Xidirbayev Baxrom Baxtiyarovich - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va strategik rivojlantirish boʻlimi boshligʻi.
Xidirbayev Baxrom 1983-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 2005-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
2005-2007-yillarda - “Olmaliq KMK” OAJ Angren kon boshqarmasi mehnat va ish haqi boʻlimi EHM operatori;
2007-2012-yillarda - “Olmaliq KMK” OAJ Angren kon boshqarmasi reja va iqtisod boʻlimi 1-toifali iqtisodchisi;
2012-2015-yillarda - “Olmaliq KMK” AJ Kovuldi koni mehnatni tashkillashtirish va ishlab chiqarishni rejalashtirish byurosi boshligʻi;
2015-2017-yillarda - “Olmaliq KMK” AJ Angren kon boshqarmasi reja va iqtisod boʻlimi boshligʻi;
2019-2020-yillarda - “Olmaliq KMK” AJ Angren kon boshqarmasi reja va iqtisod boʻlimi boshligʻi;
2020-2020-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, tahlil qilish va strategik rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;
2020-2020-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Hududiy rivojlanish tahlili, strategiyasi va maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi;
2020-yildan hozirgi vaqtga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va strategik rivojlantirish boʻlimi boshligʻi.
✅Xidirbaev Baxrom Baxtiyarovich
? (71) 207-04-08 (703)
? main.dep@mpe.uz