Joriy yilning 24-aprel kuni “kun.uz” saytida “432 mln soʻmlik taklif turganda 655 mln soʻmlik davlat xaridi. Yunusobod maktabgacha taʼlim boʻlimi tuzgan bitim korrupsiyadan xolimi? ” sarlavhali maqolada Yunusobod tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi tumandagi bogʻchalarga kanstovar mahsulotlari yetkazib berish boʻyicha oʻtkazilgan tanlovdan 432 mln soʻmlik taklif bergan firmani tushunarsiz sabablarga koʻra chiqarib yuborib, ayni shu buyurtma boʻyicha 655 mln soʻmlik taklif bergan firma tanlab olinganligi taʼkidlab oʻtilgan. Ushbu ish boʻyicha tekshiruvlar olib borildi, boshqarma bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi va shaffoflikni taʼminlash maqsadida, qayta tanlov oʻtkazish belgilandi. Shu munosabat bilan korxonalar oʻz shartnomalarini Yunusobod tumani maktabgacha taʼlim boʻlimiga taqdim etishlari mumkin.