Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan 2021 yil mart oyida alohida ehtiyojli bolalarga samarali korrektsion, pedagogik va reabilitatsion yordam ko‘rsatish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha boshlangan chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Zamonaviy moddiy-texnik baza malakali o‘qituvchilar va tibbiyot mutaxassislari bilan birga imkoniyati cheklangan bolalar uchun o‘quv dasturlarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bularning barchasi tarbiyalanuvchilarning jamiyatga to‘liq moslashish uchun zarur bo‘lgan
ko‘nikma va bilimlarni imkon qadar erta egallashlari va o‘z imkoniyat, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishlarini taʼminlashga qaratilgan.
Jihozlashning birinchi bosqichi doirasida Toshkentdagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari maxsus asbob-uskunalar, jumladan, ortopedik yurish trenajyorlari, bizibordlar, quruq hovuzlar, maxsus massaj matolari, didaktik materiallarga ega bo‘ldi, buning natijasida ushbu tashkilotlarning o‘nlab tarbiyalanuvchilariga ko‘rsatilayotgan yordam samaradorligini oshirish imkoniyati paydo bo‘ldi.
2021 yil 3 iyun kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan maxsus texnika topshirishning ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi. Tayanch-harakat tizimida buzilishi bo‘lgan bolalar uchun maxsus ortopedik, faol hayot va qulay dam olish, bolalarda
o‘qish-o‘rganish imkoniyatini oshirishga xizmat qiladigan funktsional stullar; Faol turmush tarzini olib borish va o‘z-o‘ziga ishonish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini beruvchi bolalar aravachalari va xarakatlanuvchi jihozlar, bolaning tayanch-harakat tizimini rivojlantirish va kuch, chaqqonlik, chidamlilik, shuningdek qatʼiyat va maqsadga muvofiqlik kabi jismoniy qobiliyatlarning ko‘rsatishga mo‘ljallangan trenajyorlar kabi ko‘plab uskunalardan tarkib topgan.
Аyni paytda Toshkent shahridagi davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini jihozlash va respublikamizning barcha hududlaridagi davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini zarur asbob-uskunalar bilan jihozlashning navbatdagi bosqichlariga ham faol tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Mamlakat bo‘ylab 70 ta ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti yil oxirigacha zamonaviy asbob-uskunalar bilan taʼminlanishi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun: Korrektsion-pedagogik va reabilitatsiya uskunalari Chilonzor tumanidagi (289 sonli KTIMTT), Qibray tumanidagi (34 sonli KTIMTT) va O‘rta Chirchiq tumanidagi ( Pedagogika kolleji) ko‘p tarmoqli MTTlarda tarbiyalanuvchi nogironligi bor bolalarga maxsus uskunalar tarqatiladi.