Sayt test rejimida ishlamoqda

"Aqlvoy" telekanalining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi

news-detail

Bugun, Toshkent shahri Markaziy bog'ida "Aqlvoy" telekanalining rasmiy ochilish marosimi o'tkazildi.

"Aqlvoy" xususiy bolalar telekanali Maktabgacha ta'lim vazirligi ko'magi bilan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil avgust oyida qabul qilingan "Ixtisoslashgan bolalar ko'ngilochar–ma'rifiy telekanalini tashkil etish to'g'risida"gi qarori asosida tashkil etilgan. Shuningdek, 22 martdan buyon test rejimida ishlayotgan mazkur telekanal hozirgacha 20 ta telekanal ichidan kunlik reytingda 4-o'rinni egallagan.

Dastlab, O'zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboeva marosimni kirish so'zi bilan ochib berdi.

Ochilish marosimida so'zga chiqqan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboeva, O'zbekistonda maktabgacha ta'lim qamrovi 3-4 yil avval 27 foizni tashkil qilganligi, hozirda esa bu ko'rsatkich 61 foizni tashkil etganligini mamnuniyat ila ta'kidlab, "2025 yilgacha mazkur ko'rsatkich 100 foizni ko'rsatishi reja qilinganligini haqida so'zladilar.

Xalqaro hamkorlarga soha rivojiga qo'shayotgan hissalari uchun o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Xususan, BMTning UNICEF tashkilotiga, Jahon banki vakillariga, barcha elchixona xodimlariga katta rahmat aytamiz", — dedi Senat raisi.

"Aqlvoy" telekanalining asosiy maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarga ilmiy-ma'rifiy, ko'ngilochar va intellektual rivojlanishiga qaratilgan teledasturlarni efirga berishdan iborat. Bundan tashqari, telekanalning asosiy auditoriyasi 3 yoshdan 9 yoshgacha bo'lgan bolalar bo'lib, kanal soat 07:00 dan 22:00 gacha faoliyat yuritadi.

"Aqlvoy" telekanalining asosiy maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarga ilmiy–ma'rifiy, ko'ngilochar va intellektual rivojlanishiga qaratilgan teledasturlarni efirga berishdan iborat.

Tadbir doirasida shular bilan bir qatorda, "Aqlvoy" oshpaz kitobi taqdimoti ham o'tkazildi. Oshpaz Bahriddin Chustiyning bergan ma'lumotiga asosan, ushbu bolalar uchun mo'ljallangan taomlar reseptlari kitobi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun maxsus ishlab chiqilgan. Unda 250 dan ortiq taomning tayyorlanish resepti joy olgan. Ushbu loyiha uchun umumiy 50 dan ortiq jamoa vakillari ishtirok etgan. El suygan san'atkorlar hamda maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilarining musiqali chiqishlari marosimga o'zgacha kayfiyat ulashdi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim vazirligi
"Xayr bog'cha - salom maktab!" madaniy-ma’rifiy tadbiri dasturi hamda tadbirda olingan fotosuratlar

DASTUR.pdf                          

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Saylov kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi

”Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–838-son, 06.05.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Jumladan, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra: Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy oʻziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va anʼanalardan kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra:  ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar Viloyat, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasi aʼzosi boʻlishi mumkin emas; Prezident muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 2 oy ichida oʻtkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi; Qonunchilik palatasi Prezident tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 3 oy ichida oʻtkaziladi. Qonunchilik palatasi tomonidan oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 2 oy ichida oʻtkaziladi. Senat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Senat aʼzolarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 3 oy ichida oʻtkaziladi. Senat tomonidan oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Senat aʼzolarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 1 oy ichida oʻtkaziladi. Тарғибот материали.pptx

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ayrim vakillari tomonidan (NMTTBAT) Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida  onlayn davomat qilish uchun yangi joriy etilgan mobil ilovasining 22-tahriri orqali davomat qilolmayotganligi yuzasidan murojaatlar tarqalmoqda. Ma’lumot uchun, 2022-yilning boshida Maktabgacha ta’lim vazirligi (hozirda Maktabgacha ta’lim agentligi) hamda tegishli mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari shuningdek, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘larning foydalanish holatlari o‘rganilgan. Natijada ayrim tadbirkorlar tomonidan ularga ajratiladigan subsidiya mablag‘lari hajmini sun’iy ravishda oshirish maqsadida qog‘oz shaklida taqdim etilgan hisobotlarda ma’lumotlarni soxtalashtirib, maktabgacha ta’lim tashkilotida haqiqatda mavjud bo‘lmagan tarbiyalanuvchilar va xodimlarni ko‘rsatish, ular davomati kunlari sonini qo‘shish holatlari aniqlangan. Ushbu holatlarni bartaraf etish hamda subsidiya va kompensasiyalarni ajratish jarayonini shaffofligini ta’minlash maqsadida tarbiyalanuvchilar va xodimlar davomatini elektron tizimga o‘tkazish rejalashtirilib, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi (NMTTBAT) va uning mobil ilovasi ishlab chiqilib, ushbu tizim davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘lardan samarali va oqilona foydalanish, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish hamda subsidiya va kompensasiyalarni ajratish jarayonlarini raqamlashtirish orqali inson omilini keskin kamaytirish va korrupsion holatlarni oldini olishga xizmat qilmoqda. Hammamizga ma’lumki, dunyodagi barcha axborot tizimlar va mobil ilovalar ularni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan doimiy ravishda takomillashtirilib boriladi. Misol uchun, bugungi kunda smartfonlarda foydalanilayotgan dasturiy ta’minotlar (“Android” yoki “IOS”) hamda mobil ilovalarning (Telegram, Instagram, Facebook va boshqalar) yangi taxriri (versiyasi) telefon qurilmalariga muntazam yetkazib beriladi. Shular kabi NMTTBAT va uning mobil ilovasida ham, joriy etilganidan buyon doimo takomillashtirilib, qo‘shimcha funksiyalar va imkoniyatlar kiritilib borilmoqda. Misol uchun, NMTTBATning mobil ilovasining yangi 22-tahririda ota-onalar badali to‘lovi uchun fiskal belgiga ega elektron chekni shakllantirish va bu to‘lov qabul qilinganligi to‘g‘risida tarbiyalanuvchi ota-onasining mobil telefon raqamiga xabarnoma jo‘natish, xodimlarning plastik kartalariga ish xaqini o‘tkazish jarayoni holatini aniqlash, tarbiyalanuvchi fotosurati haqqoniyligi tasdiqlash, elektron yo‘qlama qilingan bolalar va xodimlarning sun’iy intellekt yordamida haqiqiyligini tasdiqlash kabi imkoniyatlar va funksiyalar kiritilgan. Bu ilovaning boshqa ilovalardan eng katta farqi shundan iboratki, bolalar va xodimlar davomatining elektron yo‘qlamasi sun’iy intellekt orqali  tahlil qilinib, odamning yuzidan emas, balki foto va video orqali amalga oshirilgan yo‘qlamalar avtomatik tarzda aniqlanadi va ular soxtaligi sababli NMTTBAT tomonidan hisobga olinmaydi. Shuningdek, sun’iy intellektning yo‘qlamalar natijasi bo‘yicha xulosalari bir ish kuni mobaynida foydalanuvchilarga mobil ilova orqali uzatib boriladi. Keling endi NMTTBAT mobil ilovasining yangi 22-tahriri foydalanishga joriy etilgandan buyon sun’iy  intellekt tomonidan o‘tgan 4 ish kuni davomida qilingan yo‘qlamalar bo‘yicha xulosalarning statistikasiga nazar tashlasak. Demak: 16-may kuni yo‘qlama qilingan 235,5 ming nafar tarbiyalanuvchilardan 74,5 ming nafari (31,6 foizi), 17-may kuni 333,7 ming nafar tarbiyalanuvchilardan 69,7 ming nafari (20,9 foizi), 18-may kuni yo‘qlama qilingan 355,4 ming nafar tarbiyalanuvchidan 44,5 ming (12,5 foizi), 19-may kuni 361,2 ming nafar tarbiyalanuvchidan 30 ming nafari (8,3 foizi) bo‘yicha yo‘qlamalar soxtalashtirilib, foto surati va video roliklardan foydalanilgan holda amalga oshirilgan. Aniqlangan holat bo‘yicha lavhalardan o‘zingiz guvoh bo‘ling: Yuqoridagi raqamlarni umumlashtirib hisoblasak faqatgina 4 kun davomida davlat byudjetining 3 mlrd.so‘mga yaqin subsidiya mablag‘lari maqsadsiz sarflanishini oldi olinganligining guvohi bo‘lamiz. Hurmatli tadbirkorlar, NMTTBAT foydalanuvchilari!!! Davlat byudjeti mablag‘laridan samarali va oqilona foydalanish masalalarida mas’uliyat bilan yondoshishingizni iltimos qilib qolamiz. Shuningdek, Maktabgacha ta’lim agentligi, axborot tizimidan to‘g‘ri foydalanib, maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishida munosib hissasini qo‘shib kelayotgan halol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlab, ularga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Agentlik, ushbu axborot tizimi va uning mobil ilovasi bosqichma-bosqich takomillashtirilib borish ishlari davom ettirilishini ma’lum qiladi. Yuzaga keladigan barcha savollaringiz bo‘yicha aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun quyidagi telefon raqamlari va telegramm kanallariga biriktirilgan bot orqali murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz. Har bir savolingiz biz uchun muhim.  Savol va murojaatlar bilan bog‘lanish aloqalari: (+998 71) 207 04 07 (+998 99) 250-84-84  https://t.me/help_nmttbat https://t.me/nmttbat_chat   

Вид сайта
Размер шрифта