Matbuot anjumanida Maktabgacha ta'lim vaziri olib borilayotgan islohotlar to'g'risida ma'lumotlar berib o'tdi. Jumladan, 2021 yilning bugungi kun holatiga,
MТТlarda - 593 ta,
Umumiy o'rta ta'lim maktablarida - 1523 ta,
MFYlarda - 26 ta,
Kasb-hunar kollejlarida - 191ta,
Boshqa mos bino-inshootlarda 8ta, jami 2341 ta bolalarni boshlang'ich ta'limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari tashkil etilgan bo'lib, ularga 62368 nafar bolalar qamrab olingan.
Tayyorlov guruhlari uchun o'quv yili har yili 2 sentyabrdan boshlanadi va keyingi yilning 25 mayda tugaydi.