Tanlov uchta yo‘nalishda o‘tkaziladi.
1️⃣ Birinchi yo‘nalishida — «Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud» mahalliy ijro etuvchi tuman va shahar hokimliklari ishtirok etadi.
2️⃣ Ikkinchi yo‘nalishda — «Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim» vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari orasidan aniqlanadi.
3️⃣ Uchinchi yo‘nalishida — «O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha» ilmiy tashkilotlar, oliy va o‘rta-maxsus taʼlim muassasalari qatnashadi.
? Tanlov joriy yilning 10-iyunidan 10-sentabriga qadar o‘tkaziladi va g‘oliblar 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni arafasida eʼlon qilinadi.
? Tanlov haqida (71) 215-51-76, (71) 239-86-99 hamda (71) 203-32-32 (232) telefon raqamlari yoki www.til.gov.uz (http://til.gov.uz/uz/contest/announcement/) sayti orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.