Davlat-xususiy sherikchiligi loyihalari monitoringi boʻlimi boshligʻi

news-detail

Abdullayev Abduvoxid Abduraimovich - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Davlat-xususiy sherikchiligi loyihalari monitoringi boʻlimi boshligʻi.

Abdullayev Abduvoxid 1964-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 1988-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan.

1988-1989-yillarda -Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani eksperimental maxsus ishlab chiqarish birlashmasi bosh hisobchi yordamchisi;

1989-1900-yillarda -Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani eksperimental maxsus ishlab chiqarish birlashmasi bosh hisobchi oʻrinbosari;

1990-1990-yillarda -«Sverdlov» nomli kolxoz hisobchisi;

1990-1991-yillarda -Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani eksperimental maxsus ishlab chiqarish birlashmasi bosh hisobchi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi;

1991-1998-yillarda -Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat taftish bosh boshqarmasining Toshkent viloyati boʻyicha 1-toifali nazorat-taftishchisi;

1998-2001-yillarda -Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat taftish bosh boshqarmasining Toshkent viloyati boʻyicha nazorat-taftish boshqarmasi “Byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish” boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari;

2001-2003-yillarda -Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat taftish bosh boshqarmasining Toshkent viloyati boʻyicha nazorat-taftish boshqarmasi “Byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish” boʻlimi bosh nazorat-taftishchisi;

2003-2004-yillarda -Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat taftish bosh boshqarmasining Toshkent viloyati boʻyicha nazorat-taftish boshqarmasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini taftish qilish hamda valyuta va tashqi savdo operatsiyalarini nazorat qilish” boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari;

2004-2008-yillarda -Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat taftish bosh boshqarmasining Toshkent viloyati boʻyicha nazorat-taftish boshqarmasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini taftish qilish hamda valyuta va tashqi savdo operatsiyalarini nazorat qilish” boʻlimi boshligʻi;

2008-2017-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarni melorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish Departamenti Byudjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish inspeksiyasi Inspeksiya boshligʻi;

2018-2019-yillarda -Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarni melorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish Departamenti Loyihalarning manzilli roʻyxatlarini shakllantirish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilish boʻlimi bosh mutaxassisi;

2019-2019-yillarda - Oʻrmon xoʻjaligi Davlat qoʻmitasi huzuridagi «Oʻrmonqurilish» DUKning moliya, nazorat qilish, shartnoma va marketing boʻlimi boshligʻi;

2019-2020-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Davlat-xususiy sheriklik loyihalari monitoringi boʻlimi bosh mutaxassisi;

2020-2021-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Davlat-xususiy sherikchiligi loyihalari monitoringi boʻlimi bosh mutaxassisi;

2021-yildan hozirga qadar - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Davlat-xususiy sherikchiligi loyihalari monitoringi boʻlimi boshligʻi;

✅Abdullayev Abduvohid Abduraimovich

?(71) 207-04-08 (816)

?dxsh.monitoring@mpe.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта