Tashrif davomida vazir oʻrinbosari maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qamrov masalasi, taʼlim jarayoni, qisqa muddatli guruhlarini yaratish va sogʻlom va toʻgʻri ovqatlanishini taʼminlash masalalariga eʼtibor qaratdi.
Dastlab Bahodir Anorboyev tomonidan Jizzax shahridagi 1-son DMTTni bosqimcha bosqich IT sohasiga ixtisoslashtirilgan MTT ga aylantirish. “Mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotining rasmiy sayti ishga tushirilishi va u ingliz, rus va oʻzbek tillarida yuritilishi kerak. IT sohasiga ixtisoslashtirilgan ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotida barcha xodimlar komputer savodxonligiga oʻqitilishi lozim”-deydi vazir oʻrinbosari.
Shuningdek, Zomin tumanidagi Yakka tartibdagi tadbirkor Joʻrayeva Iroda tomonidan faoliyati yoʻlga qoʻyilgan oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotida tashrif davomida Bahodir Anorboyev tomonidan oʻquv jarayonini tashkil etish yoʻnalishi boʻyicha kerakli taklif va tavsiyalar berildi.