qurilish-ta'mirlash ishlari yakulanib, foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.Tumanda 7 sonli va 19 sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini boshlanishi natijasida yangi 62 ta ish o'rini va 565 quvvat yaratilib, tumanning qamrovi 6 013 nafar yoki 55,6 foizdan 6 578 nafar yoki qo'shimcha 5,2 foiz qamralib, 60,8 foizga yetkaziladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bu yurtning barcha bolalari eʼtiborda!

Har qanday davlat siyosatining insonparvar tamoyillarga asoslanishi, jamiyatda aholining nogiron va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning erkin, farovon yashashi uchun kerak boʼlgan barcha sohadagi qoʼllab-quvvatlanishlari bilan belgilanadi. Аlohida yordamga muhtoj boʼlgan bolalarning taʼlim olish jarayonini isloh qilib borish, rivojlanish darajasidan qatʼiy nazar, har bir davlat va jamiyat oldida turgan masaladir. Ularning ijtimoiy hayotda munosib tarzda oʼz oʼrnini topishi, bevosita ishtirok etishi uchun taʼlimni toʼlaqonli oʼzlashtirishi hamda uning zamirida muayyan kasb-hunarni egallay olishi lozim. Oddiy sharoitlarda, maktabgacha taʼlim tizimida kamol topgan, tibbiy jihatdan sogʼligida nuqsoni bor boʼlgan bolalar olgan taʼlimining darajasi ularning ijtimoiy reabilitatsiyasi, moslashuvi hamda jamiyat hayotiga samarali uygʼunlashuvining muvaffaqiyatiga bevosita taʼsir koʼrsatadi. Yaʼni mazkur taʼlim tizimi sharoitida bilimlarni egallagan, ijtimoiy hayotda yashash uchun zaruriy sanalgan koʼnikmalar va kasb hunarni egallagan har qanday nogironligi boʼlgan shaxs oʼzgarishlar jarayoniga tez va qulay moslashib, shaxsiy va oilasining hayotini farovonlashtirishi orqali mamlakat aholisi turmush darajasining yuqorilashuvini taʼminlaydi. Shu jihat bilan bogʼliq holda taʼlim tashkilotlarining bugungi vazifasi alohida yordamga muhtoj bolalarni oʼz oilasi, mahallasida oʼsib kamol topishiga qulay sharoit yaratib berish orqali zamonaviy bilimlar, hayotga toʼsiqlarsiz uygʼunlashib ketishining omili sanalgan ijtimoiy malakalar bilan qurollantirish, mustaqil ravishda faoliyat koʼrsata olishga oʼrgatishdan iborat etib belgilanmoqda. Maktabgacha taʼlim vaziri hamda tegishli boshqarma boshliqlari bolajonlar uchun korreksion-pedagogik va reabilitatsiya uskunalari bilan Chilonzor tumanidagi 289-sonli va Qibray tumanidagi 34-sonli koʼptarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotiga tashrif buyurishdi. Uchrashuvda bolajonlar tomonidan sheʼrlar, raqslar ijro etildi. Koʼngli koʼtarilgan qalbi murgʼak shirintoylarni koʼrganda, inson beixtiyor koʼngli shod boʼladi. Tadbir soʼngida har bitta bolajonga sovgʼalar taqdim etildi. Аyniqsa, tadbirga tashrif buyurgan ota-onalar tomonidan aynan shunday bolajonlar jamiyatda oʼz oʼrnini topishi maqsadida qilinayotgan saʼy-harakatlari uchun minnadorchilik bildirildi. Аlbatta, bu kabi insonparvarlik siyosatining davlat tomonidan amalga oshirilishi, alohida ehtiyojga ega boʼlgan bolalarni jamiyat hayotiga faol aralashuvi, qolaversa jamiyatda oʼz oʼrniga ega boʼlishi kabi maqsadlar olgʼa surilayotganligining bevosita guvohi boʼlmoqdamiz. Bu kabi yuksak eʼtibordan ota-onalarning xursandchiligi cheksizdir, shu bilan birga farzandining ertasi uchun davlat qaygʼurayotganligidan koʼngillari tinch va xotirjamligi ularning chehralaridan anglash qiyin emas. Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Sifatni oshirishga qaratilgan islohot

Barchamizga ma'lumki, har bir rahbar kadr o'z ustidan muntazam ravishda ishlamasa, o'zini rivojlantirish yo'lida sa'y-harakatlarni amalga oshirmasa, zamon talabidan yiroqlashadi. Aynan shu masalada maktabgacha ta'lim sohasida barcha hududiy rahbar xodimlarni lavozimga kompetentligi yuzasidan isloh qilish jarayoni vujudga keldi. Ko'pchilikka sir emas so'nggi to'rt yilda sohada bolalar qamrovi 60 foizdan oshdi, Mttlar soni 18 126ga etdi, bularning zamirida avvalom bor Davlat rahbarining siyosatlari yotibdi.Davr talabi bo'yicha hududlarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari sonini ko'paytirish, tarbiyalanuvchilarning yanada qamrovini kengaytirish va ularga beriladigan ta'lim-tarbiya sifatini oshirish masalalari dolzarbligini e'tiborga olgan holda, bir qator ishlar amalga uchun zarur chora-tadbirlar belgilanmoqda.Ammo, tan olishimiz kerakki chekka hududlarda hamon qamrov darajasi past, shu bois, tumanlarning olis va chekka hududlarida maktabgacha ta'lim tashkilotlari barpo etilishi rejalashtirilgan. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini ilg'or xorijiy tajriba asosida qurish, zamonaviy jihozlar va qo'llanmalar bilan ta'minlash hamda ta'lim-tarbiya sifatini talab darajasiga ko'tarish lozim. Bu borada hududlardagi har bir rahbar xizmat majburiyatlarini amalga oshirishda sustkashlikka yo'l qo'ymasdan, o'z ustida ishlashi, malakasini oshirib borishi, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni to'laqonli bajarishi shartligi belgilangan. Aynan shu maqsadda, vazirlik tomonidan viloyat va tuman rahbarlarini o'z lavozimlarida vaqtincha vazifani olib borish mas'uliyati yuklatilyapti. Nega degan savol tug'iladi? Bunda har bir rahbar xodim, ishlab turgan lavozida yanada shijoatkorlik, yuklatilgan vazifasidan kelib chiqib, yangi g'oyalar va tashabbuslar bilan sohani rivojlantirishga qaratilgan dasturlar yaratilishi ko'zda tutilgan.Yuqoridagilarni inobatga olib, hududlardagi har bir rahbar xodimlar maktabgacha ta'lim sohasidagi o'zgarishlarga munosib hissasini qo'shishi maqsadida o'z vazifasini bajaruvchi darajasiga tushirilib, mas'uliyatni sezgan holda o'z lavozimiga loyiqligini oshkoralik va shaffoflikka rioya qilgan holda, xalqning ishonchini oqlashi hamda faoliyatining samarasi va natijadorligiga erishishi talab etilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Aqlvoy" telekanalining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Bugun, Toshkent shahri Markaziy bog'ida "Aqlvoy" telekanalining rasmiy ochilish marosimi o'tkazildi. "Aqlvoy" xususiy bolalar telekanali Maktabgacha ta'lim vazirligi ko'magi bilan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil avgust oyida qabul qilingan "Ixtisoslashgan bolalar ko'ngilochar–ma'rifiy telekanalini tashkil etish to'g'risida"gi qarori asosida tashkil etilgan. Shuningdek, 22 martdan buyon test rejimida ishlayotgan mazkur telekanal hozirgacha 20 ta telekanal ichidan kunlik reytingda 4-o'rinni egallagan. Dastlab, O'zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboeva marosimni kirish so'zi bilan ochib berdi. Ochilish marosimida so'zga chiqqan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboeva, O'zbekistonda maktabgacha ta'lim qamrovi 3-4 yil avval 27 foizni tashkil qilganligi, hozirda esa bu ko'rsatkich 61 foizni tashkil etganligini mamnuniyat ila ta'kidlab, "2025 yilgacha mazkur ko'rsatkich 100 foizni ko'rsatishi reja qilinganligini haqida so'zladilar. Xalqaro hamkorlarga soha rivojiga qo'shayotgan hissalari uchun o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Xususan, BMTning UNICEF tashkilotiga, Jahon banki vakillariga, barcha elchixona xodimlariga katta rahmat aytamiz", — dedi Senat raisi. "Aqlvoy" telekanalining asosiy maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarga ilmiy-ma'rifiy, ko'ngilochar va intellektual rivojlanishiga qaratilgan teledasturlarni efirga berishdan iborat. Bundan tashqari, telekanalning asosiy auditoriyasi 3 yoshdan 9 yoshgacha bo'lgan bolalar bo'lib, kanal soat 07:00 dan 22:00 gacha faoliyat yuritadi. "Aqlvoy" telekanalining asosiy maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarga ilmiy–ma'rifiy, ko'ngilochar va intellektual rivojlanishiga qaratilgan teledasturlarni efirga berishdan iborat. Tadbir doirasida shular bilan bir qatorda, "Aqlvoy" oshpaz kitobi taqdimoti ham o'tkazildi. Oshpaz Bahriddin Chustiyning bergan ma'lumotiga asosan, ushbu bolalar uchun mo'ljallangan taomlar reseptlari kitobi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun maxsus ishlab chiqilgan. Unda 250 dan ortiq taomning tayyorlanish resepti joy olgan. Ushbu loyiha uchun umumiy 50 dan ortiq jamoa vakillari ishtirok etgan. El suygan san'atkorlar hamda maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilarining musiqali chiqishlari marosimga o'zgacha kayfiyat ulashdi. Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Uch bosqichli kaskad usulida pedagoglarni kompetentsiyalarini rivojlantirish.

Maktabgacha taʼlim vazirligining 2021 yil 18-maydagi 88-sonli buyrugʼiga asosan 2021 yil yakuniga qadar 20 mingdan ziyod maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarini qamrab olgan holda hududlarda uch bosqichli kaskad usulida pedagoglarni kompetentsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan seminar treninglar tashkil etilishi rejalashtirilgan boʼlib, ushbu maqsadda 26-29 may kunlari Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida maktabgacha taʼlim tizmining hududlardagi 28 nafar katta tajribaga ega pedagoglari trenerlar sifatida tayyorlandilar. Oʼz navbatida ushbu trenerlar hududlarda yana 414 nafar trenerlarni tayyorlaydilar va birgalikda respublikamizning barcha tuman (shahar)larida maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun seminar treninglar tashkil etadilar.Mazkur seminar treninglarni tashkil eitshdan maqsad maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiyaning samarali tashkiliy va pedagogik shakllari, oʼqutishning zamonaviy va ilgʼor usullari hamda yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini taʼlimiy va tarbiyaviy jarayonga joriy etish, pedagoglarning kasbiy kompetentsiyalarini yanada oshirishdir. Seminar trening kursining oxirida ishtirokchilar taqdimot ishlarini namoyish qildilar. Oʼzlashtirgan bilimlarni, oʼzlarining kasbiy faoliyatni samarali tashkil etish malakalariga egaliklarini, pedagogning intellektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashlarini boyitishda pedagoglarning kasbiy kompetentlik sifatlari va kreativlik mohiyatini, oʼqitishning yangi, innovatsion shakl, metod va vositalari bilan tanishtirish, oʼz ish faoliyatlarini tashkil etish, faollashtirish borasida bilim, koʼnikma va malakalariga ega boʼladilar. Bugungi kun maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagogiga qoʼyilayotgan talablarning mazmun va mohiyati ham anglanilib, har bir ishtirokchi test ham topshirdi. Mazkur qisqa muddatli kurs maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagoglarning kasbiy kompetentligini va kreativligini oshirishga erishish imkoniyatini yaratdi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Bolaga begovelda yurishni qanday oʼrgatish kerak?

Prezidentimizning 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sogʼlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmonida velosiped sport turini rivojlantirish yuzasidan qator vazifalar belgilangan.Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Turizm va sport vazirligi, Oʼzbekiston velosiped sporti federatsiyasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda YeXHTning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari sport bilan shugʼullanishi uchun ularni zamonaviy begovellar – bolalar uchun pedalsiz velosipedlar bilan taʼminlash, “Oʼzbekistonda birinchi bolalar velomarafoni”ni oʼtkazish boʼyicha memorandum imzolangandi.Memorandum doirasida 2021 yildan boshlab respublikamizning barcha hududlaridagi maktabgacha taʼlim muassasalarini bosqichma-bosqich begovellar bilan taʼminlash koʼzda tutilgan.Loyiha doirasida Toshkent shahridagi 13 ta maktabgacha taʼlim tashkilotiga dastlabki 400 ta begovel topshirildi. Shu munosabat bilan Yakkasaroy tumanidagi 369-sonli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotida begovel yetkazib berilgan muassasalar tarbiyachilari uchun trening oʼtkazilib, bolani begovelga oʼrgatish mahorati oʼrgatildi, begovelning foydali xususiyatlari, oʼziga xos jihatlari haqida batafsil maʼlumot berildi. – Begovelning asosiy afzalligi shundaki, – deydi Oʼzbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi Leysan Xazieva. – Bola odatdagi pedal velosipedga qaraganda unda muvozanatni saqlashni oʼrganishi osonroq. Begovel bolaning mushak-skelet tizimini mukammal darajada rivojlantiradi. Begovelda bola tanasini boshqarishni va harakatlarini tezlikda muvofiqlashtirishni oʼrganadi.Loyiha doirasida maktabgacha taʼlim muassasalari oʼqituvchilari hamda ota-onalar uchun “Bolaga begovelda yurishni qanday oʼrgatish kerak?” nomli uslubiy qoʼllanma ishlab chiqildi. Oʼzbekiston velosiped sporti federatsiyasining tajribali murabbiylari hamda mahoratli sportchilari tomonidan amaliy mashgʼulotlar olib borildi. – Bolajonlarni begovelga oʼrgatish jarayonida ularning ayrimlarida biroz hadik, baʼzi birlarida qoʼrquv, hayajon boʼldi, – deydi Oʼzbekiston milliy terma jamoa aʼzosi Yanina Kuskova. – Аmmo qiziqishlari ustunlik qilib, tezda begovelda yurish koʼnikmasini egallab olishdi. Oʼylaymanki, ular tarbiyachilari koʼmagida bir-necha kunlik mashqlardan soʼng, begovelni erkin boshqara olishadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ziroat Mirziyoyeva Nukusdagi “Imkon” reabilitatsion bolalar bog’chasiga tashrif buyurdi

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Nukus shahridagi "Imkon" reabilitatsiya markaziga ega ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi bolalari bilan uchrashdi. — Bu dargohdagi o‘g‘il-qizlar qanchalik harakat qilib o‘z ustida ishlayotgani, ular erishayotgan yutuqlarni ko‘rib, juda mamnun bo‘ldim. Asosiysi, har bir bolaga alohida yondashuv bor, hech kim eʼtibordan chetda qolmayapti, — dedi Ziroat Mirziyoyeva. Eslatib o'tamiz, Nukusda 2019-yil aprel oyida nogironligi bor bolalar uchun “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega bo'lgan O'zbekistondagi birinchi ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi ochilgan. "Imkon" loyihasining o'ziga xos xususiyati – reabilitatsiya va ta'lim bo’limlarini birlashtirishga qaratilgan kompleks yondashuv, bu har xil nogironligi bor bolalarga yaxlit, maqsadli, individual yo'naltirilgan yordam ko'rsatishga imkon beradi. Ochilganidan buyon “Imkon” markazida 241 nafar nogironligi bor bolalar qabul qilingan. 2021-yil 1-may holatiga ko'ra, ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasiga 119 nafar o'quvchi qabul qilindi, ular og'ir eshitish qobiliyati, aqliy zaifligi va tayanch-harakat tizimining buzilishi bo'lgan bolalar uchun guruhlarda ta'lim oladilar. Tuzatish va ta'lim jarayoni natijalariga ko'ra, bolalarning 90,4 foizida ijtimoiylashuv va moslashish sohasida; turli darajadagi motorli ko'nikmalarni rivojlantirish bo’yicha 97,8 foizida; nutqida nuqsoni bo'lgan bolalarning 92,3 foizida ijobiy rivojlanish kuzatildi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
2021 yil uchun davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to'lovi miqdorlari

№ Tashkilot joylashgan joyva bolalarning kuniga undabo'lish vaqtiBir oylik to'lov miqdoritashkilotgaqatnovchi oiladagibitta bolagaoiladagi har birbolaga, agar tashkilotga bittadanortiq bola qatnasa2021 yil 1 maydan amal qiladi1.Toshkent shahri1.14-5 soat33 00023 0001.29 soat179 000128 0001.310,5 soat214 000152 0001.412 soat242 000171 0001.524 soat255 000182 0002.viloyat markazlari2.14-5 soat31 00022 0002.29 soat173 000123 0002.310,5 soat207 000147 0002.412 soat229 000162 0002.524 soat 243 000173 0003viloyat bo'ysunuvidagi shaharlar3.14-5 soat 28 00020 0003.29 soat159 000113 0003.310,5 soat179 000128 0003.412 soat206 000146 0003.524 soat216 000153 0004tuman markazlari4.14-5 soat25 00017 0004.29 soat117 00089 0004.310,5 soat159 000120 0004.412 soat181 000136 0004.524 soat192 000144 0005boshqa joylar5.14-5 soat23 00016 0005.29 soat83 00067 0005.310,5 soat145 000116 0005.412 soat170 000128 0005.524 soat179 000135 0002021 yil 1 maydan amal qiladi1.Toshkent shahri1.14-5 soat38 00026 0001.29 soat206 000147 0001.310,5 soat246 000175 0001.412 soat 278 000197 0001.524 соат 293 000209 0002.viloyat markazlari2.14-5 soat 36 00025 0002.29 soat199 000141 0002.310,5 soat238 000169 0002.412 soat263 000186 0002.524 soat279 000199 0003viloyat bo'ysunuvidagi shaharlar3.14-5 soat 32 00023 0003.29 soat183 000130 0003.310,5 soat 206 000147 0003.412 soat237 000168 0003.524 soat248 000176 0004tuman markazlari4.14-5 soat 29 00020 0004.29 soat135 000102 0004.310,5 soat183 000138 0004.412 soat208 000156 0004.524 soat221 000166 0005boshqa joylar5.14-5 soat26 00018 0005.29 soat95 00077 0005.310,5 soat 167 000133 0005.412 soat196 000147 0005.524 soat206 000155 000

Maktabgacha ta'lim agentligi
“432 mln soʻmlik taklif turganda 655 mln soʻmlik davlat xaridi. Yunusobod maktabgacha taʼlim boʻlimi tuzgan bitim korrupsiyadan xolimi? ” sarlavhali maqola yuzasidan rasmiy xabar

Joriy yilning 24-aprel kuni “kun.uz” saytida “432 mln soʻmlik taklif turganda 655 mln soʻmlik davlat xaridi. Yunusobod maktabgacha taʼlim boʻlimi tuzgan bitim korrupsiyadan xolimi? ” sarlavhali maqolada Yunusobod tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi tumandagi bogʻchalarga kanstovar mahsulotlari yetkazib berish boʻyicha oʻtkazilgan tanlovdan 432 mln soʻmlik taklif bergan firmani tushunarsiz sabablarga koʻra chiqarib yuborib, ayni shu buyurtma boʻyicha 655 mln soʻmlik taklif bergan firma tanlab olinganligi taʼkidlab oʻtilgan. Ushbu ish boʻyicha tekshiruvlar olib borildi, boshqarma bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi va shaffoflikni taʼminlash maqsadida, qayta tanlov oʻtkazish belgilandi. Shu munosabat bilan korxonalar oʻz shartnomalarini Yunusobod tumani maktabgacha taʼlim boʻlimiga taqdim etishlari mumkin.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligi va Jahon banki Oʻzbekistondagi maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarga oʻyin metodlari orqali taʼlim berishni qoʻllab-quvvatlaydi.

Oʻzbekiston hukumatining ustuvor vazifalaridan biri butun Oʻzbekistonda bolalarning maktabgacha taʼlim olish imkoniyatlarini takomillashtirish va shunday taʼlimning sifatini oshirishdan iborat. Jahon banki Maktabgacha taʼlim vazirligi (MTV) bilan hamkorlikda ushbu maqsadga erishish hamda 3-7 yoshli bolalarga maktabgacha taʼlim xizmatlaridan samarali foydalanish imkonini taqdim etishga qaratilgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlaydi. 2019-yilning may oyida Jahon banki Oʻzbekiston hukumatiga mamlakatda maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan loyihani amalga oshirishga yordam berish maqsadida 74 mln AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratdi. Bundan tashqari, mazkur loyiha maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilarini turli pedagogik metodikalar boʻyicha oʻqitishni moliyalashtirishni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, butun mamlakat boʻylab 1 milliondan ortiq oʻgʻil va qiz bolalar qatnaydigan davlat maktabgacha taʼlim muassasalari zamonaviy, bolalar uchun maxsus moʻljallangan jihoz va mebel, oʻquv-metodik materiallar, oʻyinlar, oʻyin hududlari, va kompyuterlarga ega boʻladilar. MTV maktabgacha taʼlim muassasalari va uyda taʼlim berish amaliyotiga oʻqitishni oʻyin vositalari bilan integratsiyalashga koʻmaklashuvchi tashabbusni joriy etmoqda. Jahon banki tomonidan boshqariluvchi, koʻplab donorlar ishtirokidagi “Ilk yoshdagi bolalarni oʻqitish boʻyicha hamkorlik” trast jamgʻarmasi tomonidan taqdim etilgan 155 ming AQSH dollari miqdoridagi grant mazkur tashabbusni amalga oshirishga koʻmaklashadi. Ushbu tashabbus, shuningdek, bolalarning maktabga tayyorlik darajasini oshirish maqsadida yuqorida nomi keltirilgan loyihani yanada toʻldirishga qaratilgan. “Oʻqitishning oʻyinga asoslangan innovatsion yondashuvlari” tashabbusi bolalarga oʻyin vositasida taʼlim berish imkonini taqdim etish orqali butun mamlakatdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi taʼlim sifatini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. Oʻyin jarayonida oʻqitish bolalardagi mavjud qobiliyatni toʻlaqonli ochib beradi, shuningdek, ularni butun hayoti davomida oʻqishga, hamkorlik qila olishga, muammolarni hal qilishga oʻrgatish bilan bir qatorda ijodiy fikrlovchi va eʼtiborli yetakchi boʻlib yetishishlariga zamin yaratadi. Bu esa ularni bugungi oʻzgaruvchan zamonda muvaffaqiyat yoʻlidan borishlariga koʻmaklashadi», – dedi maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin xonim. Taqdim etilgan grant interaktiv vositalarni ishlab chiqishni moliyalashtiradi. Ushbu vositalardan maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachilari ham, ota-onalar ham birday foydalana oladilar. Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun oʻyinga asoslangan taʼlim resurslari va tarbiyachilarning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kursi ishlab chiqiladi hamda ular alohida ishlab chiqilgan mobil dasturiy taʼminot vositasida joriy etiladi. Dastur auditoriyada oʻqitishning oʻyinga asoslangan metodlaridan foydalanish boʻyicha tarbiyachilar malakasini oshirishga moʻljallangan interaktiv videomodullarni oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, mobil dasturiy taʼminot MTVning ota-onalar bilan hamkorligini mustahkamlashga koʻmaklashadi. Ota-onalarga uyda oʻyin jarayonida taʼlim berishni oʻrgatish boʻyicha seminarda ishtirok etish tavsiya etiladi. Ota-onalar, buvi va buvalar hamda aka-uka va opa-singillar uchun moʻljallangan maxsus materiallardan foydalanish imkoni ham taqdim etiladi. “Jahon banki Oʻzbekiston hukumatining 2017-yildan buyon maktabgacha taʼlim berishni kengaytirish bilan bogʻliq masalalarda erishgan yutuqlarini eʼtirof etadi. Biz MTVni bolalarni maktabga yanada yaxshiroq tayyorlaydigan va ularga, keyinchalik – voyaga yetgach, jamiyatning faol aʼzosi boʻlib yetishishlariga yordam beradigan zarur bilim va koʻnikmalarni oʻrgatish bilan bogʻliq faoliyatida bundan keyin ham qoʻllab quvvatlaymiz”, – dedi Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Marko Mantovanelli.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligining Ichki audit xizmati tomonidan 2021-yil 1-chorak hisoboti.

Maktabgacha taʼlim vazirligining Ichki audit xizmati tomonidan 2021-yil 1-choragi davomida maktabgacha taʼlim boʻlimlari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻtkazilgan 80 ta (shundan prokuratura va prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda -7 ta) nazorat tadbirlarida jami 3,4 mlrd.soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi.Oʻtkazilgan profilaktika natijasida tovar-moddiy boyliklar ortiqchaligi va kirim qilinmaganligi, byudjetga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlarning oʻz vaqtida oʻtkazilmaganligi, belgilangan miqdordan kam hisoblangan ota-ona toʻlovlari kabi holatlar boʻyicha 266 mln.soʻm byudjet va tashkilot hisobiga qoʻshimcha hisoblandi.Tizimda debitor va kreditor qarzdorliklarni kamaytirish hamda oʻrnatilgan tartibda undirish boʻyicha sudga murojaat qilish, ishlamaydigan “oʻlik jonlar” aniqlanib ishdan boʻshatish, xodimlarning ish haqidan asossiz ushlab qolishlarga chek qoʻyish kabi profilaktika ishlari olib borildi.Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan 2021-yil 1-choragi davomida 80 ta tashkilotlar boʻyicha nazorat tadbiri hujjatlari qonuniy chora koʻrish uchun prokuratura organlariga yuborildi.Vazirlik byudjet mablagʻlarini oqilona sarflanishini taʼminlash, korrupsiyaga qarshi kurashish talon-tarojliklarni aniqlash va oldini olish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan uzviy hamkorlikda ish olib borildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
KOʼZА KUNDАMАS KUNIDА SINDI Samarqand viloyatidagi oʼrganilgan MTTlar faoliyati haqida

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari bolajonlarning baxtiyor unib-ulgʼayishlari va maktab taʼlimiga sifatli tayyorlanishida dastlabki asosiy poydevor hisoblanadi. Bolalar bogʼchasida taʼlim-tarbiya uslubi va ish toʼgʼri tashkil etilgandagina kelajak avlod bilimi, dunyoqarashi va aqliy rivojlanishida ijobiy natijaga erishiladi.Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining 2021 yil 29 martdagi 132-X-sonli buyrugʼiga asosan vazirlik ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatidagi bir nechta MTTlar faoliyati oʼrganilganda tarbiyachi-pedagoglar oʼz xizmat vazifasini toʼliq bilmasligi, sogʼlom ovqatlantirish meʼyorlariga rioya etilmayotganligi, taʼlim-tarbiya jarayonlari yaxshi yoʼlga qoʼyilmaganligi, bolalarni yoʼllanmalar asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilishdagi xato va noqonuniy xatti-harakatlar aniqlandi.Xususan, Samarqand shahar 58-sonli DMTT faoliyati oʼrganilganda, mamlakatimizda karantin talablari bekor qilinmagan boʼlsada mazkur davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti “COVID 19 pandemiyasi davrida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ish faoliyatiga qoʼyiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigienik talablar”ga rioya etmagan holda ish faoliyatini olib borayotganligi ayon boʼldiMaktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida (OpenEmis) tashkilotda tarbiyalanuvchilar soni 186 nafar, navbatda turganlar soni 160 nafar boʼlsada, tashkilot direktori tomonidan tarbiyalanuvchilar soni 141 nafar (kichik guruhda 38, oʼrta guruhda 40, katta guruhda 32, maktabga tayyorlov guruhida 31) ekanligi toʼgʼrisida maʼlumot taqdim etildi. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 391-sonli qarorida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida guruhlar miqdori koʼpi bilan 30 nafar bola bilan toʼldirilishi belgilangan boʼlsada, OpenEmis tizimida guruh quvvatlari kichik guruh uchun 49 taga, tayyorlov guruhi uchun 45 tagacha oshirilgan.Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish boʼyicha yoʼllanmalar saylanma tarzda oʼrganilganda 14 nafar toʼliq kunlik guruh tarbiyalanuvchilari tashkilot direktori N.Xamraeva tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʼyicha davlat xizmatlari koʼrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 244-sonli qarori talablariga zid ravishda tashkilotga qabul qilingan.8 nafar tarbiyalanuvchi tashkilotdan ketgan boʼlishiga qaramasdan OpenEmis tizimidagi tarbiyalanuvchilar roʼyxatidan oʼchirilmagan. Bu oʼz navbatida boʼsh oʼrinlarning shakllantirilmasligiga hamda guruhlarga noqonuniy bolalar qabul qilinishiga zamin yaratadi.Kichik guruhda 2 nafar yoʼllanmasiz bolalar mavjudligi aniqlanib, oʼrganishlar davomida ular guruh tarbiyachisining farzandlari ekanligi maʼlum boʼldi.Tashkilot hamshirasi tomonidan “Sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftari” Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyuldagi 626-son “Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida sogʼlom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida” qarori talablari boʼyicha yuritilmayotganligi hamda ayrim dori vositalarining yaroqlilik muddati oʼtganligi aniqlandi.Oʼzbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʼgʼrisida”gi OʼRQ-595-son Qonunining 34-moddasida maktabgacha taʼlim tashkilotidagi guruhlar yoshga doir toifalar, jumladan kichik guruh uch yoshdan toʼrt yoshgacha, oʼrta guruh toʼrt yoshdan besh yoshgacha, katta guruh besh yoshdan olti yoshgacha, maktabga tayyorlov guruhi 6 yoshdan 7 yoshgacha boʼlgan bolalar bilan toʼldirilishi belgilangan. Maktabgacha taʼlim tashkilotidagi guruhlar yoshga doir toifalar boʼyicha toʼldirilmagan.Maktabgacha taʼlim vazirining 2019 yil 30 avgustdagi “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 155-sonli buyrugʼi talablariga rioya etilmagan holda bolalar davomatini qayd etish daftarida (tabelь, filьtr) bolalarning kelgan va kelmagan kunlari tahlili qilinmagan, hamshira, tarbiyachi va direktor tomonidan imzolanmagan.Shuningdek, 58-sonli tashkilot direktori N.Hamraeva tomonidan imzolangan buyruqlarga asosan tashkilotda haqiqatda ishlamagan 5 nafar xodimga jami 17 793 838,0 soʼm miqdoridagi ish xaqi va unga tenglashtirilgan toʼlovlar hisoblanib, toʼlab yuborilganligi aniqlandi.Xodimlarga ish xaqi va unga tenglashtirilgan toʼlovlarni naqd pul tariqasida berilishi tanlov asosida oʼrganilganda, tarbiyachi D.ga 2020 yilning fevralь-iyunь oylarida haqiqatda vazifasini bajargan boʼlsada jami 2 039 061,0 soʼmlik ish haqi hisoblanmaganligi va toʼlanmaganligi ham aniqlandi.Samarqand shahar prokuraturasining 2021 yil 27 yanvardagi qarorida keltirilgan maʼlumotlarga koʼra tashkilot direktori 2019 yilning avgust-sentyabrь oylarida jami 31 nafar tarbiyalanuvchilarni YaIDXPdan roʼyxatdan oʼtmagan qalbaki yoʼllanmalar asosida qabul qilganligi yuzasidan, Oʼzbekiston Respublikasi JKning 167 va 209-moddalari bilan jinoyat sodir etganligi keltirilgan.Murgʼak qalb egalari kamol topadigan, yosh avlodning ongu tafakkuri shakllanadigan maktabgacha taʼlim tashkilotidagi bunday noqonuniy xatti-harakatlar kelajakka xiyonat emasmi?!Shuningdek, Samarqand shahridagi 50, 126, 13, 98-DMTTlari faoliyati oʼrganilganda “COVID 19” pandemiyasi davrida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ish faoliyatiga qoʼyiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigienik talablar”ga rioya etmagan holda ish faoliyatini olib borayotganligi ayon boʼldi.Tashkilot direktorlari tomonidan yuritilishi lozim boʼlgan hujjatlar tashkilot hamshirasi tomonidan yuritilayotganligi, OpenEmis tizimida MTT guruhlari notoʼgʼri shakllantirilgani, guruhlarda yoʼllanmasiz bolalar borligi aniqlandi.98-MTTda hamshira xonasi antisanitariya holatda boʼlib, begona sumkalar, turli-xil buyumlar bilan toʼldirilgan. Birinchi yordam uchun berilgan dori-darmonlarning muddati oʼtganligi va roʼyxatda koʼrsatilmagan atibiotiklar mavjudligi aniqlandi. Dori darmon uchun ajratilgan muzlatkichda boshqa mahsulotlar ham saqlanmoqda.OpenEMIS maʼlumotlariga koʼra, MTTda 424 nafar tarbiyalanuvchi boʼlib, toʼliq kunlik guruhlarda 12 nafar va qisqa muddatli guruhlarda 16 nafar tarbiyalanuvchining yoʼllanmasi yoʼqligi aniqlandi.13-MTTda oshxonada kunlik menyu va raportichkalar mavjud emasligi, hamshira tomonidan 1-9 aprelь kunlari menyular toʼldirilmaganligi aniqlandi. Tashkilot hamshirasi tomonidan “Sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftari” notoʼgʼri va oʼchiriladigan ruchkada toʼldirilmoqda. Kunlik sinamalar 24 soat ushlanmagan. Birinchi tibbiy yordam koʼrsatish uchun ishlatiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʼyxatida mavjud boʼlmagan natriy xlorid eritmasi saqlanmoqda. Tashkilotda qarindosh urugʼchilik munosabatlarini ham uchratish mumkin, jumladan metodist va xoʼjalik ishlari mudiri tashkilot direktorining qarindoshlari ekanligi maʼlum boʼldi.Pullik xizmat sifatida tashkil etilgan rus tili, ingliz tili, taekvondo va badiiy gimnastika toʼgaraklari uchun toʼlangan pul tashkilotning hisob raqamiga kirim qilinmagan.Hamshiraning filьtr daftari xato yuritilgan hamda oʼchiriladigan ruchkada kiritilgan.Oshpazlar kunlik taomlarni bolalar soniga nomutanosib, taomlarga solinishi lozim boʼlgan mahsulotlar miqdori koʼrsatilishi lozim boʼlgan menyusiz tayyorlashayotgani bolalar haqqini talon-taroj qilayotganligi emasmi?!Payariq tumanidagi 31-38 sonli DMTTlarida bolalar guruhlarga noqonuniy qabul qilinganligi, davomat jurnali xato yuritilishi, guruhlar kerakli jihozlar, jumladan stol-stullar va bolalar krovatlari bilan toʼliq taʼminlanmagani, rivojlantiruvchi markazlar uchun xonalarda maydon hamda bolalar uchun oʼyinchoqlar yetishmasligi, bolaning rivojlanish xaritasi oʼz vaqtida toʼldirilmagani ayon boʼldi.31-MTTda ishchi guruh oʼrganishlar bilan ovora boʼlgan bir paytda oshpaz pishib turgan ovqatga xom tovuq goʼshti solib yuborganiga ham kulasiz, ham kuyasiz.38-MTT binosida qulflangan xona borligi, unda 20 ta bolalar krovati va 10 nafar bola borligi aniqlandi. OpenEMIS tizimida 14 ta guruhda 348 nafar bola boʼlib, haqiqatda 12 ta guruhda 275 nafar bolani tashkil etmoqda, ularning 29 tasida yoʼllanmalar mavjud emas. Omborxonadagi mavjud oziq-ovqat mahsulotlari tanlanma tarzida sanoqdan oʼtkazilganda, tovuq goʼshti – 4,8 kg ortiqcha, olma – 13,9 kg ortiqcha, oʼsimlik yogʼi – 4,8 kg ortiqcha, quruq meva – 33,3 kg ortiqcha, mol goʼshti – 2,25 kg ortiqcha ekanligi aniqlandi hamda oʼz arizasiga asosan xoʼjalik ishlar mudiri bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi.Oqdaryo tumanidagi 7-4 sonli MTTlari faoliyatini oʼrganish davomida pedagoglar “Ilk qadam” davlat oʼquv dasturi va davlat talablari haqida yetarli tushunchaga ega emasligi hamda guruhlardagi bolalar soni OpenEMIS dasturidagi bolalar soni oʼrtasida tafovutlarning mavjudligi aniqlandi.7-MTTda OpenEMIS tizimida 14 ta guruhda 348 nafar bola boʼlib, haqiqatda 12 ta guruhda 275 nafar bolani tashkil etmoqda, ularning 29 tasida yoʼllanmalar mavjud emas.Guruhlar davomat jurnali koʼzdan kechirilganda kunlik davomat xato yuritilganligi, jumladan, tarbiyachilar tomonidan imzo qoʼyilmaganligi aniqlandi. Bundan tashqari, taʼminotchi tomonidan sariyogʼ oʼrniga “Spred” (sut yogʼi oʼrnini bosuvchi modda) mahsuloti olib kelinganligi aniqlanib, ishchi guruh tomonidan tabiiy sariyoqqa almashtirildi. Samarqand shahridagi 50-MTTda ishchi guruhi aʼzolari tomonidan soat 15:00-16:00 lar oraligʼida tashkilotga mahalla uylari orasidan nomaʼlum ayol 4 nafar bolani yetaklab tashkilot hududiga asosiy kirish eshigidan olib kirilgan va ular qorovul tomonidan toʼxtatilmaganligi aniqlandi.Mazkur bolalar toʼgʼrisida MTT direktori M.Umirovadan soʼralganda hech qanday maʼlumotga ega emasligini, ularni kim olib kirganligini, koʼrmaganligini va tanimasligini aytdi.Savollar asosida bu 4 nafar bolaning 2 nafari tashkilot xodimlarining uch yoshga toʼlmagan bolalari, qolganlari qisqa muddatli guruh tarbiyalanuvchilari ekanligi aniqlandi. Shuningdek, bolalar tashkilot yaqinidagi 113-uyda yollanma tarbiyachining uyida saqlanishi va tashkilotda ovqatlanishi maʼlum boʼldi.OpenEMIS tizimida 234 nafar bola mavjudligi aks etgan boʼlsada, tashkilot direktori 213 nafar bola mavjudligi toʼgʼrisida maʼlumotnoma taqdim etdi. Tarbiyalanuvchilar tashkilotga direktor tomonidan buyruq chiqarilmagan holda qabul qilinganligi va bolalar qisqa muddatli guruhga yoʼllanmasiz joriy yilning 25 martidan beri qatnab kelayotganligi aniqlandi. Buyruqlar kitobi xato yuritilgan, jumladan buyruq daftariga asosan 75 nafar tarbiyalanuvchi mavjud boʼlsada, OpenEMIS tizimida ular 84 nafar, oʼrganilganda – 65 nafar ekanligi aniqlandi. Rivojlantirish markazlari faoliyati yoʼlga qoʼyilmagan. Barcha taʼlimiy-tarbiyaviy jarayonlar frontal tarzda olib borilmoqda. Metodist faoliyati qoniqarsiz baholandi.Urgut tumanidagi 15-2 sonli MTTlardagi holat ham qoniqarsiz. 15-MTT binosi taʼmirtalab holatda. Xodimlarni ishga qabul qilish toʼgʼrisidagi buyruqlar daftari fevralь oyidan boshlab yuritilmagan. Kunlik yuritiladigan taomnoma aprelь oyi uchun shakllantirilmagan.Tashkilotda tibbiy hamshira faoliyatida hujjatlar notoʼgʼri yuritilayotganligi, birinchi tibbiy yordam boʼyicha dori darmonlar toʼliq mavjud emasligi, kunlik taomnoma toʼliq yozilmaganligi kabi holatlar aniqlandi. Аniqlangan kamchiliklar asosida tashkilot direktori bilan oʼz arizasiga binoan mehnat shartnomasi bekor qilindi.2-MTTda bolalar davomatini qayd etish daftarida (tabelь, filьtr) bolalarning kelgan va kelmagan kunlari tahlili qilinmagan, hamshira, tarbiyachi va direktor tomonidan imzolanmagan. Tashkilotning hamda direktorning yillik, oylik ish rejalari ishlab chiqilmagan. Ish tartibi oʼlda-joʼlda, qoniqarsiz.Аniqlangan kamchiliklar asosida tashkilot direktori bilan oʼz arizasiga binoan mehnat shartnomasi bekor qilindi.Shuningdek, oʼrganishlar yakunidan soʼng Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi mutasaddi rahbarlari tomonidan viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi xodimlari, tuman maktabgacha taʼlim boʼlimi mudirlari va Samarqand shahridagi MTT direktorlari ishtirokida tizimda aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tanqidiy-tahliliy yigʼilish oʼtkazildi. Unda soha faoliyatiga doir ishlar qoniqarsizligi, ishchanlikni oshirish va nazoratni kuchaytirish lozimligi taʼkidlandi va zaruriy tavsiyalar berildi.Аytish joizki, Samarqand viloyatidagi MTTlari tarbiyachi-pedagoglari oʼz vazifasiga masʼuliyat bilan yondoshmasa, bolalar bilan ishlashda sustkashlikka yoʼl qoʼysa, taʼlim-tarbiya metodikasi oʼlda-joʼlda boʼlsa har jihatdan bilimli, intellektual jihatdan yuksak va aqlan teran yoshlarni tarbiyalashga erisha olamizmi?! Mutasaddilar ishni tizimli tashkil etishda holatga befarq boʼlmasdan masʼuliyatni oshirishsa maqsadga muvofiq boʼlardi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim vazirining Samarkand viloyatidagi tashrifi davomida Urgut tumanidagi Pedagogika kollejida davom etdi.

Kollejda tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi. Ta'lim muassasasi 226 nafar bo'lajak pedagog-tarbyachilarni tayyorlaydi. Klaster o'qitish tizimi ularni yanada ko'proq ish bilan ta'minlash imkoniyatini beradi. Chunki kollej qoshida 240 o'rinli 45-son DMTT binosi rekonstruktsiya qilinmoqda. Bu erda yosh kadrlar malakasini oshirish bilan bir qatorda ish bilan ham ta'minlanishi mumkin. Vazir kollej maydonidagi ta'mirlanayotgan MTTning binosini ko'zdan kechirdi. Ob'ektning loyihasi zamonaviy usulda ekanligi hamda yaqin oylarda mahalla bolalari to'laqonli maktabgacha ta'lim va tarbiya bilan qamrab olinishi ko'zda tutildi. Vazirning taklifiga ko'ra, ushbu bog'cha barcha zamonaviy talablar mos raqamli tashkilot qilinadi. Ma'lumot uchun: Urgut tumanida investisiya dasturi hisobidan 2020 yilda uchta davlat Mttlari qurildi. Xozirgi kunda bolalar qamrovi 44,7% ni tashkil etadi. 2021-yilda yana ikkita DMTT qurish va yangi oilaviy shakldagi bog'chalar yaratish rejalashtirilgan. Shunday qilib, qamrov darajasi 65 foizga etadi. Vazir topshirig'iga ko'ra, Bulung'ur tumanining maktabgacha ta'limni rivojlantirish bo'yicha "yo'l xaritasi" tuziladi. Shu bilan birgalikda, tumandagi oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning malakasini muntazam oshirib borishga qaror qilindi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim tizimining rivojlanish bosqichlari

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ijtimoiy tarmoqlarda ko’tarilayotgan dolzarb masalalar yuzasidan brifing

Maktabgacha ta’lim vazirligi Matbuot kotibi

Maktabgacha ta'lim agentligi
Suv hayot manbai!

Maktabgacha ta'lim agentligi
Moliyaviy buxgalteriya hisobi to'g'risida

otchyot-2020-2Скачать

Maktabgacha ta'lim agentligi
“AQLVOY” bolalar telekanali o’z faoliyatini boshladi

     Joriy yilning 22 martida O'zbekistondagi birinchi bolalar ta'lim va ko'ngilochar telekanalining translyatsiyasi boshlandi. O'zbekistonda 10 yoshgacha bo'lgan 7,5 milliondan ortiq bola yashaydi, so'nggi yillarda bolalar auditoriyasi doimiy ravishda o'sib bormoqda. Shu sababdan o’zbek tilidagi yuqori sifatli tarbiyaviy va ko’ngilochar bolalar televizion kontenti zamon talabiga aylanmoqda. AQLVOY telekanali Maktabgacha ta'lim vazirligi ko’magi bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil avgust oyida qabul qilingan “Ixtisoslashgan bolalar ko'ngilochar - ma`rifiy telekanalini tashkil etish to’g’risida” gi qarori asosida yaratilgan. “Kanalning asosiy shiori: “Bu sening vaqting!” Kashfiyotlar vaqti, mo'jizalar vaqti, yangi narsalarni o'rganish vaqti. Buning uchun kanal Rossiya, AQSh, Janubiy Koreya, Xitoy va boshqa ko'plab mamlakatlarda taniqli jahon studiyalari tomonidan yaratilgan eng yaxshi animatsion seriallar va dasturlarni namoyish etadi. Kanalning asosiy ustunligi mamlakatimizning madaniy kodini hisobga olgan holda xorijiy tarkibni o'zbek tiliga moslashtiriladi va yuqori sifatli tarjima bo'ladi. Eng muhimi, barcha tarkib litsenziyalangan va faqat rasmiy ravishda sotib olinadi. Ayni paytda Sony, Disney, Universal kabi yirik kinokompaniyalar bilan animatsiya to'plamini xarid qilish bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda”,- deb AQLVOY telekanalining bosh ijrochi direktori Vela Fidel ta'kidladi. AQLVOY telekanalining asosiy auditoriyasi 3 yoshdan 9 yoshgacha bo'lgan bolalar, “Alfa” avlodi, raqamli olam daholari. Kanal tarmog'ida o'zimiz ishlab chiqargan, Maktabgacha ta'lim vazirligining so'nggi metodik ishlanmalarini hisobga olgan holda amalga oshirilgan dasturlar ham mavjud, masalan: “Bilasanmi” - bolalarga tabiat hodisalari, hayvonot dunyosi, o'simliklar, fasllar, Yer, dinozavrlar va boshqa ko'plab narsalar qanday paydo bo'lganligi haqida hikoya qiluvchi hayajonli va kognitiv dastur.  “Quvnoqvoy” teleko'rsatuvi orqali bolalar zavq va katta ishtiyoqda jismoniy mashqlar bilan shug'ullanadilar. Dastur erta bolalikdan to'g'ri odatlarni shakllantirishga yordam beradi - jismoniy tarbiya va to'g'ri ovqatlanish ga o’rgatadi.  “Bilimdon” bu musiqiy dastur bo'lib, u bolalarni qo'shiqlar orqali: ingliz tili, kamalak ranglari, atrofdagi olamning qiziqarli hodisalarini o'rgatadi.  “Eli va Bob” dasturining asosiy maqsad - bu bolalar ta’lim- tarbiyasidir va ta'limidir. Masalan, nima uchun nonushta foydali, ziyofatda va ko'chada o'zini qanday tutish kerakligi, qanday kasblar va nima uchun ular muhim ekanligi va h.k.  Barcha kanal kontenti quyidagilar mo’ljallangan: ma'lumotni qiziqarli va tushunarli shaklda taqdim etish orqali bolalarning bilim olish faolligini rag'batlantirish, intellektual va ijodiy ko’nikmalarini rivojlantirish (edutainment); Teleko’rsatuvlarni tashkil qilish tizimida zamonaviy texnik yechimlar va ilg'or xorijiy tajribani tatbiq etish, raqamli va multimedia texnologiyalarini rivojlantirish; bolalar teleko’rsatuvlari infratuzilmasini kengaytirish, milliy ma’naviyat, madaniy – ahloqiy an’analar va zamonaviy innovatsiyalar uyg’unlashgan, bilim beruvchi va ko'ngilochar kontent rivojlanishini rag’batlantirish; O'zbekiston Respublikasida tasdiqlangan talablar, standartlar va o’quv - ta'lim dasturlariga muvofiq; bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ta'lim beruvchi, rivojlantiruvchi va o'yin elementlarini o’zida mujassam etgan teleko’rsatuvlar va multimedia kontentini yaratish; bolalarda Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantirish, ularni jonajon o’lka madaniyati va tarixi, qadriyatlari, an'ana va urf-odatlari bilan tanishtirish; bolalarda kreativ – ijodiy fikrlashni rivojlantirish hamda ularda badiiy va estetik didni tarbiyalash; bolalarda sog'lom turmush tarziga oid bilimlarni shakllantirish, sport bilan shug’ullanishga qiziqishni oshirish, zarur sanitar-gigienik ko'nikmalarini shakllantirish, ularni xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishga o'rgatish.          Bolalar telekanali interaktiv texnologiyalar va audiovizual san'at va televideniye sohasidagi so'nggi yutuqlardan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratadigan, O'zbekiston uchun yangi zamonaviy texnik bazada yaratiladi. AQLVOY telekanali ertalab soat 7 dan kechki 22 gacha efirga uzatiladi. Kelajakda onlayn translyatsiya ham rejalashtirilgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Muzey qanday tuzilgan" deb nomlangan kitobning taqdimoti bo'lib o'tdi

10 mart kuni Politexnika muzeyida "muzey qanday tuzilgan" deb nomlangan kitobning taqdimoti bo'lib o'tdi. Taqdimotda, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi kengashi raisining o'rinbosari Saida Mirziyoeva, Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasining ijrochi direktori Gayane Umerova, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin va Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov nutq so'zladilar. Ishtirokchilar kitobning mazmun va mohiyatini yosh kitobxonlarga so'zlab berishdi. Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin tarix va san'atni o'rganishni bolalar uchun bilim poydevori deb atadi: "Bugungi kunda, O'zbekistonda Uyg'onishning yangi davri – uchinchi Renessans davriga poydevor qo'yilmoqda, shuning uchun madaniyat va san'atga alohida e'tibor qaratilmoqda. San'at tarixini o'rganish qiyin va uzoq vaqt talab qiladigan mashg'ulot deb hisoblanadi, ammo bolani har doim kattalarning qiziqishi, ajablanishi va zavq-shavqi o'ziga jalb qiladi va buni kafolatlaydigan kitoblar mavjud". Ma'lumot uchun: kitob muzeylar tarixi haqida bolalar uchun illyustrasiyalarga boy, shuningdek, yosh kitobxonlarni san'at muzeylari va galereyalar olamiga taklif etadi. Rassom David Byom va matn mualliflari Ondrjey Xrobak, Rostislav Korichanek va Martin Vaneklar o'quvchilarni muzeylar tarixi bilan tanishtiradi, ularga muzeyning nima ekanligi, qanday tashkil etilganligi va unda kimlar ishlashi, san'at asarlari qaysi printsipda namoyish etilishi va ko'rgazmalar qanday rejalashtirilishi haqida aytib beradi. Kitobni moslashtirish uchun I.V. Saviskiy muzeyining kollektsiyasidan Aleksandr Nikolaev (Usto mumin), Viktor Ufimtsev, Aleksandr Shevchenko, Nikolay Karaxan, Evgeniy Lisenko, Aleksandr Volkov kabi mashhur rassomlarning asarlari tanlangan. Bundan tashqari, kitobda Damir Ro'ziboev, Vyacheslav Useinov va Joldasbek Quttimuratov kabi O'zbekiston tasviriy san'atining zamonaviy vakillari asarlari taqdim etilgan. Kitobni o'zbek tilida qayta nashr etishdan asosiy maqsad – bolalar va o'smirlar o'rtasida milliy muzeylarga borishga qiziqish uyg'otishdir. Tashkilotchilar tomonidan 400 nushadagi kitoblar vazirliklarga beg'araz taqdim etildi. Shu bilan birga Maktabgacha ta'lim vaziriga sohada foydalanish uchun 200 ta kitobga sertifikat topshirildi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maʼnaviy yetuk kelajak

Uchinchi renessans avlodini voyaga yetkazish yoʼlida MTV tomonidan yosh avlodga milliy qadriyatlarni eʼzozlash, buyuk siymolarimiz bilan gʼururlanish hissini shakllantirish, maʼnaviy, maʼrifiy va madaniyati yetuk inson boʼlib tarbiyalash maqsadida 2021 yil Yoʼl Xaritasida ishlab chiqilgan.  Kuni kecha Fargʼona viloyatining Rishton tumanidagi DMTT tarbyalanuvchilari “Xoʼja Rushnoi” ziyoratgohiga tashrif buyurdi.  Shu bilan birga, yangi qad rostlagan “Xalqaro kulolchilik markazi”ga bolajonlar tarbiyachi pedagoglari bilan hamrohligida hunarmandchilik mahsulotlarini koʼzdan kechirib, ularni oʼrganishdi. Bolaligidanoq milliy hunarmandchilik anʼanalarining tarixiy sir-asrorlarini ongiga singdirish, kelajakda bolalarimizni hunarni qadrlashga olib keladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Fargʼona pedagogika kollejida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mamlakatimiz Rahbarining 2020 yil 25 dekabrdagi ilk bora boʼlib oʼtgan Yoshlar forumi hamda 29 yanvardagi Oliy Majlis Senatiga boʼlgan Murajaatnomasida keltirilgan yoshlar masalalariga oid gʼoyalar asosida suhbat uyushtirildi.  Suhbat davomida yoshlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash maqsadida ularga yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar berildi. Ularga maktabgacha taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida tushunchalar berildi. Boʼlajak pedagog yoshlarimizga bolajonlarga taʼlim va tarbiya berishda qoʼllaniladigan trening mashqlar koʼrsatildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi

По иннициативе Хокима и прокуратуры Яккасарайского района завершена реконструкция и сдана в эксплуатацию ГДОО №150 «Эртакжон». Государственная дошкольная образовательная организация «Эртакжон» состоит из 12 групп и рассчитана на 360 мест, на реконструкцию объекта было потрачено 3 млрд. 152 млн. сумов. После ремонта в дошкольной организации столовая отдельная для детей, крытый спортивный стадион, оборудованный в соответствии с современными требованиями, спортивная площадка, ипподром для развития навыков ПДД, бассейн, что позволяет весело провести лето. В то же время, с учетом интереса детей к спорту, были построены шахматные коридоры и отремонтированы детские террасы. Также в рамках 5 важных инициатив, выдвинутых главой государства, в организации построено отдельное здание для кружков, в котором планируется создание групп для пред школьной подготовке и платных услуг. Стоит отметить, что открытие дошкольной организации порадовало жителей района, а также родителей. Пресс-служба Министерства дошкольного образования

Maktabgacha ta'lim agentligi
V.I. nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filiali. A. I. Gertsen

Prezident qarori bilan (PP-4857, 08.10.2020), Federal davlat byudjetli oliy o'quv yurtining (universitet) Toshkent filialini tashkil etish "A.I. nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti. Gertsen "deb nomlangan. Eslatib o'tamiz, 2019 yil dekabr oyida respublikada pedagog kadrlar sifatini oshirish bo'yicha xalqaro tajribani joriy etishni rivojlantirish doirasida Maktabgacha ta'lim vazirligi va A.I. nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti o'rtasida shartnoma tuzildi. Gertsen O'zbekistonda o'z filialini ochish to'g'risida. Filialning asosiy faoliyati bakalavriat va magistr darajalarining turli yo'nalishlari bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash, masalan, psixologik-pedagogik ta'lim, maxsus (defektologik) ta'lim va boshqalar. Shuningdek, universitet xalqaro ta'lim standartlariga muvofiq maktabgacha ta'lim, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaydi. Ma'lumot uchun: Rossiya davlat pedagogika universiteti. A.I.Gersen 1797 yil 2-mayda tashkil etilgan va Rossiya Federatsiyasining etakchi oliy pedagogik o'quv yurtlaridan biridir. Universitet ta'lim sohasidagi barcha fanlardan malakali mutaxassislarni tayyorlaydi, shuningdek, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda pedagogik universitetlar orasida etakchi o'rinni egallaydi. R.GPU ularni rivojlantirish uchun muhim vektor. A.I. Gertsen fan, ta'lim va innovatsiyalar sohasidagi etakchi xorijiy tashkilotlar bilan strategik sheriklikni takomillashtirishdan iborat. Qabul qilish va o'qitish shartlari to'g'risida batafsil ma'lumotni bizning veb-saytimizdan olishingiz mumkin: http://mdo.uz/

Maktabgacha ta'lim agentligi
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2021 yil I yarim yillik ish rejasi

1-yarim-jil-ish-rejaСкачать

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligi Kadrlar boshqarmasi tomonidan 2020 yil davomida amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisida

M А ‘ L U M O T Kadrlar boshqarmasida joriy yilning 12 oyi davomida jami 849 ta buyruq ishlab chiqilgan boʼlib, shundan: 580 ta xodimlarga oid, 269 ta xizmat safariga oid buyruqlar. Kadrlar boshqarmasiga joriy yilning 12 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 516 ta murojaatlar kelib tushgan boʼlib, shundan: 451 ta yozma hamda 65 ta ogʼzaki murojaatlar oʼrnatilgan tartibda koʼrib chiqilib natijalari boʼyicha mualliflarga javob xatlari yuborildi. Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 133-moddasiga koʼra barcha xodimlarga, shu jumladan oʼrindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun vazirlik xodimlarining 2020 yil uchun yillik taʼtillar jadvalini tasdiqlash maqsadida har bir tarkibiy boʼlinma rahbarlari hamda xodimlarining xohishlarini hisobga olgan holda taʼtillar jadvali shakillantirib vazirlik kasaba uyushmasi qoʼmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlandi. Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 29-moddasiga muvofiq jamoa shartnomasi – korxonada ish beruvchi bilan xodimlar oʼrtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir. U ish beruvchi bilan xodimlarning vakillik organi oʼrtasida oʼzaro kelishib olishga qaratilgan shartnoma hisoblanadi. Shu munosabat bilan, Maktabgacha taʼlim vazirligi mehnat jamoasining 2020 yil 26 martdagi umumiy yigʼilishida maʼqullangan 10-sonli bayoniga asosan Maktabgacha taʼlim vazirligining “Maktabgacha taʼlim vazirligi maʼmuriyati va kasaba uyushma qoʼmitasi oʼrtasida 2020-2022 yillar uchun JАMOА ShАRTNOMАSI” tuzildi. Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining “Kadrlar boshqarmasi toʼgʼrisida”gi Nizomga muvofiq boshqarma xodimlarining xizmat vazifalaridan kelib chiqib, Kadrlar boshqarmasi xodimlarining vazifalar taqsimoti ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Namangan viloyati Namangan shahri 1-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori Shamsibaeva Muqaddas Mamadalievnaning nomzodi Oʼzbekiston Xotin-qizlar qoʼmitasi Boshqaruvining 2020 yil 18 fevraldagi B-03-14-sonli qaroriga asosan “Moʼʼtabar ayol” koʼkrak nishoni bilan mukofatlandi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasining 2020 yil 19 fevraldagi 05-577-sonli xati ijrosini taʼminlash maqsadida, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga maktabgacha taʼlim tizimida koʼp yillardan buyon samarali mehnat qilayotgan, respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohatlarda faol va tashabbuskor boʼlib, yurtimiz ravnaqi va taraqqiyotiga salmoqli hissa qoʼshib kelayotgan, el-yurt izzat-hurmatiga sazovor boʼlgan 167 nafar xodimlar collective.uz elektron maʼlumotlar bazasiga kiritildi hamda nomzodlarning hujjatlari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasiga yuborildi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan maktabgacha taʼlim taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʼrnak koʼrsatgan 18 nafar xodimlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.   Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʼqqiz yilligi munosabati bilan 4 nafari hamda “Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan 14 nafari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.   Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 oktyabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4502-son qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarning son va sifat tarkibi, vakansiyalarni shakllantirish “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida (keyingi oʼrinlarda -“YaMMT” IDАK) amalga oshirilishi belgilab qoʼyilgan topshiriq ijrosini taʼminlash maqasadida, vazirlik markaziy apparati xodimlarining maʼlumotlari “YaMMT” IDАKga kiritilib, doimiy ravishda yangilab borilmoqda. Qoraqalpogʼiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʼlimlari, idoraviy mansub tashkilotlari hamda pedagogika kollejlarida faoliyat yurtitayotgan xodimlar boʼyicha statistik maʼlumotlar umumlashtirildi. Maktabgacha taʼlim tizimida samarali faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlarni kelgusida moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʼllab-quvvatlash va ragʼbatlantirish, ularning jamiyat hayotida ijtimoiy mavqeini oshirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim fidoyisi” koʼkrak nishonini taʼsis etish toʼgʼrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi hamda www.project.gov.uz sayti orqali jamoatchilik muhokamasiga, vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Oʼzbekiston Repsublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri tomonidan tasdiqlangan hamda Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan kelishilgan “Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida 2020 yilda korruptsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish boʼyicha “Yoʼl xaritasi”ning 4-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ishga qabul qilingan xodimlarini korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha masofadan oʼqitish (onlayn) tizimi orqali qisqa muddatli oʼquv kurslarini tashkil etish haqida”gi buyruq tayyorlandi hamda Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 4944 nafar davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari qisqa muddatli oʼquv kurslarida malakasi oshirildi. Oʼzbekiston Repsublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri tomonidan tasdiqlangan hamda Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan kelishilgan “Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida 2020 yilda korruptsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish boʼyicha “Yoʼl xaritasi”ning 3-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda pedagog xodimlari oʼrtasida Korruptsiyaga qarshi kurashish borasida maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagog xodimlarining faoliyatini baholash koʼrsatkichi” ishlab chiqilib, xududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalarga yuborildi. Xududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalari tomonidan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlarini doimiy lavozimga tayinlash uchun kiritilagan 774 nafar tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlari oʼrganib chiqilib, hududlarga kelishish yoki boshqa nomzod yuborish toʼgʼrisida javob xatlari yuborildi. Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Jahon banki hamkorligi doirasida “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi boʼyicha Kadrlar boshqarmasi tomonidan “Maktabgacha taʼlim tizimi salohiyatini oshirish rejasini ishlab chiqishda texnik yordam koʼrsatish boʼyicha” hamda Monitoring va baholashning mavjud jarayonlari va vositalarning umumiy koʼrinishi boʼyicha texnik yordam koʼrsatish boʼyicha texnik vaziflar ishlab chiqildi.  Maktabgacha taʼlim tizimidagi 2020 yil davomida yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish hisobidan jami 15 874 nafar yangi ish oʼrinlari yaratilagan boʼlib, jumladan, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini hisobidan  3673 nafar, davlat-xususiy sherikchilik shaklidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlar hisobidan 4040 nafar, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlar hisobidan 7913 nafar hamda xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlar hisobidan 248 nafarni tashkil etadi. Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida 2020 yil davomida 18-30 yoshgacha boʼlgan 6557 nafar yoshlar vazirlik tizimidagi tashkilotlarga ishga joylashtirilgan boʼlib, jumladan, boshqaruv tizimi lavozimiga 2571 nafar hamda texnik va xizmat xodimi vazifasiga 3986 nafar yoshlar ishga joylashtirilgan.

Вид сайта
Размер шрифта