Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi kasallangan tarbiyalanuvchilarning holatlari yuzasidan rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent viloyatining Oqqoʼrgʼon tumanidagi bolalar bogʼchasida 150 nafar bola ovqatdan zaxarlanibdi, 1 nafar vafot etibdi” deyilgan asoslanmagan ma’lumotlar tarqalmoqda, shunga ko‘ra Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi: Maktabgacha ta'lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 25 nafar tarbiyalanuvchilarining kasallanish holatini o‘rganib chiqdi. 2 avgustdan 11 avgustgacha intoksikatsiya sindromining klinik ko‘rinishlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti klinikasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Toshkent 1-shahar yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi, Toshkent viloyati bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi va Oqqo‘rg'on tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joyalashtirildi. 12 avgust holatiga ko‘ra, 6 nafar tarbiyalanuvchi  og‘ir holatda jonlantirish bo‘limida davolanmoqda, shundan 1 nafar tarbiyalanuvchi o‘pkaning sun’iy nafas berish moslamasiga ulangan bo‘lib, holati o‘ta og‘ir holatda qolmoqda. Qolgan 19 nafar tarbiyalanuvchilarning holati  o‘rtacha og‘ir deb baholangan. Kasalxonaga yotqizilgan tarbiyalanuvchilardan bakteriologik tekshiruv o‘tkazish uchun tahlillar olingan va laboratoriyaga yuborilgan. Epidemiologiyaga qarshi tadbirlarni muvofiqlashtirish va mahalliy mutaxassislarga uslubiy yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassislar va epidemiologlar guruhi yuborilgan. Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari tomonidan konsilium o‘tkazilib kasalxonaga yotqizilgan tarbiyalanuvchilarga klinik ko‘rinishlariga ko‘ra "Botulizm-?" tashxisiga gumon qilingan. Yakuniy tashxis epidemiologik tekshiruv natijalari hamda bakteriologik tadqiqot ma’lumotlariga asoslanib qo‘yiladi. Davolanish davomida 21nafar tarbiyalanuvchilarning salomatligi holatida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Malumot uchun: Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 5 guruhga mo‘ljallangan. Maktabgacha ta’lim tashkilotida 136 nafar tarbiyalanuvchilar ro‘yxatga olingan bo‘lib, maktabgacha ta’lim tashkilotida markazlashtirilgan suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi, alohida mahalliy isitish tizimi, tabiiy gaz o‘rnatilgan.Kasallikka chalinmagan mazkur maktabgacha ta‘lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari har kuni tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib nazoratga olinmoqda. Bundan tashqari ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy profilda keltirilgan xabarga ko‘ra ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotida 1 nafar tarbiyalanuvchining oziq-ovqat zaharlanishidan vafot etganligi keltirilgan. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, tarbiyalanuvchi Baxtiyorova Marjona Doniyor qizi 2021 yil 2 avgustgdan 7 avgustga qadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filiali shifokorlari tomonidan  “Shifoxonadan tashqari ikki tomonlama o‘choqli pnevmoniya.  Asoratlari: Yurak qon-tomir yetishmovchiligi. Miya shishi.” tashxisi qo‘yilib  davolash ishlari olib borilgan, shifokorlarning harakatlariga qaramay pnevmoniya kasalligi asoratlariga ko‘ra yurak qon-tomir yetishmovchiligi tufayli 7 avgust kuni biologik o‘lim qayd etilgan.   Holat yuzasidan bugungi kunda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tekshiruv-surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda, o‘tkazilgan  tekshiruv natijalariga ko‘ra Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan qo'shimcha  ma'lumot beriladi. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Namanganda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2021” Respublika kasbiy koʼrik-tanlovi viloyat bosqichi gʼoliblari eʼlon qilindi.

Tizim tarbiyachilarining kasb mahoratini takomillashtirish, ularning ilg‘or pedagogik texnologiyalar, xususan, innovatsion usullardan samarali foydalanish bo‘yicha tajribalarini ommalashtirish maqsadlariga qaratilgan ushbu tanlovning dastlabki saralash bosqichlarida qariyb 2 ming 500 dan ziyod mutaxassis ishtirok etdi. Ular “Eng yaxshi metodist tarbiyachi”, “Eng yaxshi ijodkor tarbiyachi”, “Innovatsion va axborot texnologiyalarni qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi g‘oya muallifi” hamda “Mohir qo‘l ustasi” kabi nominatsiyalar bo‘yicha bahs olib borishdi. Mazkur jarayonlarda g‘olib chiqqan 75 nafar mutaxassis mamlakat bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etdi. Ularning besh yo‘nalishda bajargan shartlarini talabchanlik bilan baholagan hakamlar hayʼati poytaxtda Namangan viloyati sharafini himoya qiladigan tarbiyachilar nomini aniqlab berdi. Yakuniy xulosaga ko‘ra, Toʼraqo‘rg‘on tumanidagi 11-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Feruza Mamadaliyeva “Eng yaxshi metodist tarbiyachi”, Pop tumanidagi 14-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Komuna Burxonova “Eng yaxshi ijodkor tarbiyachi”, Chust tumanidagi 51-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Marg‘uba Muxtorova “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, Chortoq tumanidagi 1-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Gulgina Abdulina, “Eng yaxshi g‘oya muallifi”, To‘raqo‘rgon tumanidagi 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Nargiza Akbarova “Mohir qo‘l ustasi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib, deb topildilar. Ilm- maʼrifat va mahorat namoyishi natijasiga bag‘ishlangan mazkur tadbirda Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha oʼrinbosari Gʼulomjon Murodxo‘jaev qatnashdi. U muhtaram Prezidentimiz tomonidan tamomila qayta isloh etilgan maktabgacha taʼlim tizimining so‘nggi besh yillik samarali faoliyatini eʼtirof etar ekan, mazkur tanlov sohaning sifat tamoyilini yanada yaxshilashga xizmat qilishini taʼkidladi. Tadbir davomida viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshlig‘i Xilola Yusupova g‘olib va sovrindorlarni qizg‘in tabrikladi. Ularni tanlov diplomlari, tashakkurnomalar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi. Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xorazm viloyatining Xiva, Yangiariq, Hazorasp va Bog'ot tumanlarida maktabgacha ta'lim tashkilotlari bo'lmagan, olis va chekka aholi manzillarida "mobil guruhlar" bolalar bilan to'ldi.

Maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinmagan bolalar bilan shakllantirilgan guruhlarda didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o'yin va o'yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bor. Ilg'or xorijiy tajribani inobatga olgan holda, bolalarning intelektual, ma'naviy estetik va jismoniy kamol topishi uchun sharoitlar yaratish ko'zlangan. Guruhlarni yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bormaydigan bolalarning ijtimoiy moslashuvini shakllantirish va ularni boshlang'ich ta'limga tayyorlash asosiy maqsad. Maktabgacha ta'limning muqobil shakllarini rivojlantirish ko'zlangan. Bir mobil guruhidagi bolalar soni qayta jihozlangan avtobusning ko'zda tutilgan xarakteristikasidan kelib chiqqan holda kamida 16 nafar, ko'pi bilan 30 nafar bo'lishi lozim. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishini rejalashtirish boshqarmasi boshligʻi

Usanov Zafar Beknazarovich - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Moliya-iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirish boshqarmasi boshligʻi. Usanov Zafar Beknazarovich 1977-yilda Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy. 1999-yilda Samarqand qishloq xoʻjaligi institutining bakalavr, 2001-yilda Toshkent davlat agrar universiteti magistratura bosqichini tamomlagan. Shuningdek, 2007-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan. 2002-2004-yillarda - “Uzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi qishloq xoʻjaligi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi; 2004-2006-yillarda - Toshkent shahar xalq taʼlimi Bosh boshqarmasi moliya- rejalashtirish boʻlimi boshligʻi; 2006-2010-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi istiqbolni belgilash, moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi bosh iqtisodchisi; 2010- 2014-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Iqtisodiy tahlil va moliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari; 2014-2016-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi «Oʻzbeknavo» estrada birlashmasi iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshligʻi; 2016-2019-yillarda - Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti moliya-iqtisod ishlar boʻyicha prorektori; 2019-2021-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Moliya va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi boshligʻi; 2019-yildan hozirgi vaqtga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Moliya-iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirish boshqarmasi boshligʻi; ✅Usanov Zafar Beknazarovich ? (71) 207-04-08 (870) ? finance@mpe.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
Pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagogika kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi

Kamolov Shuxrat Jamoldinovich - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagogik kollejlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi. Kamolov Shuxrat 1980-yilda Namangan viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 2003-yilda Muqimiy nomli Qoʻqon davlat pedagogika institutini va 2021-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot tamomlagan va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistranti boʻlgan. 1999-2003-yillarda - Fargʻona viloyati Muqimiy nomli Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabasi; 2003-2003-yillarda - Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar Qizil Yarim Oy jamiyatida Yoshlar markazi hamda Xalqaro insonparvarlik huquqi boʻyicha koordinator; 2003-2004-yillarda - Namangan viloyati Pop maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejining ingliz tili fani oʻqituvchisi; 2004-2006-yillarda - Namangan viloyati xalqaro “Mersy Corp-Uzbekistan” tashkilotining “Barakot” mikromoliyaviy dasturida katta kredit xodimi; 2006-2007-yillarda - Yevropa ittifoqi va Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturining Fargʻona viloyatida loyiha eksperti; 2007-2011-yillarda - Namangan viloyati hokimligining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi          “Kadrlar va marketing” boʻlimi mutaxassisi; 2011-2013-yillarda - Namangan viloyati hokimligining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi “Rahbar va pedagog kadrlarni tanlash va ularni malakasini oshirish” shoʻbasi mudiri, “Oʻzbekiston-Shveysariya «Kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish” loyihasining Namangan viloyati eksperti; 2013-2017-yillarda -Namangan viloyati hokimligining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi “Rahbar va pedagog kadrlarni tanlash va ularni malakasini oshirish” shoʻbasi bosh mutaxassisi; 2017-2019-yillarda - Namangan viloyati hokimligining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi kadrlar boʻyicha inspektori; 2019-2021-yillarda -Namangan viloyati kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi kadrlar boʻyicha inspektori; 2021-yildan hozirga qadar - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagogik kollejlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi; ✅Kamolov Shuxrat Jamoldinovich ?(71) 207-04-08 (820) ?pedstaff@mpe.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim vaziri o'rinbosari Uzoqboy Begimkulov Xorazm viloyatida.

Ma'lumki, 2018-2019 yillarda belgilangan tartibda davlat - xususiy sheriklik shaklidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish bo'yicha bitimlar imzolangan edi. Vazir o'rinbosari bugun, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2021-yil 21-iyuldagi 07/1-921 sonli yig'ilishi bayoni ijrosi yuzasidan bitimlar imzolangan 40 nafar tashabbuskor tadbirkorlar bilan loyihalarga kredit mablag'lari ajratilishini tezlashtirish maqsadida bevosita yuzma-yuz uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda Xorazm viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig'i I.Yakubova hamda "O'zMilliyBank" AJ Xorazm viloyati filiali boshqaruvchisi o'rinbosari Sh.Qo'chqarovlar ham ishtirok etdi. Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad: Xorazm viloyatida davlat xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini kengaytirish, qamrov ko'rsatkichini oshirishga erishish. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Maktabgacha taʼlim sohasining 2017-2021 yillar davomida erishilgan yutuqlari va keyingi istiqbolli rejalari” mavzusidagi xalqaro matbuot anjumani tafsilotlari

Joriy yilning 4 avgust kuni Xalqaro Press-klub binosida “Maktabgacha taʼlim sohasining 2017-2021 yillar davomida erishilgan yutuqlari va keyingi istiqbolli rejalari” mavzusidagi xalqaro matbuot anjumani boʼlib oʼtdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligidan masʼullar, sohaga aloqador xorijiy mehmonlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar. Mazkur matbuot anjumani xalqaro hamkorlar bilan hamkorlikda maktabgacha taʼlim sohasida 2017-2021 yillar davomida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaga kiritilgan innovatsion pedagogik texnologiyalar, qamrovni oshirish yuzasidan olib borilayotgan samarali ishlarning natijalarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi. Shuningdek, nodavlat sektorning ulushi, bir yillik majburiy maktabgacha tayyorlovning maqsadi va natijadorligi hamda hamkorlik doirasida olib borilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.Yurtimizda 34,5 mln. aholi istiqomat qilib, shundan 2,8 mln.ni 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil qiladi. Bunda aholining yillik o‘sishi 800 ming bolaga to‘g‘ri kelmoqda.Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagi turlarga bo‘linadi: umumiy tipdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari 3-7 yoshgacha, maxsus taʼlimga ehtiyoji boʼlgan bolalar uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlari 2-7 yoshgacha hamda bepul majburiy bir yillik maktabga tayyorlov esa 6 yosh boʼlgan bolalarni qamrab oladi.Mamlakatimizda 3-7 yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yillar hisobiga nazar tashlasak, 2017 yilda 708,247 nafar (27,7%), 2018 yilda 932,310 nafar (37,7%), 2019 yilda 1,413,290 nafar (52,3%), 2020 yilda 1,699,566 nafar (60,9%), 2021 yil iyun oyi holatiga 1,760,808 nafar (62,4%) 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan. Bu esa, foizlar ko‘rsatkichi yildan-yilga ortib borganini koʼrsatadi. Bundan tashqari, “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim tizimini2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, 2030 yilga kelib maktabgacha taʼlimga bolalarning 80,8 foizini qamrab olish rejalashtirilgan.Statistik maʼlumotlarga tayanib aytadigan bo‘lsak, mazkur soha rivoji yo‘lida ajratilgan davlat byudjeti xarajatlari yildan-yilga o‘sib borganligini ko‘rish mumkin. Yalpi ichki mahsulotga nisbatan taʼlim xarajatlari ulushidagi davlat byudjeti harajatlari 2017 yil 15,5% ga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2021 yilga kelib 21,8% ga ortdi. Аnjuman davomida maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etilgandan so‘ng, erishilgan yutuqlar, bartaraf etilgan xato va kamchiliklar hamda istiqboldagi rejalar atroflicha muhokama qilindi.Bugungi kunda 417 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida, Yangi qurilish, rekonstruktsiya qilish va kapital taʼmirlash investitsiya maqsadli dasturi va Inqirozga qarshi jamg‘arma mablag‘lari doirasida maktabgacha taʼlim tizimida 32 428 ta yangi ish o‘rni yaratildi, jumladan, ular 18 ta yangi MTT lar qurish uchun 2 580 ta ish o‘rni, 131 ta bo‘sh turgan obyektni foydalanishga topshirish uchun 17 270 ta ish o‘rni, mavjud davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini rekonstruktsiya qilish uchun 12 578 ta ish o‘rni hisobidan yaratildi.2020 yil oxirida 376 ta obyektda qurilish-montaj ishlari yakunlandi, jumladan 17 ta MTT qurilishi hisobiga 2 460 ta, 122 ta bo‘sh turgan obyekt rekonstruktsiya qilinishi hisobiga 15 895 ta, 237 ta bo‘sh turgan MTTni rekonstruktsiya qilish hisobiga 11 073 ta yangi joylar yaratilgan bo‘lib, umumiy moliyalashtirish hajmi 1 357,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2017-2021 yillar davomida jami 1449 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Maʼlumot o‘rnida, maktabgacha taʼlim sohasida 2017-2021 yillar davomida jami 91 ta huquqiy-normativ hujjatlar qabul qilinganini keltirish o‘rinli. Mazkur hujjatlar tarkibini Prezident qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va buyruqlari hamda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar tashkil qiladi.Soha qanchalik rivojlangani sari maktabgacha taʼlim tashkilotlari sonini ko‘paytirishga talab ortib bormoqda.2017 yilda O‘zbekistonda maktabgacha taʼlim tashkilotlari 5211 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib 7104, 2019 yil 13530, 2020 yil 18254, 2021 yil iyun oyi holatiga 19316 tagacha yetgan. Shundan, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 6258 tani (32%), nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari esa 13058 tani tashkil etmoqda. Xususiy sektor turlari bo‘yicha xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 795 tani (6%), davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 1051 tani (8%), oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni esa 11 212 tani (86%) tashkil etmoqda.Umumiy o‘rta ta’lim tizimining 1-sinfiga keladigan oʼquvchida maktabga tayyorgarlikning ilk poydevori bo‘lishi lozimligi g‘oyasi ilgari surilgan edi. Bu esa o‘z navbatida maktabgacha taʼlim sohasida maktabgacha qamrovning yo‘lga qo‘yilishi hamda unga 6 yoshdagi bolalar jalb etilishi demakdir. Shu asnoda mazkur yo‘nalishga 2018 yilda 250,669 nafar (44,8%), 2019 yilda 436,003 nafar (69,1%), 2020 yilda 507,145 nafar (77,0%), 2021 yil 1-yarim yil yakuniga kelib esa 515,144 nafar bola (77,0%) qamrab olindi. 2025 yilga kelib 744,532 nafar 3-7 yoshdagi bolani qamragan holda, bu ko‘rsatgichni 100% ga yetkazish rejalashtirilgan. Maktabgacha taʼlim tizimida pedagog-tarbiyachilarning tutgan o‘rni beqiyosdir. Tizimdagi pedagog-tarbiyachilarning oliy maʼlumotli qatlami ortishiga sharoitlar yaratib berilmoqda.2018 yilda oliy maʼlumotli pedagog-tarbiyachilar soni 23 272 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda 34 180 nafarni, 2020 yilda esa 37 000 nafarni, 2021 yilning hozirgi kun holatiga ko‘ra 40 388 nafarni tashkil etmoqda. Bu degani, oxirgi 4 yil ichida 27,6% koʼrsatkich 31,7% ga yetgan.Jumladan, hududlarda maktabgacha taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha fakultetlar va maxsus sirtqi guruhlari yaratildi. Pedagog va tarbiyachilarning oylik maoshi bosqichma-bosqich ko‘tarilib, 70 foizgacha yetkazildi. Qolaversa, oliy taʼlim tashkilotlariga qabul kvotalari oshirilib, sohaga mutaxassislarni tayyorlaydigan Puchon Universiteti va А.I.Gertsen filiali tashkil etildi. Puchon universitetida jami 1 198 nafar talaba tahsil olib kelmoqda. I.A.Gertsen filialida esa 2021-2022 o‘quv yiliga jami 405 nafar talaba qabul qilinishi rejalashtirilgan. Аyniqsa, bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha taʼlim olish muddatining 3 yil etib belgilangani mutaxassislarning tezkor yetishib chiqishiga imkon yaratadi.Maktabgacha taʼlim tizimida kichik hamda maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish bo‘yicha davlat talablariga muvofiq va xalqaro standartlar asosida “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi ishlab chiqildi. Maʼlumki, taʼlim jarayonining asosini o‘yin faoliyati tashkil qiladi. Bundan tashqari, bolaga bilim berish bilan birga o‘yin mashg‘ulotlarini o‘tkazish, kommunikativ, ijtimoiy kompetentsiyalar orqali uning shaxsiy fazilatlari rivojlantirib boriladi. Eng asosiysi, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi doirasida har bir maktabgacha taʼlim tashkilotida 5 ta rivojlanish markazlari tashkil etilgan bo‘lib, pedagog-tarbiyachilar bolajonlarga qurilish va matematika, sanʼat, ilmiy va tabiat, til va nutq, syujetli-rolli o‘yinlar kabi yo‘nalishlarda tahsil berishmoqda. Maktabgacha taʼlimning muqobil shakliga binoan, 2020 yil 1-bosqichga asosan loyiha doirasida 44 ta olis hududlardagi mahallalarda yashovchi1 536 nafar bolalar maktabgacha taʼlim olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ularning muassasaga kelib-ketishlarini yengillashtirish maqsadida, 16 ta ISUZU rusumli avtobuslar qatnov uchun qo‘yib berildi. 2021 yildagi 2-bosqichga binoan mazkur raqamlar kengaytirilib, 49 ta ISUZU avtobuslari qatnovga yo‘naltirildi. 98 ta borish qiyin bo‘lgan mahallalarda yashovchi jami 4 700 nafar bolalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlariga kelib-ketishlariga imkon yaratildi.Orol dengizi mintaqasidagi bolalar uchun reabilitatsiya markaziga ega boʼlgan, Markaziy Osiyodagi yagona “Imkon” nomli maktabgacha taʼlim tashkilotining tashkil etilgani bolalarning salomatligi mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda. Yiliga 3000 nafar bolani o‘zida sig‘diruvchi mazkur muassasada mayda motorika va vizual faoliyat, defektolog, ovoz darslari shuningdek, fizioterapiya, sportzal, jismoniy davolash, musiqiy terapiya, sensorli xonalari, yopiq basseyn mavjud. Maktabgacha taʼlim vazirligi tegishli sohada Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Yaponiya, Singapur, Turkiya, Polsha va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikni yoʼlga qo‘ygan. Shu kunga qadar Maktabgacha taʼlim vazirligi va xorijiy hamkorlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilgan 66 ta memorandum va kelishuvlar imzolangan. Shuningdek, UNISEF, UNESCO, KOICА, JICA, TIKA, EXHT, Jahon banki guruhi, Saudiya taraqqiyot fondi, “Россотрудничество” kabi xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari bilan birgalikda ish olib bormoqda. Maktabgacha taʼlim sohasiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida 141 mln. АQSh dollari miqdorida xalqaro kelishuvlarga erishilgan. Mazkur sarmoyalar grant, homiylik, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va davlat kafolati ostidagi kreditlar ko‘rinishida bo‘lib, jahon banki tomonidan 73.8 mln, АQSh hukumati tomonidan 21.5 mln, Koreya Respublikasi va kompaniyalari tomonidan 18,5 mln, Rossiya (Lukoyl kompaniyasi) 12 mln, Saudiya taraqqiyot fondi tomonidan 10.9 mln va boshqa tashkilotlar tomonidan 4,3 mln АQSh dollarlik kelishuvlarga erishilganini aytish o‘rinli. Bundan tashqari, vazirlik tomonidan nodavlat maktabgacha taʼlim tarmog‘ini kengaytirishga qaratilgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida, Islom taraqqiyot banki (30 mln.) va Quvayt Arab iqtisodiy rivojlanish jamg‘armasi (20 mln.) bilan umumiy qiymati50 mln. АQSh dollariga teng bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.Qo‘shimcha maʼlumot sifatida aytish joizki, UNESCO tomonidan 2022 yilda Toshkent shahrida ilk yoshdagi bolalarga tarbiya va taʼlim berish bo‘yicha Butunjahon II konferentsiyasini o‘tkazish rejalashtirilgan.Hozirgi vaqtda maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini joriy etish rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra 2020 yilda BMTning UNISEF xalqaro bolalar jamg‘armasi bilan birgalikda maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini sinovdan o‘tkazish rejalashtirilib 2021 yilda amaliyotga joriy etilmoqda. Shu bilan birga Namangan viloyatining Koson, To‘raqo‘rg‘on, Chust va Norin tumanlari va Xorazm viloyatining Bog‘ot va Qushkupir tumanlarida turli yoshdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi o‘yin guruhlari o‘z faoliyatini boshladi. Dasturni amalga oshirish doirasida turli yosh guruhlarida ishlash bo‘yicha bir qator treninglar o‘tkazildi. Jahon banki bilan birgalikda 2020 yildan boshlab amalga oshirilayotgan “Bolalarning erta rivojlanishini takomillashtirish” loyihasi doirasida maktabgacha taʼlimning turli xil muqobil shakllarini, jumladan respublikaning chekka hududlarida yashovchi 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga eʼtibor qaratgan holda “uyga tashrif” va maxsus taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun “Erta rivojlantirish markazlari”ni sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan. 2019-2020-yillarda Maktabgacha ta’lim vazirligi JSST mutaxassislari bilan birgalikda bolalarni ovqatlantirish standartlari, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati hamda ovqat tayyorlash texnologiyasini ko‘rib chiqdi. Bu tamoyillarning barchasini amaliyotga tatbiq etish va bolalarni sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun taomlar retsepti kitobi ishlab chiqildi, unda biz ota-onalarning xohishlari va bolalar ehtiyojlarini aks ettirishga harakat qildik. Shuni ta’kidlashni istardimki, bolalar uchun yangi ovqatlanish standartlaridagi asosiy o‘zgarishlar bolalar ratsionida tuz va shakar darajasi pasaytiriladi, sabzavot va mevalar miqdorini oshiradi va u bolalar ratsionidagi zararli yog‘larni yo‘q qilishga qaratilgan. Shuningdek, oqsillar, uglevodlar va yog‘larning (shu jumladan, to‘yingan/to‘yinmagan) kaloriya tarkibidagi fiziologik me’yorlari o‘zgartirildi, yodlangan tuz, kletchatka va mikroelementlar kiritildi.Mazkur kitob ovqatlanishda odatga aylangan qoidalarni inkor etadi, masalan kompot yoki ichimliklar quruq mevalardan tayyorlansa, shakarsiz bo‘lsa ham mazali va hatto foydali bo‘lishi mumkin; qovoq pyuresi bo‘tqaga shirin ta’m berishi yoki desert sifatida berilishi mumkin, salatga tuz solmasdan limon sharbati bilan ajoyib ta’m hosil qilish, lavlagi sharbati, ko‘katlar yoki ismaloq kabi tabiiy bo‘yoqlardan foydalanib rang kiritsa bo‘ladi. Taqdim etilgan taomlar sog‘lom, to‘yimli, o‘ziga tortadigan va hattoki qiziqarlidir.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlantirishni tashkil etishning va ular uchun tayyorlanadigan taomlarning retseptlari turlari o‘rganib chiqildi va me’yorlar, bolalarning oziq moddalar va zarur energiya manbalari, oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar va mineral moddalarga ehtiyojlari, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, ularning sifat xarakteristikalari, sifatsiz holda bo‘lishidagi belgilari, ularni tashishga, qabul qilishga, saqlashga, xavfsizligiga, xom mahsulotlarga ularning tarkibiga, markirovkasiga taomnoma tuzishga qo‘yiladigan barcha talablar ishlab chiqildi va ushbu tamoyillarning barchasini amaliyotga tatbiq etish va bolalarni sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Bog‘chalar uchun taomlar retsepti” Aqlvoy oshpaz kitobi ishlab chiqildi va2021 yil 1 iyun kuni taqdimoti o‘tkazildi.Tadbir so‘ngida ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar tegishli mutasaddilardan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bolalar sporti gazetasi biz haqimizda!

Besh yilda nimalarga ulgurdik? Batafsil: ?25-son-bolalar-sportisСкачать

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
“Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini amalga oshirishda oila-mahalla-maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamkorligi va uning samaradorligini yanada oshirishda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning roli” mavzusida Respublika onlayn konferensiyasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining Toshkent viloyati bo‘limi va Toshkent viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi hamkorligida “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini amalga oshirishda oila-mahalla-maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamkorligi va uning samaradorligini yanada oshirishda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning roli” mavzusida Respublika onlayn konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.Mazkur konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining o‘rinbosari Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari Muhammadjon Quronov, Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Mirgazieva Zuhra Turaevnalar ishtirok etishdi.Shuni alohida ta’kidlash kerakki mazkur konferensiya hamkor tashkilotlar uchun tarixiy kun desa ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Sababi Toshkent viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining Toshkent viloyati bo‘limi va Toshkent viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolanadi. Mazkur Memorandum respublika maktabgacha ta’lim tizimida ilk bor imzolanmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
QOʼQON PEDАGOGIKА KOLLEJI 100 YOSHDА

Joriy yilning 27 iyul sanasi Fargʼona viloyati Qoʼqon shahar maktabgacha taʼlim boʼlimi tasarrufidagi Qoʼqon pedagogika kollejining 100 yilligi keng nishonlandi. Kollejda moʼjazgina muzey mavjud boʼlib, uning yaratilish tarixi bilan uzviy bogʼliqdir. Shu kuni “Kasbim – faxrim” shiori ostida oʼquvchi qizlar oʼrtasida koʼrik-tanlov oʼtkazildi. Hamshaxrimiz Аshurali Zoxiriy va akademik Qori Niyoziylar taʼlim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlash uchun “Dorilmuallim” oʼquv markazini tashkil qilishgan. – deydi, Qoʼqon pedagogika kolleji direktori Gulhayo Rasulova. - U yerda oʼzimizning dunyoga tanilgan 13 qaldirgʼochimiz taxsil olib ketishgan. Ular orasida akademiklar, xalq qaxramonlari, olim hamda yozuvchilar bor. Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufida boʼlgan 96 ta pedagogika kollejlari asosan maktabgacha taʼlim muassasalari uchun mutaxassislar tayyorlash ishlarini olib borishmoqda. Bu borada vazirlik tomonidan bizning uslubiy metodik qoʼllanmalarimiz, moddiy jihozlanishimiz, oʼqituvchilarimizni malakasini oshirish boʼyicha hamkorlik ishlari juda yaxshi yoʼlga qoʼyilgan. 100 yil bilan yuzlashgan ilm maskani hozirda Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufiga oʼtkazilgan boʼlib, maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tarbiyachi hamda shu kabi yoʼnalishlar boʼyicha mutaxassislar tayyorlab kelmoqda. Tanlov orqali tinglovchilar berilayotgan bilimlarni qanday oʼzlashtirishlari, mehnat bozoriga qay darajada tayyor ekanliklari sinovdan oʼtkazildi. Ishtirokchilarning maskanda olib borilayotgan oʼqitish metodikasi qay darajada ekanligi bilan bir qatorda amaliy koʼnikmalari ham baholandi. Shuningdek, boʼlajak tarbiyachilarning markazlar bilan ishlash mahoratlari, ravon va sodda usulda, bolalarga xos tarzda oʼz fikrini tushuntirishlari sinaldi. Belgilangan maʼlum vaqt davomida ishtirokchilar oʼzbek milliy ertak qaxramonlari boʼlmish Zumrad va Qimmat siymolari aks etgan qoʼgʼirchoqlarni yasashdi. Ular oʼzlarining mahoratlarini shu kabi yana bir qator shartlar, kompyuter savodxonligi, erkin mavzuda sanʼatga oshnoliklari borasida namoyon etdilar. Koʼrik-tanlov yakuniga koʼra Mushtariy Mirzamatova gʼolib deb topildi. Bundan tashqari, “Eng zukko tarbiyachi”, “Eng bolajon tarbiyachi” kabi nominatsiyalar ostida qatnashgan oʼquvchilarning har biri taqdirlandilar. Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati.

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Aqlvoy" mobil bolalar bog'chasi Farg'ona viloyati, Bog'dod tumanida

Hukumat qarori asosida " Maktabgacha ta'lim xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha Mobil guruhlar loyihani amalga oshirish chora -tadbirlari to'g'risida" Respublikaning barcha hududlarida qayta jihozlangan ISUZU avtobuslarining asosida "Aqlvoy" nomli mobil maktabgacha ta'lim guruhlari ishga tushirildi. O'z navbatida, ushbu turdagi maktabgacha ta'limning muqobil innovatsion shakli maktabgacha ta'lim va tarbiya xizmatlarining sifati va samaradorligini oshirishga imkon berdi. Ushbu "Aqlvoy" “ mobil bolalar bog'chasi" nafaqat bolalarga, balki ota-onalar va jamoatchilikka ham judayam qulayliklar yaratildi. Bu nafaqat bolalar uchun foydali va qiziqarli ta'lim mazmuni, balki arzon, iqtisodiy va samarali ekanligi isbotlandi. Buni Fargʼona viloyatining Bogʼdod tumani misolida koʼrish mumkin. Tumanining “Obod yurt” va “Cheksaroy” mahalla fuqarolar yigʼinlarida 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlimga jalb qilish ishlari olib borildi. Bu yoʼnalishdi 2 ta “Аqlvoy” mobil guruhlari faoliyati yoʼlga qoʼyilib, bolajonlar uchun qiziqarli maʼlumotlar doimiy tarzda berib borilmoqda. Quvonarlisi shundaki, yangi mobil guruhlar bilan 96 nafar bola qamrab olinishi hisobiga koʼrsatkich 72,4 foizga koʼtarilgan. Yillar sarhisobiga nazar tashlasak, Bogʼdod tumanida 2017 yilda atigi 35 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud edi. 3-7 yoshli bolalar soni esa 14 ming 596 nafar boʼlgan. Shundan qamrov koʼrsatkichi 30 foizga ham yetmaganligini koʼrish mumkin. Endilikda esa, tumanda 57 ta davlat, 115 ta oilaviy va 1 ta davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritib, ularda 13 ming 301 nafar bola tarbiyalanmoqda. Hududdagi maktabgacha taʼlim boʼlimi tomonidan oʼtkazilayotgan bu kabi tadbirlar kelgusida sohada kutilayotgan ijobiy natijalardan dalolat beradi. Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
XIVАDА MАKTАBGАChА TА'LIM TIZIMI TАKOMILLАSHMOQDА

Bugungi kunda taʼlimning boshlangʼich eng muhim boʼgʼini hisoblangan maktabgacha taʼlim tizimini isloh qilish va rivojlantirish yurtboshimiz olib borayotgan siyosatning asosiy boʼgʼinlaridan biriga aylangan. Jumladan, tizimni isloh qilish hamda takomillashtirish maqsadida Prezidentimizning qator farmon hamda qarorlari qabul qilindi. Аyniqsa, “Oʼzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi Qaror bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrovini taʼminlash, maktabgacha taʼlim muassasalarini zamonaviy oʼquv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan toʼldirishga imkon yaratdi desak, aslo mubolagʼa boʼlmaydi. Shuningdek, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilindi. Buning isbotini birgina Xorazm viloyatining Xiva tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari misolida koʼrish mumkin. Tumandagi 3-7 yoshli bolalar soni 13 070 nafarni tashkil etgan boʼlsa, shundan 50,6 foizi maktabgacha taʼlimga qamrab olingan edi. Qurbon hayiti arafasida yangi MTTlar ochilishi hisobiga qamrov koʼrsatkichi 52,9 foizga yetdi. Bu esa, yoʼnalishda islohotlar keng koʼlamda olib borilayotganidan dalolatdir.Xiva tumanidagi “Chinobod” mahalla fuqarolar yigʼinida maktabgacha taʼlim tashkilotlari yetarli boʼlmaganligi bolalar va ota-onalar uchun noqulayliklar tugʼdirayotgan edi. 120 oʼringa moʼljallangan davlat xususiy sherikchilik asosidagi asosidagi “Kichkintoy binafsha” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilishi mazkur mahallada istiqomad qiluvchilar uchun chinakam quvonchga aylandi. Bu yerda 333 nafar maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar boʼlib, avvallari ularning 15 foizi MTTga qamrab olingan edi. Endilikda bu koʼrsatkich 51 foizgacha oshdi. Shuningdek, “Shayx Najmiddin Kubro” mahallasida 3 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari ochilib, “Doshyoq” va “Serchali” mahallalaridagi 33-son hamda 22-son maktablar hududida “АQLVOY” bekatlari tashkil etildi. Shu oʼrinda mobilь maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tashkil etilgani ham hududdagi qamrovga sezilarli taʼsir koʼrsatganini aytish oʼrinli. Samarali ishlar natijasida, har bir mahallada qoʼshimcha 48 nafardan bolajonlar maktabgacha taʼlimga jalb etib kelinmoqdalar. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, O'zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda "Mercy Corps" xalqaro nodavlat tashkilotining O'zbekistondagi filiali o'rtasida o'zaro memorandum imzolandi.

Mercy Corps maktabga talim vazirligi bilan hamkorlikda davlat maktabaga ta'lim muassasasida, tarbiyalanuvchining sog'ligini oshirish ishi boradi. Shu bilan birga, hamkorlik doirasida infratuzilmasini takomillashtirishga talab qilingan 410 davlat plagin ta'lim muassasalari tanlovi natijasi. Makgovern-doul xalq ta'limi uchun oziq-ovoz dasturi doirasida Mercy Corps qo'shimcha 35 ta davlat maktabgacha ta'lim muassasasida oshxona, suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun "ACTED" (texnik hamkorlik va taraqqiyot agenti) bilan hamkorlik qilish qabul qildi.Mazkur dastur AQSh qishloq xo'jaligi vazirliga (USDA) tomonidan moliyalashadi. "O'zbekiston futboliga ta'lim berishda juda yaxshi kelishuvga erishishdi, shuning uchun ham biz siz bilan hamkorlikni, yoMni inson kapitali, bolajonlarga sarmoyalash masalasini o'z oldimizga qo'ydik" - deydi, AQShning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Doniyor Rosenblum.

Maktabgacha ta'lim agentligi
O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin hamda Yunesko Bosh direktorining ta’lim bo’yicha o’rinbosari Stefaniya Djannini bilan uchrashdi va ta’lim sohasidagi masalalarni muhokama qildi.

Uchrashuv doirasida maktabgacha ta’lim tizimidagi islohotlarni amalga oshirish va erishilgan ilg’or natijalar, shuningdek kelgusi yillarda maktabgacha ta’lim sohasida rivojlanishning istiqbolli yo’nalishlari bo’yicha masalalar muhokama qilindi. “Maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim va tarbiya berish davlatning ustuvor yoʼnalishlaridan biridir. Oʼzbekiston barqaror rivojlanish maqsadlarining 4.2 bandiga muvofiq 2030-yilga kelib barcha oʼgʼil-qizlar boshlangʼich taʼlimga tayyor boʼlishlari uchun yosh bolalarni rivojlantirish, parvarishlash va maktabgacha taʼlim olish uchun sifatli tizimlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʼlishlarini taʼminlash borasida ijobiy natijalarga erishdik. Respublika boʼyicha maktabgacha taʼlimga qamrab olish koʼrsatkichlari 2017 yili 27% dan 2021 yilga kelib 62% gacha oshishi natijasida, bugungi kunga kelib 1,7 mln. dan ortiq maktabgacha yoshdagi bolalar maktabgacha taʼlim olish imkoniyatiga ega boʼldilar, qolaversa Oʼzbekistonda 2019 yildan boshlab barcha bolalar uchun boshlangʼich taʼlimda teng imkoniyatlar yaratish maqsadida maktabga borishdan bir yil oldin majburiy maktabgacha taʼlim tizimi joriy etildi. Bugungi kunda 6-7 yoshli maktabga chiqish yoshidagi bolalarning 77 %i maktabgacha taʼlim tizimiga qamrab olindi, 2025 yilga borib ularning barchasini bir yillik majburiy bepul taʼlim tizimiga qamrab olinishi rejalashtirilganmiz” deya ta’kidladi, Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin. “O’zbekiston qisqa muddat ichida bolalarni maktabgacha ta’lim tizimiga qamrab olish darajasini deyarli 2,5 barobarga oshirishi, bir yillik majburiy ta’limga qamrab olish esa 77% ga yetgani, “Ilk Qadam” davlat o’quv dasturi va pedagoglarni malakasini oshirish bo’yicha qilingan ishlar tahsinga sazovordir. Bugungi kunda O'zbekiston maktabgacha ta'lim bo'yicha etakchi o'rinni egallab kelmoqda va men bu sohada sizlarni Chempion deb bemalol ayta olaman”-dedi Yunesko Bosh direktorining ta’lim bo’yicha o’rinbosari Stefaniya Djannini.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim vazirligidan akkreditatsiyadan o'tgan OAV

akkredatsiyadan-otgan-jurnalistlarСкачать

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim sohasidagi islohotlar va natijalarni baholash.

24 iyul kuni " Yuksalish" umummilliy harakati zalida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda Oliy Majlis Senati a'zosi senator M.Salimova , mahalliy hokimiyat vakillari, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.Anjumanda Maktabgacha ta'lim vazirining o'rinbosari U.Begimqulovning besh yil mobaynida amalga oshirilayotgan ishlar to'g‘risida hisoboti tinglandi. Shuningdek, vazirlikning yaqin kelajakdagi istiqbolli rejalari to'g'risida ma'lumotlar taqdim etildi. SHU bilan birga, Jizzax, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlari maktabgacha ta'lim bo'limlari rahbarlarining hisobotlari OAV vakillariga taqdim etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“So‘nggi 5 yil ichida maktabgacha ta’lim sohasidagi islohotlar va natijalarni baholash” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani haqida

(Jizzax, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlarining so‘nggi 5 yil ichida maktabgacha ta’lim tizimidagi yutuq va kamchiliklarini OAV bilan hamkorlikda tahlil qilish) Maktabgacha ta’lim tizimida 2017-yilda mamlakatimizda 5211 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 2 557 931 nafar boladan 708 247  nafarni yoki 27,7 % ni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olingan edi. (Press-relizga ilova qilingan slaydda so‘nggi 5 yillik barcha ma’lumotlar infografikada keltirilgan.) Xususan, Jizzax viloyatida 172 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib,    3-7 yoshdagi bolalarni 147 967 nafar boladan 24 265  nafarni yoki 16,4 % ni , Namangan viloyatida 462 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 183 705 nafar boladan 54 141  nafarni yoki 29,5 % ni, Qashqadaryo viloyati 332 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 259 194 nafar boladan 55 871 nafarni yoki 21,6 % ni,  Samarqand viloyati 565 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 285 077 nafar boladan 75 087  nafarni yoki 21 % ni, Toshkent viloyatida  441 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 220 274 nafar boladan 59 989  nafarni yoki 27,2% ni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olgan. 2018-yil holatiga kelib mamlakatimizda 7104 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi 2 473 145 nafar boladan 932 310  nafari yoki 37,7 % ni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan. Xususan, Jizzax viloyatida 242 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib,    3-7 yoshdagi bolalarni 132 868 nafar boladan 35 656  nafarni yoki 26,8 % ni , Namangan viloyatida 636 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 184 288 nafar boladan 79 023  nafarni yoki 42,9 % ni, Qashqadaryo viloyati 595 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 241 843 nafar boladan 68 602 nafarni yoki 28,4 % ni,  Samarqand viloyati 637 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 305 068 nafar boladan 79 262  nafarni yoki 26 % ni, Toshkent viloyatida  681 ta maktabgacha ta’lim tashkilotidan  199 077 nafar boladan  nafarni yoki 40,7% ni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olgan. 2019-yilda mamlakatimizda 13 530 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi 2 701 462 nafar boladan 1 413 290  nafari yoki 52,3 % ni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan. Xususan, Jizzax viloyatida 725 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 111 890 nafar boladan 63 473  nafarni yoki 56,7 % ni , Namangan viloyatida 1210 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 227 968 nafar boladan 118 331  nafarni yoki 51,9 % ni, Qashqadaryo viloyati 1558 ta 110 532 nafarni yoki 38,7 % ni,  Samarqand viloyati 2027 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 323 916 nafar boladan 163 231  nafarni yoki 50,4 % ni, Toshkent viloyatida  823 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 218 888 nafar bolalardan, 108 881  nafarni yoki 49,7% ni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olgan. 2020-yilda mamlakatimizda 18 254 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi 2 792 806 nafar boladan 1 699 566  nafari yoki 60,9 % ni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan. Xususan, Jizzax viloyatida 990 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib,    3-7 yoshdagi bolalarni 117 363 nafar boladan 76 253  nafarni yoki 65 % ni , Namangan viloyatida 1 618 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 238 592 nafar boladan 149 983 nafarni yoki 62,9 % ni,  Samarqand viloyati 2421 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 337 121 nafar boladan 212 229  nafarni yoki 63 % ni, Toshkent viloyatida  1034 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 220 595 nafar bolalardan, 119 951  nafarni yoki 54,4% ni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olgan. Shuningdek, joriy yilning 1-yarim yillik yakunlari bo‘yicha mamlakatimizda 19 316 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi 1 707 860 nafar bolalar yoki 62,4 % ni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan.  Xususan, Jizzax viloyatida 1010 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 81 062 nafar bolalar yoki 67,5 % ni , Namangan viloyatida 1743 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 155 720 nafar bolalar yoki 64,2 % ni,  Samarqand viloyati 2487 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 215 643 nafar bolalar yoki 63,2 % ni, Toshkent viloyatida  1101 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 220 595 nafar bolalardan, 125 166  nafarni yoki 57,3% ni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Joriy yilning 16 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan, farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish uchun MTT direktori pora so’ragani to’g’risidagi fuqaro fikri yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Xullas, 200 dollar pora so’rabdi, direktor. Men: “yo’q, kerakmas, 200 dollar pulim yo’q, Yagona darchadan navbatimizni kutamiz” dedim. “Yagona darcha”ga borsak, sizni navbatingiz o’tib ketibdi, deyishdi” mazmunidagi fuqaro fikri yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:Joriy yilning 16 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Xullas, 200 dollar pora so’rabdi, direktor. Men: “yo’q, kerakmas, 200 dollar pulim yo’q, Yagona darchadan navbatimizni kutamiz” dedim. “Yagona darcha”ga borsak, sizni navbatingiz o’tib ketibdi, deyishdi” mazmunida fuqaro fikri tarqatilgan. Mazkur fikrni qay darajada toʼgʼri ekanligini oʼrganish jarayonida, muallif bilan ijtimoiy tarmoqdagi messendjer orqali suhbatlashildi hamda undan tarqatgan fikri yuzasidan asosli dalillar taqdim etishi soʼraldi. Murojaatchiga agarda murojaati asosini topmasa “tuxmat” deb belgilanishi va “Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisida”gi Kodeksning 40-moddasiga binoan, tuhmat, yaʼni bila turib yolgʼon, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish - bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab boʼlishi mumkinligi haqida ogohlantirildi. Biroq, murojaatchi oʼzi keltirib oʼtgan vajlar yuzasidan maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori bilan ogʼzaki muloqot qilgani, shuningdek u mazkur suhbatlashuv jarayonini hech qanday yozuvli holatlarda saqlab olmagani, 200 dollar talab etilganlik haqidagi poraxoʼrlikni isbotlaydigan dalillari yoʼqligini bildirdi.Masalaga oydinlik kiritish maqsadida, vazirlik xodimlari fuqaro bilan bogʼlanish uchun undan qoʼl telefon raqamini soʼrashganida, murojaatchi telefon raqamini taqdim qilishni xohlamadi. Аsos va dalillar taqdim etilmagani sabab, murojaat “asossiz” deb topilganini maʼlum qilamiz. Ijtimoiy tarmoqdagi yozishmalar davomida fuqaroga hozirda Maktabgacha taʼlim vazirligida korrupsiya holatlari, noqonuniy faoliyatlar bilan shugʼullanayotganlarga qarshi kurashadigan alohida komplaens-nazorat boʼlimi tashkil etilganligi, ushbu boʼlimga murojaat qilib, asoslarini taqdim qilishi lozimligi, bordiyu fuqaroning fikri oʼz tasdigʼini topsa, bunday noqonuniy ishlarga chek qoʼyishda amaliy yordam berilishi toʼgʼrisida maʼlumot berildi.Аziz fuqarolar! Siz ham poraxoʼrlik va korrupsiya kabi holatlardan xabardor boʼlsangiz va albatta yetarli asoslaringiz boʼlsa, noqonuniy faoliyatlarga chek qoʼyilishida Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining komplaens-nazorat boʼlimiga murojaat qilishingiz mumkin.Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Anorboyev Jizzax viloyatining bir qator maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida vazir oʻrinbosari maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qamrov masalasi, taʼlim jarayoni, qisqa muddatli guruhlarini yaratish va sogʻlom va toʻgʻri ovqatlanishini taʼminlash masalalariga eʼtibor qaratdi.Dastlab Bahodir Anorboyev tomonidan Jizzax shahridagi 1-son DMTTni bosqimcha bosqich IT sohasiga ixtisoslashtirilgan MTT ga aylantirish. “Mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotining rasmiy sayti ishga tushirilishi va u ingliz, rus va oʻzbek tillarida yuritilishi kerak. IT sohasiga ixtisoslashtirilgan ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotida barcha xodimlar komputer savodxonligiga oʻqitilishi lozim”-deydi vazir oʻrinbosari.Shuningdek, Zomin tumanidagi Yakka tartibdagi tadbirkor Joʻrayeva Iroda tomonidan faoliyati yoʻlga qoʻyilgan oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotida tashrif davomida Bahodir Anorboyev tomonidan oʻquv jarayonini tashkil etish yoʻnalishi boʻyicha kerakli taklif va tavsiyalar berildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bogʻchalardagi navbatlar: muammo nimada?

Soʻnggi paytlarda bolalarni davlat bogʻchalariga joylashtirish, navbatlar yuzasidan koʻp murojaatlar kelmoqda. Maktabgacha taʼlim vazirligi Davlat xizmatlari agentligi va mutaxassislari hamkorlikda ushbu kamchiliklarni toʻliq tahlil qildi. Natijalari bilan ushbu infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Yoshlarga eng yaxshi loyihalar uchun 49 million so‘mgacha grant mablag‘lari beriladi

Farmon bilan 2021 yil 1 sentyabrdan Toshkent shahrida Yoshlar biznes maktabi, 2022 yildan boshlab barcha hududlarda uning filiallari tashkil etiladi. 2021 yil 1 oktyabrdan yoshlarning “Biznesga birinchi qadam” startap g‘oyalari tanlovlari tashkil etiladi hamda har bir tuman va shaharda kamida uch nafardan g‘olibga grantlar berish amaliyoti joriy etiladi. Eng yaxshi loyihalarning har biri uchun BHMning 200 baravarigacha grant mablag‘lari beriladi. 2021/2022 o‘quv yilidan bosqichma-bosqich umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional va OTMlarda axborot texnologiyalari darslari Kembrij dasturi asosida o‘tkaziladi. 2021 yil 1 sentyabrdan Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi 5 yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) bo‘lgan, shuningdek, olis va chekka hududlarda ishlayotgan sportchi-trenerlarga: • sport to‘garaklarini tashkil etish uchun tuman va shaharlarda bo‘sh turgan davlat mulki hisoblangan bino va inshootlar elektron savdolar o‘tkazmagan holda, ushbu ob’yektga nisbatan belgilangan eng kam ijara to‘lovi stavkasining 50 foizi miqdorida ijaraga beriladi;• sport inventarlari, buyumlari va jihozlarini xarid qilish uchun subsidiyalar ajratiladi;• kamida 100 nafar yoshlarni muntazam sport bilan shug‘ullanishini tashkil etgan taqdirda BHMning 10 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda har oylik to‘lov joriy etiladi. 2021 yil 1 oktyabrdan har yili “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovi tashkil etiladi. Tanlovda g‘olib deb topilgan mualliflarga:➖ birinchi o‘rin uchun – 100 million so‘m;➖ ikkinchi o‘rin uchun – 75 million so‘m;➖ uchinchi o‘rin uchun – 50 million so‘m mukofot mablag‘lari ajratiladi. Asos: PF–6260-son, 13.07.2021 y. Manba: Adliya vazirligi

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning davlat OTMlarida o‘qiyotgan farzandlariga birinchi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakti to‘lab beriladi

“Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularningijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi Farmonga ko‘ra, 2021 yil avgust oyida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan har bir farzandi uchun 500 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning davlat OTMlarida ta’lim olayotgan farzandlariga 2021/2022 o‘quv yilida birinchi o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasi qoplab beriladi. “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga yangi turmush qurayotganida o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurishi uchun 33 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi. Ipoteka dasturi doirasida boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlari bo‘yicha qo‘shimcha 2 mingta yosh oilaga uy-joy sotib olishi uchun subsidiya ajratiladi. 2021 yil 1 sentyabrdan respublikadagi OTMda to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar uchun Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi miqdorida va o‘qish muddati tugagandan keyin yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatda qaytarish shartlari asosida ta’lim kreditlari beriladi. Davlat organlari va tashkilotlarida ishlayotgan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy OTMlarini tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga qo‘shimcha ustamalar to‘lab borish tartibi joriy etiladi. Oylik ustamalar 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, ish beruvchi va yosh mutaxassis bilan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga tuzilgan shartnoma asosida yosh mutaxassisning lavozim maoshiga qo‘shimcha ravishda har oy to‘lab boriladi. Asos: PF–6260-son, 13.07.2021 y. Manba: Adliya vazirligi

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
“А.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti”ning Toshkent shahridagi filialida kirish imtihonlari boshlandi

А.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogik universitetining Toshkent shahridagi filialida kirish sinovlari boshlandi. Sinovlar onlayn tarzda belgilangan grafik asosida oʼtkazilmoqda. Dastlabki sinovlar Toshkent shahridagi Puchon universiteti bazasida oʼtkazildi. Viloyatlardagi universitetlar bazasida sinovlar oʼtkazilishi uchun alohida jihozlangan xonalar tayyorlangan. Аbiturientlar tanlagan yoʼnalishlari boʼyicha kirish sinovlarining birinchi bosqichidan oʼtmoqdalar.  Eslatib oʼtamiz, filialga belgilangan 8 ta taʼlim yoʼnalishi boʼyicha abiturientlardan hujjatlar qabuli davom etmoqda. Batafsil maʼlumotlarni saytimizdan olishingiz mumkin.  https://www.herzen.uz/  https://t.me/herzenuz Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Bo'ka tumanidagi 3-sonli MTTni ko'zdan kechirdi.

Oʼzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov Toshkent viloyati Boʼka tumanida boʼlib, "Madaniyat" mahallasi hududida mehnat vazirligi boshchiligida barpo etilayotgan 3-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini koʼzdan kechirdi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan mazkur tashkilotga 18 milliard mablagʼ ajratgan boʼlib, hozirgi kunda jihozlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, Boʼka tumani hokimligi tomonidan tashkilotni taʼmirlash va jihozlash ishlari boʼyicha bir nechta loyihalari hamda rejalar haqida berilgan takliflar muhokama qilindi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
«Mittivoy» loyihasi doirasida ertaga soat 12-00 da youtube.com platformasida «Bolalar bogʻchasi va oila: munosobat xususiyatlari» mavzusida onlayn kurs oʻtkaziladi. Maʼruzachi: Vera Derkunskaya , A.I. Gersen nomidagi Bolalik Instituti dotsenti.

“Mittivoy“ loyihasining vazifasi Rossiya davlat pedagogika A.I. Gertsen nomidagi Bolalik Instituti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli taʼlim dasturlari asosida Oʻzbekiston Respublikasining maktabgacha taʼlim tashkilotlarda milliy yoʻnaltirilgan taʼlim tizimini ishlab chiqarish va joriy etishdan iborat.Batafsil: 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim sohasida Yuneskoning hamkorligi

Joriy yilning 15-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin hamda Yunesko Bosh direktorining ta'lim bo'yicha o'rinbosari Stefaniya Djannini bilan uchrashdi va ta'lim sohasidagi masalalarni muhokama qildi. Uchrashuv doirasida maktabgacha ta'lim tizimidagi islohotlarni amalga oshirish va erishilgan ilg'or natijalar, shuningdek kelgusi yillarda maktabgacha ta'lim sohasida rivojlanishning istiqbolli yo'nalishlari bo'yicha masalalar muhokama qilindi. “Maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim va tarbiya berish davlatning ustuvor yoʼnalishlaridan biridir. Oʼzbekiston barqaror rivojlanish maqsadlarining 4.2 bandiga muvofiq 2030-yilga kelib barcha oʼgʼil-qizlar boshlangʼich taʼlimga tayyor boʼlishlari uchun yosh bolalarni rivojlantirish, parvarishlash va maktabgacha taʼlim olish uchun sifatli tizimlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʼlishlarini taʼminlash borasida ijobiy natijalarga erishdik. Respublika boʼyicha maktabgacha taʼlimga qamrab olish koʼrsatkichlari 2017 yili 27% dan 2021 yilga kelib 62% gacha oshishi natijasida, bugungi kunga kelib 1,7 mln. dan ortiq maktabgacha yoshdagi bolalar maktabgacha taʼlim olish imkoniyatiga ega boʼldilar, qolaversa Oʼzbekistonda 2019 yildan boshlab barcha bolalar uchun boshlangʼich taʼlimda teng imkoniyatlar yaratish maqsadida maktabga borishdan bir yil oldin majburiy maktabgacha taʼlim tizimi joriy etildi. Bugungi kunda maktabga chiqish yoshidagi bolalarning 77 %i maktabgacha taʼlim tizimiga qamrab olindi, 2025 yilga borib ularning barchasini bir yillik majburiy bepul taʼlim tizimiga qamrab olinishi rejalashtirilganmiz” deya ta’kidladi, Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin .  “O’zbekiston qisqa muddat ichida bolalarni maktabgacha ta’lim tizimiga qamrab olish darajasini deyarli 2,5 barobarga oshirishi, bir yillik majburiy ta’limga qamrab olish esa 77% ga yetgani, “Ilk Qadam” davlat o’quv dasturi va pedagoglarni malakasini oshirish bo’yicha qilingan ishlar tahsinga sazovordir”-dedi Yunesko Bosh direktorining ta'lim bo'yicha o'rinbosari Stefaniya Djannini. Uchrashuv jarayonida 2022 yilning kuzida Toshkent shahrida ilk yoshdagi bolalarga tarbiya va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi. Eslatib o‘tamiz, 2010 yil 27-29 sentyabr kunlari Moskvada Yuneskoning Birinchi ilk yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish va ta’limi bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi bo‘lib o‘tgan, unda, uch kun davomida konferensiya ishtirokchilari butun dunyo bo‘ylab bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning dolzarb masalalarini muhokama qilishgan. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
KOICA bilan hamkorlikda o'quv kurslari boshlandi

Joriy yilning 12 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim Vazirligi va KOICA hamkorligida "O'zbekistonning maktabgacha ta'lim tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirish va kelgusidagi taraqqiyoti" dasturi doirasida 12-30 iyul kunlariga moʻljallangan "Oʻzbekiston maktabgacha ta’lim tizimi pedagog kadrlarini malakasini oshirish" oʻquv kurslari boshlandi. Mazkur o'quv kurslari 2021-2023 yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo'lib, har 3 yil davomida maktabgacha ta'lim sohasining 20 nafar xodimi dasturda ishtirok etadi. Tadbir doirasida Koreyaning Soonchunhyang Universiteti yetakchi professor-o'qituvchilar ishtirokida ikki va uch haftalik ma'ruzalar va amaliy mashg'ulotlar rejalashtirilgan. Bugungi kunda 120 nafar xodimlardan 21 nafari (4 nafar direktor, 4 nafar metodist, 13 nafar maktabgacha tarbiyachi ) suhbat asosida tanlab olindi. O'quv kursi maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarga yo'naltirilgan yondashuvlarni va o'quv dasturlarini takomillashtirishga qaratilgan. Epidemiologik vaziyat tufayli o'quv kurslari onlayn tarzda tashkil etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bolalarning rashki

Bir necha farzandli oilalarda ota-onalar ko'pincha bolalar rashki va o'rtasidagi raqobat muammosiga duch kelishadi. Oilada go'dak paydo bo'lganidan so’ng katta yoshdagi bolalar o'zlarining avvalgi "kumir" holatiga qaytishga intilishadi: tajovuzkor xatti-harakatlar, negativ yoki ko'z yoshlarini ko’payishi kuzatiladi.❗️Ota-onalar rashkchi farzandni tanqid qilmasligi, ta'na qilmasligi yoki ustidan kulmasligi kerak.❗️Ota-onalar rashkchi bolani "kattalar" harakatlarini namoyon qilishida rag'batlantirishlari kerak (masalan poyabzalini o’zi kiysa yoki o'yinchoqlarni yeg’ib qo’ysa).❗️Bola katta bo'lish sharaf va imtiyoz ekanligini tushunishi kerak.❗️Onaga go'dakni boqish qanchalik qiyin bo'lmasin, u har kuni katta farzandi bilan ham muloqot qilish va o'ynashi uchun vaqt topishi kerak.❗️Ota-onalar har bir farzandini kerakli darajada sevishi lozim. Bolalarga bir xil muhabbat kerak emas, ular boshqalar kabi emas, balki o'zgacha tarzda sevilishini orzu qiladilar.❗️Farzandlarigizni hech qachon bir-biri bilan taqqoslamang.

Вид сайта
Размер шрифта