Ziroat Mirziyoyeva Nukusdagi “Imkon” reabilitatsion bolalar bog’chasiga tashrif buyurdi

news-detail

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Nukus shahridagi "Imkon" reabilitatsiya markaziga ega ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi bolalari bilan uchrashdi.

— Bu dargohdagi o‘g‘il-qizlar qanchalik harakat qilib o‘z ustida ishlayotgani, ular erishayotgan yutuqlarni ko‘rib, juda mamnun bo‘ldim. Asosiysi, har bir bolaga alohida yondashuv bor, hech kim eʼtibordan chetda qolmayapti,dedi Ziroat Mirziyoyeva.

Eslatib o'tamiz, Nukusda 2019-yil aprel oyida nogironligi bor bolalar uchun “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega bo'lgan O'zbekistondagi birinchi ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi ochilgan.

"Imkon" loyihasining o'ziga xos xususiyati – reabilitatsiya va ta'lim bo’limlarini birlashtirishga qaratilgan kompleks yondashuv, bu har xil nogironligi bor bolalarga yaxlit, maqsadli, individual yo'naltirilgan yordam ko'rsatishga imkon beradi.

Ochilganidan buyon “Imkon” markazida 241 nafar nogironligi bor bolalar qabul qilingan. 2021-yil 1-may holatiga ko'ra, ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasiga 119 nafar o'quvchi qabul qilindi, ular og'ir eshitish qobiliyati, aqliy zaifligi va tayanch-harakat tizimining buzilishi bo'lgan bolalar uchun guruhlarda ta'lim oladilar. Tuzatish va ta'lim jarayoni natijalariga ko'ra, bolalarning 90,4 foizida ijtimoiylashuv va moslashish sohasida; turli darajadagi motorli ko'nikmalarni rivojlantirish bo’yicha 97,8 foizida; nutqida nuqsoni bo'lgan bolalarning 92,3 foizida ijobiy rivojlanish kuzatildi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта