Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumanida faoliyatini boshlagan yangi MTTlar

news-detail

Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumani maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufida 43 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat ko'rsatib, shundan 23 ta davlat, 2 ta xususiy, 1 ta Davlat xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat va 17 ta oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlari hisobiga to'g'ri keladi.
Hozirgi kunda viloyatdagi mavjud 10 817 nafar 3-7 yoshli bolalarning 6 013 nafari yoki 55,6 foizi mazkur maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olindi.
O'rta Chirchiq pedagogik kolleji qoshida 7 sonli DMTT ochildi. MTT binosi butunlay ta'mirlanib, hozirda u 8 ta guruhni (240 nafar tarbiyalanuvchidan iborat) o'ziga sig'dira oladi. Ichki jihozlar va mebel bolalarning yoshi inobatga olingan holda yengil va ekologik toza materiallardan ishlangan.
Maktabgacha ta'lim yo'nalishiga 2019 yil sentyabr oyidan O'rta Chirchiq pedagogika kollej bazasida maktabgacha ta'lim tashkiloti tashkil etish yuzasidan amaliy ishlar yo'lga qo'yilib, 240 o'rinli maktabgacha ta'lim tashkiloti "Vodiy sarkor biznes" MCHJ korxonasi tomonidan jami qiymati 2 mlrd. 200 mln. so'mlik qurilish ishlari olib borildi.
Tumandagi kim-Pen Xva maxalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan "Do'stlik" nomli 19-DMTT 1973-yilda qo'rilib, 140 quvvatga ega. O'zbekiston Respublikasi Prizidentining 2018 yil 19-dekabrdagi PQ-4067-sonli qaroriga muvofiq 2019 yil "Investisiya" dasturi asosida rekonstruktsiya qilinib, 325 quvvatga ega zamonaviy DMTT qurib bitkazildi. Bugungi kunda ushbu DMTT obyekti qurilish-ta'mirlash ishlari yakulanib, foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Tumanda 7 sonli va 19 sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini boshlanishi natijasida yangi 62 ta ish o'rini va 565 quvvat yaratilib, tumanning qamrovi 6 013 nafar yoki 55,6 foizdan 6 578 nafar yoki qo'shimcha 5,2 foiz qamralib, 60,8 foizga yetkaziladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта