Normatov Dilshod Xabibullayevich - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati boshligʻi.
Normatov Dilshod 1981-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 2002-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini hamda 2007-yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
2002-2004-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Toshkent viloyatidagi nazorat-taftish boshqarmasi asosiy ish faoliyati boʻyicha inspektori;
2004-2005-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Toshkent viloyatidagi nazorat-taftish boshqarmasi Byudjet intizomiga rioya etilishini nazoart qilish boʻlimi1-toifali nazoratchi-taftishchisi;
2005-2008-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Toshkent viloyatidagi nazorat-taftish boshqarmasi Tashkiliy-uslubiy ishlar boʻlimi bosh nazoratchi-taftishchisi;
2008-2009-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Toshkent viloyatidagi nazorat-taftish boshqarmasi Byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari;
2009-2010-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining nazorat-taftish boshqarmasi bosh mutaxassis taftishchisi;
2010-2013-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmasi Tashkiliy-uslubiy ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari;
2013-2017-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Toshkent shahardagi nazorat-taftish boshqarmasi Tashkiliy-uslubiy ishlar boʻlimi boshligʻi;
2017-2017-yillarda - Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali moliya-iqtisod ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari;
2017-2018-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati boshligʻi;
2018-yildan hozirga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati boshligʻi.
✅Normatov Dilshod Xabibullayevich
? (71) 207-04-08 (717)
? audit@mpe.uz