Sifatni oshirishga qaratilgan islohot

news-detail

Barchamizga ma'lumki, har bir rahbar kadr o'z ustidan muntazam ravishda ishlamasa, o'zini rivojlantirish yo'lida sa'y-harakatlarni amalga oshirmasa, zamon talabidan yiroqlashadi. Aynan shu masalada maktabgacha ta'lim sohasida barcha hududiy rahbar xodimlarni lavozimga kompetentligi yuzasidan isloh qilish jarayoni vujudga keldi. Ko'pchilikka sir emas so'nggi to'rt yilda sohada bolalar qamrovi 60 foizdan oshdi, Mttlar soni 18 126ga etdi, bularning zamirida avvalom bor Davlat rahbarining siyosatlari yotibdi.
Davr talabi bo'yicha hududlarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari sonini ko'paytirish, tarbiyalanuvchilarning yanada qamrovini kengaytirish va ularga beriladigan ta'lim-tarbiya sifatini oshirish masalalari dolzarbligini e'tiborga olgan holda, bir qator ishlar amalga uchun zarur chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Ammo, tan olishimiz kerakki chekka hududlarda hamon qamrov darajasi past, shu bois, tumanlarning olis va chekka hududlarida maktabgacha ta'lim tashkilotlari barpo etilishi rejalashtirilgan. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini ilg'or xorijiy tajriba asosida qurish, zamonaviy jihozlar va qo'llanmalar bilan ta'minlash hamda ta'lim-tarbiya sifatini talab darajasiga ko'tarish lozim. Bu borada hududlardagi har bir rahbar xizmat majburiyatlarini amalga oshirishda sustkashlikka yo'l qo'ymasdan, o'z ustida ishlashi, malakasini oshirib borishi, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni to'laqonli bajarishi shartligi belgilangan. Aynan shu maqsadda, vazirlik tomonidan viloyat va tuman rahbarlarini o'z lavozimlarida vaqtincha vazifani olib borish mas'uliyati yuklatilyapti. Nega degan savol tug'iladi? Bunda har bir rahbar xodim, ishlab turgan lavozida yanada shijoatkorlik, yuklatilgan vazifasidan kelib chiqib, yangi g'oyalar va tashabbuslar bilan sohani rivojlantirishga qaratilgan dasturlar yaratilishi ko'zda tutilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, hududlardagi har bir rahbar xodimlar maktabgacha ta'lim sohasidagi o'zgarishlarga munosib hissasini qo'shishi maqsadida o'z vazifasini bajaruvchi darajasiga tushirilib, mas'uliyatni sezgan holda o'z lavozimiga loyiqligini oshkoralik va shaffoflikka rioya qilgan holda, xalqning ishonchini oqlashi hamda faoliyatining samarasi va natijadorligiga erishishi talab etilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта