Xakimov Abdugʻulom Soyibjonovich - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi.
Xakimov Abdugʻulom 1982-yilda Andijon viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 2004-yilda Oʻzbekiston milliy universitetida bakalavr va 2006-yilda Oʻzbekiston milliy universitetida magistratura bosqichini tamomlagan.
2006-2009-yillarda -Respublika OITSga qarshi kurash markazi moliyaviy menedjeri;
2009-2011-yillarda - Respublika OITSga qarshi kurash markazi moliyaviy mutaxassisi;
2011-2015-yillarda - Respublika OITSga qarshi kurash markazi moliyaviy yordamchi;
2016-2017-yillarda - Respublika OITSga qarshi kurash markazi iqtisodchi;
2018-2018-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatni tashkil etish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;
2018-yildan hozirga qadar - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi.
✅Xakimov Аbdugʼulom Soyibjonovich
? (71) 202-04-08 (808)
? dxsh@mpe.uz