Joriy yilning 12 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim Vazirligi va KOICA hamkorligida "O'zbekistonning maktabgacha ta'lim tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirish va kelgusidagi taraqqiyoti" dasturi doirasida 12-30 iyul kunlariga moʻljallangan "Oʻzbekiston maktabgacha ta’lim tizimi pedagog kadrlarini malakasini oshirish" oʻquv kurslari boshlandi. Mazkur o'quv kurslari 2021-2023 yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo'lib, har 3 yil davomida maktabgacha ta'lim sohasining 20 nafar xodimi dasturda ishtirok etadi. Tadbir doirasida Koreyaning Soonchunhyang Universiteti yetakchi professor-o'qituvchilar ishtirokida ikki va uch haftalik ma'ruzalar va amaliy mashg'ulotlar rejalashtirilgan. Bugungi kunda 120 nafar xodimlardan 21 nafari (4 nafar direktor, 4 nafar metodist, 13 nafar maktabgacha tarbiyachi ) suhbat asosida tanlab olindi. O'quv kursi maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarga yo'naltirilgan yondashuvlarni va o'quv dasturlarini takomillashtirishga qaratilgan. Epidemiologik vaziyat tufayli o'quv kurslari onlayn tarzda tashkil etildi.