Jamoatchilik kengashi aʼzolari uchun seminar tashkil etildi

news-detail

Maktabgacha taʼlim vazirining 2019 yil 4 dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi huzurida Jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 207-son buyrugʼi asosida yigirma toʼrt kishidan iborat vazirlik huzuridagi jamoatchilik kengashi tarkibi shakllantilgan boʼlib, jamoatchilik kengashi raisi sifatida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi professori Sultanova Eʼtibor Siddiqovna tasdiqlangan.

Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalaridan biri sifatida sohaga oid qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasida qonun hujjatlari talablari ijrosini taʼminlash, davlat xizmatlarini koʼrsatish, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni roʼyobga chiqarish boʼyicha vazirlik va uning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish belgilangan.

Maktabgacha taʼlim vazirligi binosida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan "Zoom" platformasi oqali tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Jamoatchilik Kengashlari faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan seminar tashkil etildi. Seminarda jamoatchilik kengashi raisi Eʼtibor Sultanova, jamoatchilik kengashi aʼzolari hamda vazirilik xodimlari ishtirok etishdi. Seminarda vazirlik tomonidan 2021 yil besh oyida jamoatchilikka taqdim etilgan maʼlumotlar hisoboti berildi.

Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта