Hukumat qarori asosida " Maktabgacha ta'lim xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha Mobil guruhlar loyihani amalga oshirish chora -tadbirlari to'g'risida" Respublikaning barcha hududlarida qayta jihozlangan ISUZU avtobuslarining asosida "Aqlvoy" nomli mobil maktabgacha ta'lim guruhlari ishga tushirildi. O'z navbatida, ushbu turdagi maktabgacha ta'limning muqobil innovatsion shakli maktabgacha ta'lim va tarbiya xizmatlarining sifati va samaradorligini oshirishga imkon berdi. Ushbu "Aqlvoy" “ mobil bolalar bog'chasi" nafaqat bolalarga, balki ota-onalar va jamoatchilikka ham judayam qulayliklar yaratildi. Bu nafaqat bolalar uchun foydali va qiziqarli ta'lim mazmuni, balki arzon, iqtisodiy va samarali ekanligi isbotlandi.
Buni Fargʼona viloyatining Bogʼdod tumani misolida koʼrish mumkin. Tumanining “Obod yurt” va “Cheksaroy” mahalla fuqarolar yigʼinlarida 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlimga jalb qilish ishlari olib borildi. Bu yoʼnalishdi 2 ta “Аqlvoy” mobil guruhlari faoliyati yoʼlga qoʼyilib, bolajonlar uchun qiziqarli maʼlumotlar doimiy tarzda berib borilmoqda. Quvonarlisi shundaki, yangi mobil guruhlar bilan 96 nafar bola qamrab olinishi hisobiga koʼrsatkich 72,4 foizga koʼtarilgan.
Yillar sarhisobiga nazar tashlasak, Bogʼdod tumanida 2017 yilda atigi 35 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud edi. 3-7 yoshli bolalar soni esa 14 ming 596 nafar boʼlgan. Shundan qamrov koʼrsatkichi 30 foizga ham yetmaganligini koʼrish mumkin. Endilikda esa, tumanda 57 ta davlat, 115 ta oilaviy va 1 ta davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritib, ularda 13 ming 301 nafar bola tarbiyalanmoqda. Hududdagi maktabgacha taʼlim boʼlimi tomonidan oʼtkazilayotgan bu kabi tadbirlar kelgusida sohada kutilayotgan ijobiy natijalardan dalolat beradi.
Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati