Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
​​Sovg‘alar vaqti keldi!

«Aqlvoy o‘zi kim?» tanlovi nihoyasiga yetdi va bizning g‘olibimizni e’lon qilish fursati yetib keldi! Barcha ishtirokchilarimiz o‘z iste’dodlarini namoyon etdilar va juda rang-barang, yorqin ishlarini bizga yubordilar. Shu sababli, tanlovda ishtirok etgan va tartib raqami olgan barcha 858 ta yosh rassomlarimizga, Aqlvoydan sovg‘alarni taqdim etamiz! Bizning aktiv va kreativ bolajonlarimiz! Sizlarga tanlovda ishtirokingiz va ajoyib rasmlaringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Aqlvoy bilan birga bo‘ling, bizning ijodiy tanlovlarimizda ishtirok eting va bizlarni o‘zlaringizning yorqin va betakror g‘oyalaringiz bilan xursand qiling!

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Hurmatli ota onalar va MTT xodimlari!

Maktabgacha ta'lim vazirligi Koronavirusga qarshi kurash bo’yicha Respublika Maxsus komissiyasi sariq va yashil xududlarda, MTT raxbariyati va xodimlari tomonidan zarur havfsizlik choralarini ta’minlangan holda, ushbu tashkilotlar faoliyatini qayta tiklashga ruxsat berilishi haqida qaror qabul qilinganligini ma’lum qiladi. Ayni vaqtlarda Maktabgacha ta’lim vazirligi, Respublika Sog’liqni Saqlash vazirligi huzuridagi Sanitarija-epidemiologiya osoyishtaligi Agentligi, xalqaro tashkilotlar, UNICEF va Jaxon sog’liqni saqlash tashkiloti vakillaridan iborat ishchi guruhi tomonidan MTTlar faoliyatini tiklash borasida qo’yiladigan talablar tartibini o’z ichiga olgan nizom ishlab chiqilmoqda. MTTlar faoliyatini tiklash borasidagi tartibi haqida Maktabgacha ta’lim vazirligi o’zining rasmiy saytida yana qo’shimcha tarzda ma’lumot beradi. Talab etiluvchi xavfsizlik choralarini ta’minlab bera oluvchi xususiy MTTlar 2020 yil 15 iyundan faoliyatlarini boshlashlari mumkin. Ayni damda Maktabgacha ta’lim vazirligi MTTlar faoliyati havfsizligini ta’minlash maqsadida barcha sharoitlarni yaratish, jumladan, ularda tarbiyalanuvchilar ovqatlinishini tashkil etish uchun oziq-ovqatlarni xarid qilish, himoya vositalarini sotib olish, o’rnatish va dezinfeksiya qilish, MTT hodimlarini mehnat ta’tilidan ishga chaqirish bo’yicha tegishli rasmiylashtirish bo’yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirmoqda. Hozirgi vaqtda barcha MTT rahbariyati va hodimlari oldidagi eng muhim vazifasi- bu bolalar havsizligini ta’minlashdir. Shundan kelib chiqqan holda, Maktabgacha ta’lim vazirligi MTT tarbiyalanuvchilari uchun havfsiz sharoit yaratish borasidagi ishlarni amalga oshirishga ma’lum vaqt talab etishi bilan bog’liq vaziyatga to’g’ri baho berishingiz va tushunishingizni so’raydi. Maktabgacha ta’lim vazirligi barcha holatlarni inobatga olib Davlat MTTlari faoliyating havfsiz va sifatliligini ta’minlash maqsadida ayni vaqtlarda ishlab chiqayotgan jadvali asosida DMTTlarning faoliyati 15 iyundan 1 iyulgacha amalga oshiriladi. Ushbu jadval Maktabgacha ta’lim vazirligining rasmiy manbalarida e’lon qilinadi. Karantin choralari yumshatilishidan qat’iy nazar Sizlarni hushyorlikni yo’qotmaslik, koronavirusga qarshi kurash Respublika Maxsus komissiyasi talablariga to’la rioya qilish, o’zingiz va yaqinlaringizni asrashga chaqiramiz. Sizlardan o’zingiz yoki farzandingizda tana harorati ko’tarilishi, nafas qisilishi, quruq yo’tal, holsizlik belgilari paydo bo’lgan zahoti shifokorga darhol murojaat qilish va bu haqida MTT xodimlariga xabar berishingizni so’raymiz.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin va Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyatida bo'ldi

Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin hamda Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatovboshchiligidagivazirliklar xodimlari 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyatidagi ta'lim muassasalarida bo'lib, bolalajonlarni bayram bilan tabrikladilar va sovg'alar topshirdilar. O'tkazilgan tadbirlar va sovg'alarni topshirish jarayoni karantin qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda amalga oshirildi. Ikki vazirlik vakillari kunning birinchi yarmida Yangiyer Pedagogika kolleji, Yangiyer Akademik litseyi va Guliston Olimpiya zaxiralari kollejiga tashrif buyurishdi. Agrippina Shin Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan yo'llagan tabrik nutqida : «Mamlakatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan bolalarga doimiy g'amxo'rlik ko'rsatib kelinmoqda. Farzandlarimiz - bu bizning hayotimiz, kelajagimiz va baxtimiz. Har biringizning oilalaringizda va maktabgacha ta'lim muassasalarida e'tibor va g'amho'rlik ko'rsatilayotgan bu bolajonlar kelajakda hayotimizga yanada g'ayrat, ma'no va mazmun bag'ishlayversin, biz kattalarni yangi ijodiy muvaffaqiyatlarga etaklasin» Tashrif davomida Maktabgacha ta'lim vazirligi xodimlari Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyatining Mirzaobod, Sardoba va Oqoltin tumanlarida joylashgan MTTlar ihtiyoriga tarbiyalanuvchilar uchun bolalar velosipedlarini sovg'a qildilar. Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan 1302 nafar uy ho'jaliklariga vaqtincha joylashtirilgan maktabgacha yoshdagi kichkintoylarga o'yinchoqlar, shirinlik va kiyim kechaklar,jumladan132 nafar maktab yoshidagi tarbiyalanuvchilarga bola uchun foydali va rivojlantiruvchi sovg'alar topshirildi. "Biz sizga nafaqat 1-iyun kuni, balki sizni har kuni himoya qilishga va mehr ko'rsatishga va'da beramiz. Bugun 1-iyun - "Ilk kadam" dasturiga binoan yozgi sog'lomlashtirishdam olish tadbirlari boshlanadigan kun hisoblanadi. Bugun Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda har biringizni tabriklashga harakat qildik: kitoblar, yozgi kiyimlar, velosiped va televizorlar. Bularning barchasisiz uchun yozgi mashg'ulotlarimiznimasofadatomosha qilib shug'ullana olishingiz, shuningdek, bardam va sog'lom bo'lgan holda sentyabr oyida yana jonajon bog'chalaringizga qaytishingiz uchundir. Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida vazirlik xodimlari Sirdaryo viloyatining 16 ta hududida joylashgan ta'lim tashkilotlarida bo'lib, bolalarni bayramlari bilan tabrikladilar va sovg'alarni egalariga etkazdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi barchangizni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklaydi!

Bolalar sevgi va g‘amxo‘rlik muhitida voyaga yetishlari, davlatimiz va ota-onalarining qo‘llovida ulkan orzulari sari ilk qadamlaridayoq muvaffaqiyatlarga erishishlarini tilaymiz.Har bir bola qayerda bo‘lishidan qat'iy nazar o‘zini xavfsiz his qilsin, ko‘zlari baxt-saodatdan porlasin, har bir yangi kun esa qiziqarli va mehrga to‘la bo‘lsin! Farzandlarga bo‘lgan mehr-muhabbat, ota-onalar hayotini yangi ma‘no va shodlik bilan limmo-lim to‘ldirsin ,ular qalbini ajoyib hislar bilan boyitib, ko‘ngillariga ilhom baxsh etsin.Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Maktabgacha ta'lim agentligi
1 iyun nafaqat Xalqaro bolalarni himoya qilish, balki Butunjahon ota-onalar kuni hamdir!

Maktabgacha ta'lim tizimi uchun bu eng muhim sanalardan biri hisoblanadi. O‘tgan yillari biz ushbu sanaga bolalar va ota-onalar uchun alohida tadbirlar tashkil etar edik. Bu yil esa ma'lum holatlar tufayli rejalarimizga o‘zgartirishlar kiritishimizga to‘g‘ri kelmoqda va biz bolajonlarni tabiat qo‘yniga, istirohat bog‘lari va o‘yin maydonchalariga chorlay olmayapmiz. Bu yil bolajonlarimiz uchun multfilm qahramonlari bilan birgalikda yayrab o‘ynash, o‘zaro musobaqalashib, mukofotlarga ega bo‘lish imkonyati chegaralangan. Havfsizlik choralari tufayli ular uyda bo‘lishlari lozim. Ammo, hatto shunday holat ham, biz bu kunni bayram sifatida nishonlashimizga xalaqit bera olmaydi! Maktabgacha ta'lim vazirligi "UzReport" telekanali, Xalq ta'limi vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab onlayn-loyiha o‘tkazmoqda. 1- iyun soat 10.00 da "UzReport" telekanalida loyihamizni tomosha qiling!  

Maktabgacha ta'lim agentligi
​Maktabgacha ta’lim vazirligi nomidan Sizlarni Ramazon Hayiti bilan tabriklaymiz!

Yaratgan hayotingizni baxt-saodat, qalbingizni surur bilan to‘ldirsin. Xonadoningiz farovon bo‘lsin!

Maktabgacha ta'lim agentligi
​TOSHKENT SHAHRI, MIROBOD TUMANIDAGI 489-SONLI MTT dagi HOLAT BO‘YICHA BAYONOT.

Maktabgacha ta'lim vazirligiga karantin choralari amalda ekanligiga qaramay ,Toshkent shahri,Mirobod tumanidagi 489-МТТ hududini tartibga keltirish uchun xodimlar jalb etilganligi haqida xabar kelib tushdi. SHu munosabat bilan MTV majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishiga qarshi ekanligini ma'lum qiladi. Maktabgacha ta'lim vazirligi mas'ul davlat organlari bilan hamkorlikda bu holat tafsilotlarini har tomonlama o‘rganib chiqdi.Karantin choralarini buzganlik va xodumlarni ta'qiqlarga qaramay MTT hududiga kiritganligi uchun 489-sonli MTT mudirasiga nisbatab intizomiy jazo chorasi qo‘llanganligi va xayfsan berilganligini ma'lum qilamiz. Hurmatli MTT xodimlari va ota-onalar! Mamlakat rahbaruyatining joriy yil 16-martdagi barcha shakldagi MTT lar faoliyatini vaqtincha to‘xtatish haqidagi qaroriga ko‘ra,karantin vaqtida MTT hududida xodimlar,tarbiyalanyvchilar va boshqa shaxslar bo‘lishi qat'iy man etilganligini eslatib o‘tamiz. Karantin choralari buzilganligi aniqlangan taqdirda, buni amalga oshirgan shaxslarga nisbatan qonuniy jazo choralari ko‘rilishi belgilangan. Barchangizni o‘zingiz va yaqinlaringiz calomatligini muhofaza qilish, koronovirus infeksuyasi yuqishining oldini olish maqsadida davlat tomonidan belgilangan choralarga qat'iy rioya qilishga chaqiramiz!

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Online BOG'CHA ILK qadam. Luckin English 1-mashg'ulot

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ravon nutq. 3-mashg'ulot

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ravon nutq. 2-mashg'ulot

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mental arifmetika. 6-mashg'ulot

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mental arifmetika. 5-mashg'ulot

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mental arifmetika. 2-mashg'ulot

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bardam bolajon. №11-mashg'ulot

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Bardam bolajon. 10-mashg'ulot

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bardam bolajon. 9-mashg'ulot

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bardam bolajon. 8-mashg'ulot

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bardam bolajon. 7-mashg'ulot

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bardam bolajon. 6-mashg'ulot

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bardam bolajon. 5-mashg'ulot

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bardam bolajon. 4-mashg'ulot

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
RAVON NUTQ №1-mashg'ulot

Maktabgacha ta'lim agentligi
RAVON NUTQ №1-mashg'ulot (RUS,O'ZB)

"RAVON NUTQ" - bu bolajonlarimizni nutqdagi nuqsonlarni bartaraf etishda ota-oanalarimizga ko'mak beruvchi mashg'ulotdir. Logoped maxsus mashqlar yordamida chiroyli gapirish va tovushlarni aniq-tiniq talaffuz qilishni o‘rgatadi. Mashqlar o'zbek va rus tilida.

Maktabgacha ta'lim agentligi
BARDAM BOLAJON №3-mashg'ulot

Maktabgacha ta'lim agentligi
BARDAM BOLAJON №2-mashg'ulot

Maktabgacha ta'lim agentligi
MENTAL ARIFMETIKA №1-mashg'ulot

Вид сайта
Размер шрифта