Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida shaffoflikni ta'minlash kuchaytiriladi

news-detail

"Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta'minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident Farmoni (PF–6247-son, 16.06.2021 y.) mazmun-mohiyati

Barcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ochiq ma'lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo'lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma'lumotlar ro'yxati (33 ta) tasdiqlandi.
Davlat organlari va tashkilotlari o'z faoliyatiga oid hisobotni har yili:

1 martgacha veb-saytlariga joylashtirib, 10 martgacha uni jamoatchilik ishtirokida muhokama etish haqida xabar beradi;

1 aprelgacha hisobotni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama etish uchun matbuot anjumanlarini o'tkazadi.


2021 yil 1 iyuldan quyidagilar to'g'risidagi ma'lumotlar ochiq ma'lumotlar portaliga va davlat organlari va tashkilotlari veb-saytlariga joylashtirilib, har chorakda yangilab boriladi:

• amalga oshirilgan davlat xaridlari;
• mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari;
• Prezident, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferentsiyalar;
• o'zlarining yillik xarajatlar smetasi va uning ijrosi.

Quyidagi imtihonlarni o'tkazish jarayonini Internetda jonli efirga uzatish tartibi joriy etiladi:

• OTMning bakalavriat va magistratura imtihonlari;
• o'qishni ko'chirish bilan bog'liq imtihonlar;
• nostrifikasiya test sinovlari.

2021/2022 o'quv yili qabuligacha imtihonlarni Internetda jonli efirga uzatishni ta'minlaydigan, barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo'lgan "imtihon.uz" veb-platformasi ishga tushiriladi.

2021 yil 1 sentyabrgacha ochiq ma'lumotlar portali davlat xaridlari bo'yicha maxsus axborot portali bilan integrasiya qilinadi

2021 yil 1 avgustgacha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi rasmiy veb-saytida va portalda ov qilish va ovchilik xo'jaliklari to'g'risidagi axborot bazasi ishga tushiriladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi zimmasiga qo'shimcha vazifalar yuklatildi. Agentlik, jumladan:

• davlat organlari va tashkilotlarining ma'lumotlarni Internetga joylashtirish majburiyatlari hisobini yuritadi;
• murojaatlardan kelib chiquvchi davlat organlari va tashkilotlarining ochiqligi va shaffofligiga oid dolzarb masalalarni "Mening fikrim" veb-portali orqali umumxalq muhokamasiga chiqaradi.
"Davlat sirlarini saqlash to'g'risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

2021 yil 1 dekabrdan:

• yil yakunlari bo'yicha davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik indeksi aniqlanadi;
• quyidagi tadbirlar telekanallar, shuningdek, Internet orqali jonli efirga uzatiladi:
• Qonunchilik palata va Senat majlislari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi sessiyalari;
• taraflarning roziligi bilan ayrim huquqbuzarliklarga va oilaviy nizolarga oid fuqarolik sud ishlari.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта