Azimov Azizbek Zaynabiddinovich – Andijon viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi
Azimov Azizbek Zaynabiddinovich 1984-yilda Andijon viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli, 2005-yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2005-yilda Andijon shahri 35-ixtisoslashtirilgan maktab oʻqituvchisi sifatida boshlagan.
2008-2010-yillarda Andijon shahri 35-ixtisoslashtirilgan maktab direktori oʻrinbosari boʻlgan.
2010-2013-yillarda Andijon viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi taʼlim jarayonini taʼminlashni tashkillashtirish boʻlimi yetakchi mutaxassisi boʻlgan.
2013-2015-yillarda Andijon viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi davlat taʼlim standartlari monitoringi boʻlimi boshligʻi, boshqarma oshligʻi oʻrinbosari boʻlgan.
2015-2016-yillarda Andijon viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi axborot-texnologiyalari boʻlimi boshligʻi
2016-2017-yillarda Andijon shahar hokimligining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha bosh mutaxassisi.
2017-2017-yillarda Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish Andijon shahar boʻlimi mudiri.
2017-2018-yillar Andijon viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi.
2018-2018-yillarda Andijon viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.
2019-2020- yillarda Andijon shahar hokimligining voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha shahar idoralar komissiyasi masʼul kotibi.
2020-yil x.v — Andijon viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi.
✅Azimov Azizbek Zaynabiddinovich
?(74) 225-51-08
?boshqarma@andijonvmtb.uz